53
mexanikaviy
xususiyatiga
ko‘ra
emanning
yog‘ochidan
qolishmaydi.
Yog‘ochining tevaragi oq-sariq yoki oq qizg‘ish rangda, mexanikaviy xususiyatlari
yuqori, qattiq, bukiluvchan, bir xil tuzilgan.
Undan faner, miltiq qo‘ndog‘i
tayyorlanadi, bochka, va boshqalar yasaladi. Undan pista ko‘mir tayyorlanadi va
o‘tin sifatida foydalaniladi. U ko‘kalamzorlashtirishda ko‘p ekiladi, chunki chiroyli
daraxt. O‘rmon ihota qatorlarida ham ekiladi. O‘zbekistonda ikkita qayin turi
tarqalgan.
Tur.
Oq qayin, sōgalli qayin (Betula verrucosa Ehrh
).
Qayin
turkumiga kiruvchi
10-20 m balandlikdagi daraxt. Barglari oddiy deyarli rombik shaklda. Meva
yong‘oqdir. Aprel oyida gullaydi, oktabrda meva beradi. U Toshkent viloyatidagi
tog‘ vodiylarida va tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi.
Oq qayin, sōgalli qayin –Betula verrucosa
Ehrhю
Dorivorlik xususiyati
: Dorivor maqsadlarda kurtagi, bargi, smolasi (quruq
distillash orqali yog‘ochdan olinadi), qayin ko‘miri va sharbatidan ishlatiladi.
Qayinning o‘simlik preparatlari (infuziya, damlamasi)
xalq tabobatida diuretik
sifatida ishlatiladi, shuningdek oshqozon va ichaklardagi og‘rig‘ida, shamollashda,
angina kasalliklari uchun ishlatiladi. Shu maqsadda, asosan, daraxtdan olinadigan
qayin sharbatidan keng foydalaniladi. Qayin barglaridan o‘simlik
preparatlarining
farmakologik ta’siri ular tarkibidagi efir moyi, qatronlar,
flavonoidlar bilan
belgilanadi. Ular xoleretik, diuretik, yallig‘lanishga qarshi va antiseptik ta’sirga
54
ega. Qayin sharbati siydik toshlarini eksperimental sharoitda yo‘q qiladi.
Bundan
tashqari, organizmning kasalliklarga chidamliligini yaxshilaydigan xususiyat
eksperimental ravishda o‘rnatildi. Ilmiy tibbiyotda qayin kurtaklaridan barglarning
damlamalari buyrak kasalliklari uchun diuretik, jigar va o‘t
pufagi kasalliklari
uchun xoleretik vosita sifatida tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: