S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Rixter cherkezi -Солянка Рихтера. 


60 
Turkum. 
Ismaloq (Spinacia L.) - Шпинат 
Tur. Turkiston ismalog‘i (Шпинат туркестанский) 
-
Spinacia turkestanica 
Jljin. 
Ismaloq sho‘radoshlar - 
Chenopodiaseae 
oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 10-
60 sm bo‘ladigan ikki uyli, bir yillik o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘sadi, barglari 
patsimon qirqilgan, uchidagi bo‘lakchasi yirik uchburchak-yoysimon, qolganlari 
mayda, cho‘ziqsimon yoki chiziqsimon, poyasining o‘rta qismidagilari qisqa 
bandli uchburchak yoysimon, eng yuqoridagilari, ba’zan lansetsimon bo‘lib, uzun 
bandi (ildizoldi to‘p barglari va poyaning pastki qismidagi barglari) bilan yoki 
bandsiz poyada ketma-ket o‘rnashgan. Mayda, ko‘rimsiz, bir jinsli gullari poya 
uchida boshoqdan tashkil topgan ro‘vaksimon to‘pgulga (otalik gullari) yoki barg 
qo‘ltig‘iga (onalik gullari) joylashgan. Ismaloqning mevasi-qattiq, tikanli to‘p 
meva. Ismaloq aprel-iyun oylarida gullaydi va mevasi yetiladi. Markaziy Osiyoda 
begona o‘t sifatida sug‘oriladigan yerlarda, tog‘oldi yaylovlarida, bug‘doyzorlarda 
va ekinzorlarda ko‘plab o‘sadi. 
Dorivorlik xususiyati:
Xalq tabobatida ismaloqning yer ustki qismi ishlatiladi. 
Uni o‘simlik gullagan vaqtida yig‘iladi va soya yerda quritiladi yoki quritmay 
qo‘llaniladi. Ismaloqning yer ustki qismi tarkibida karotin, 16 mg%, S, B1, B2, 
vitaminlari, qandlar, organik kislotalar, oqsil va boshqa biologik faol moddalar bor. 
Tabobatda ismaloqning yer ustki qismi darmon beruvchi vosita sifatida qo`llaniladi 
hamda kamqonlikda, raxit va boshqa avitaminoz kasalliklarida vitaminlarga boy 
parhez ovqat sifatida iste’mol qilishga tavsiya etiladi.
Turkiston ismalog‘i - Шпинат туркестанский 
Torondoshlar (Polygonaceae) oilasi
-ikki urugʻpallalilar sinfiga kiradi. Hayotiy 
shakliga ko‘ra oʻt, buta va yarimbuta oʻsimliklardir.  Barglari poyada ketma-ket 
oʻrnashgan, tekis qirrali. Gullari asosan, ikki baʼzan bir jinsli, mayda, toʻpguli 


61 
shingilsimon yoki boshoqsimon to‘pgulda joylashgan.. Gulqoʻrgʻoni 3-6 
boʻlakchali bir yoki ikki qavat. Changchisi 3-9 ta, urugʻchisi 2-4 ustunchali. 
Mevasi-uch qirrali yongʻoqcha. 30-35 turkumi, 1000 turi maʼlum. Oʻrta 
Osiyoda 7 turkumi bor. Hammasining tarkibida tannin moddasi mavjud 
(mas, toron, otquloq va rovoch). 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin