S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Dorivorlik xususiyati. 
Tarvuz - xalq tabobatida diuretik, jonlantiruvchi dori 
sifatida ishlatiladi. U ishtahani kuchaytiruvchi, o‘t toshlarini davolashda, yurak-
qon tomir tizimi va siydik chiqarish organlari kasalliklarida tavsiya etiladi.
Kovuldoshlar (Capparaceae)oilasi. 
Bu oila 45 ta turkumga oid 850 tur kiradi. 
Ular tropik va subtropik hamda issik iqlimli hududlarda tarqalgan. O‘zbekistonda 2 
ta turkumga mansub 6 turi o‘sadi. Chiqib kelishi jihatidan kovullar 
gunafshadoshlarga yaqin turadi. 
 
Sistematikasi 
Bo‘lim
. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simlikIar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae) -Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные 


84 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar)(Magnoliopsida yoki
Dicotyledones) - Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha) -
Dalachoykabilar (Dillemidae) 
-
Диллениевые
 
Qabila. 
Kovulnamolar (Capparales) 
-
Каперцовые
 
Oila. Kovuldoshlar 
(Capparaceae Juss.) 
-
Каперцовые
Turkum. 
Kovul (Capparis L.) - Каперцы
Tur. Kovul (Каперцм колючие) - 
Capparis spinosa 
L. 
Kovul kavardoshlar - 
Capparidaseae 
oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 2,5 m gacha yetadigan sershox 
tikanli, yer bag‘irlab o‘suvchi poyali ko‘p yillik lianasimon o‘t o‘simlik. Barglari 
yumalnq, teskari tuxumsimon yoki ellipssimon bo‘lib, poyasi bilan shoxlarida 
bandi yordamida ketma-ket o‘mashgan. Oq rangli, yirik to‘rt bo‘lakli gullari uzun 
bandi bilan barg qo‘ltig‘iga joylashgan. Mevasi ko‘p urug‘li, teskari tuxumsimon, 
sershira bo‘lib, ho‘l mevaga o‘xshab ketadi. Kovul may-iyun oylarida gullaydi, 
mevasi iyul-avgustda yetiladi. Markaziy Osiyo, Qrim, Kavkazda dalalarda, 
adirlarda, yo‘l bo‘ylarida, ariq va kanallarning qirg‘oqlarida, tepaliklarda, ba’zan 
ekinzorlarda o‘sadi.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin