S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Sistematikasi 
Bo‘lim. 
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki 
Angyospermae) - Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные
 
Ajdod (sinf). 
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki 
Dicotyledones) — Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha) - 
Chinnigulkabilar (Caryophyllidae) - Гвоздичные 
Qabila. 
Toronnamolar (Polygonales) - Гречишные
 
Oila. 
Torondoshlar (Polygonaceae Juss.) - Гречишные 
Turkum. 
Rovoch (Rheum L.) - Ревень 
Turkum. 
Toron (Polygonum L.) - Горлец 
Tur 
Tangut rovochi — Rheum palmatum L.
 
va tanguticum Maxim., torondoshlar
oilasiga kiradi . Hayotiy shakliga ko‘ra ko‘p yillik, bo‘yi 1,5-2,5 m ga yetadigan 
ildizpoyali o‘simlik. Gulqo‘rg‘oni oddiy, olti bo‘lakka qirqilgan, oq-pushti yoki 
qizil tojbarglardan iborat. Mevasi qanotchali. Rovoch birinchi yili 5-7 tagacha
to‘pbarglar chiqaradi. Keyingi yili poya chiqaradi. O‘simlik iyun oyida gullaydi
mevasi iyulda yetiladi. Shimoli-g‘arbiy Xitoy va Shimoliy Tibetning tog‘li 
tumanlaridagi o‘rmonlarida tabiiy holda, Moskva va Ukrainada hududlarida esa
o‘stiriladi
 
Tangut rovochi - Rheum palmatum L
 
Dorivorlik xususiyati. 
Rovoch ildizidan tayyorlangan preparatlar surunkali 
me’da-ichak kasalliklarida, ichni yumshatish kabi kasalliklarda ishlatiladi.
Turkum. 
Otquloq (Rumex L.) - Щавель 


62 
Tur. 
Dorivor otquloq (Rumex confertus WillD. torondoshlar oilasiga kiradi. Ko‘p 
yillik, bo‘yi 60-150 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi kalta, lekin yo‘gon, 
poyasi tik, bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Ildiziga yaqin qismidagi barglari barglari uzun 
bandli, shakli uchburchaksimon-tuxumsimon, kalta tuklar bilan qoplangan 
joylashgan. Gullari mayda, ko‘rimsiz, ro‘vakka to‘pgulida o‘rnashgan. Mevasi-
yong‘oqcha. May-iyun oylarida gullaydi, mevasi iyul oyida yetiladi. 
Bu o‘simlik Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekistonda uchraydi. Asosan, 
begona o‘t sifatida ariq bo‘ylarida, o‘tloqlarda, o‘rmon chetlarida, yo‘l yoqalarida, 
o‘sadi.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin