85
Tur.
Tikonakli
kovul -Capparis spinosa L
.
kovuldoshlar oilasiga mansub yarim
buta. Poya va shoxchalari yotiq, bargi tuxumsimon, guli yirik, oq yoki och pushti.
Mevasi qizil etli, koʻp urugʻli.
Mevasi-ko‘p urug‘li, dukkak shaklli ko‘sakcha.
Aprel-iyun oylarida gullaydi va mevasi pishadi
. Qrim, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Shim.
Afrika va Oʻrta dengizning toshloq yerlarida koʻp tarqalgan. Janubiy Yevropada
ekiladi. K.ning gʻunchasi, mevasi sirkalab yoki toʻzlab ovkatga solinadi. Mevasida
18% oqsil moddalar, 36% cha moy bor. Cho‘l va adirlarda, yo‘l bo‘ylarida,
devorlar ustida, ekinlar orasida o‘sadigan kovul ko‘p urug‘li rezavor bo‘lib,
mevalari etdor, uzunligi 2 smga boradi. Iyul-avgust oylarida urug‘lari pishadi. Bu
dorivor o‘simlikning mevalari tarkibida saponinlar,
alkaloidlar, 32,9 foiz
uglevodlar, 150 mg askorbin kislota, 3,75 foiz moy, ildiz po‘stlog‘ida staxidrin
alkaloidi mavjud.Kovul yoki kavar o‘simligi tabiiy holda O‘rtayer dengizi,
Yevropa janubida, Kavkazda, O‘rta Osiyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda,
Pokiston va Hindistonda tarqalgan. Bu o‘simlik
Fransiya, Ispaniya, Italiya ,
Gretsiya va Shimoliy Amerikada madaniylashtirilgan bo‘lib, landshaftlarning
bezagi hisoblanadi. O‘simlikning nomi Erondagi Dashti-Kavir cho‘li bilan bog‘liq
holda atalgan. Chunki kovul bu hududlarda eng ko‘p uchraydigan o‘simlik sifatida
ajralib turadi.
Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida uchraydi, asosan kovul yoʻl
boʻylarida, togʻoldi adirlarida, aholi yashash punktlarida, temir yoʻl boʻylarida
oʻsadi. Oʻsimlikning madaniy plantatsiyalarini
tashkil etish uchun iyul-
noyabr oylarida oʻsimlikningpishib yetilgan mevalari terib olinib, urugʻlari
ajratilib olinadi.
Kovul dorivor o‘simlik bo‘lishi bilan bir qatorda oziq-ovqatda ham ishlatiladi.
Kovulning g‘unchali novdalari, g‘unchalari, rivojlanayotgan mevalari sirka
kislotasida marinovat qilinadi hamda oziq-ovqatda «kaperslar» nomi bilan
mashhur dori-darmon ko‘rinishida foydalaniladi. Hindular kovulni kobra, kabra
yoki kabarra nomlari bilan atashadi hamda o‘simlik organlari qo‘shib tayyorlangan
oziq-ovqatlarni yoqtirib iste’mol qilishadi.
Tabobatda pishgan mevasi, barglari,
novda va ildiz po‘stlog‘i ishlatiladi. May-avgust oylarida ochilmagan g‘unchalari,
barglari terib olinadi. Shu bilan birga yosh, yog‘ochlasha boshlagan novdalari va
ildizining po‘stlog‘i shilib olinadi, maydalanadi hamda quyoshda yoki 50-60ºS
haroratda quritiladi. Po‘stlog‘idan tayyorlangan damlama ishtaha ochuvchi ta’sirga
ega. Xalq tabobatida yiringli yaralarni davolash uchun ishlatiladi.