98
Mevasi — cho‘ziq tuxumsimon, ba’zan
biroz qiyshiq quruq, eb bo‘lmaydigan
po‘st bilan qoplangan danakli meva. Bodom erta,
mart-aprel oylarida barg
chiqarmasdan oldin gullaydi, mevasi iyulavgustda pishadi. Achchiq danakli bodom
yovvoyi holda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Armaniston tog‘laridagi
toshli va
mayda shag‘alli qiyaliklarda, dengiz sathidan 800-1000 m balandliklarda o‘sadi.
Achchiq va chuchuk
danakli bodom Markaziy Osiyo, Kavkaz va yarim da ko‘p
o‘stiriladi.
Dorivorlik xususiyati. Xalq tabobatida urug‘i va uning moyi ishlatiladi. Urug‘i
tarkibida 45-62% moy, 20% oqsil, 2-3% saxaroza, vitamin B, fermentlar va boshqa
birikmalar, achchiq danakli bodom urug‘ida esa bunga qo‘shimcha 2,2-4%, ba’zan
8% gacha amygdalin glikozidi bor. Bodom moyi va uning emulsiyasi ich
yumshatuvchi
dori sifatida, farmatsevtikada ba’zi dori moddalar (kamfora,
gormonlar va boshqalar)ni eritish va surtmalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Shirin
bodom urug‘idan tayyorlangan emulsiya va achchiq bodom urug‘ining
kunjarasidan tayyorlangan achchiq bodom suvi me’da va ichak og‘riqlarida og‘riq
qoldiruvchi
va
tinchlantiruvchi
vosita
sifatida
ishlatiladi.
Danak po‘chog‘i qaynatmasi ateroskleroz kasalining
oldini olishda samarali v
osita hisoblanadi.
Achchiq bodom urug‘i va uning moyini Abu Ali ibn Sino qon
tupurish, yo‘tal, astma, o‘pka, buyrak va qovuq kasalliklarini
davolashda va
qovuqdagi toshni tushirish uchun ishlatgan. Xalq tabobatida achchiq bodom moyi
yo‘tal, ko‘krak og‘rig‘i, astma, quloq og‘rig‘i, o‘pka va mc’da kasalliklarini
davolashda qo‘llaniladi. Shirin bodom mag‘zini qand bilan birga ezib aralashtirib,
quvvatsizlangan bemorlarga istc’mol qilishga
beriladi hamda uyqusizlikda
tinchlantiruvchi vosita sifatida yo‘talni qoldirish, astma va bosh og‘rig‘ini davolash
uchun ishlatiladi. Shirin bodom po‘chog‘i qaynatmasini qizamiq chiqqan bolalarga
ichiriladi. Shirin va achchiq bodom moyi hamda shirin bodom mag‘zi oziq-ovqat
sanoatida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: