Toshbaqatoldoshlar (Rutaceae) oilasi.
Bu oilaning 150 turkumga kiruvchi 1500
turi mavjud. Oila vakillari asosan Avstraliya va Janubiy Afrikada keng tarqalgan
bo'lib, ular daraxt, buta, liana va o'tlardan iborat. Barglari murakkab, sitruslarda
oddiy, ketma-ket, ba'zan qarama-qarshi joylashgan. Gullari aktinamorf, ikki jinsli,
gulqurg'oni murakkab. Mandarin, limon, greynfrut va apelsinlar shu oilaga kiradi.
(33-rasm). Ularning tarkibida vitamin S ko'p uchraydi. O'zbyokistonda oilaning
toshbaqatol- Haplophylum perforatum, tog' turbid- Dictamnus angus tifolius - kabi
2 turkumga mansub 18 turi o'sadi.
Sistematikasi
Bo‘lim.
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o ‘simlikIar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae)
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar)
(Magnoliopsida yoki
Dicotyledones) - Магнолиевые или
Двудольные
Ajdodcha (sinfcha)
Ra'nokabilar (Rosoidae)-Розоцветные
Qabila.
Toshbaqatolnamolar (Rutales) - Рутовые
Oila.
Toshbaqatoldoshlar (Rutaceae Juss.) - Рутовые
Turkum.
Toshbaqatol (Haplophyllum Adr. Juss.) - Цельнолистник
Tur. Toshbaqatol
(Haplophyllum regforatum) toshbaqatoldoshlar oilasiga
mansub koʻp yillik badboʻy oʻt. Nuqtasimon qora bezlar bilan qoplangan. Boʻyi
30-70 sm, bargi tolning bargiga oʻxshash uzunchoq, tekis qirrali. Guli sariq, poya
va shoxlar uchida qalqonsimon toʻpgulni hosil qiladi. Mevasi koʻsakcha. May —
iyudda gullaydi, avgustda urugʻi pishadi. Toshbaqatol Toshkent, Sirdaryo, Jizzax,
Samarqand, Fargʻona, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi adirlar, togʻ
etaklari va oʻrta qismidagi yon bagʻirlarda oʻsadi. O’simlik tarkibida 0,050—
0,21% efir moyi, bargida 0,1 — 1,2%, poyasida 0,075 — 0,14%, ildizida 0,025%,
urugʻida esa 1,6% alkaloid Toshbaqatol. (xaploperin, ixoxaploperin, skimmanin,
xaplofin, xaplofilidin va perforin) bor.
Dostları ilə paylaş: |