Tur. Cupressus sempervirens L. Sarvi doimo yashil , balandligi 25-30 m gacha,
diametri 50-60 sm gacha bo‘lgan to‘g‘ri tanasi bo‘lgan daraxt. Tabiatda u janubiy
Yevropada va g‘arbiy Osiyoda uchraydi, Qrimning janubiy qirg‘og‘ida va
Kavkazning Qora dengiz qirg‘og‘ida o‘sadi. Turkiyada u ko‘pincha qabristonlarga
ekilgan. U juda tez o‘sadi, uzoq muddatli qurg‘oqchilikka va haroratning qisqa
muddatli pasayishiga -20 ° S gacha toqat qiladi. 2000 yilgacha yashaydi.
Dorivorlik xususiyati . Bu turdan qadimdan qon ketish, varikoz kengayishi,
gemoroid, bachadondan qon ketish, gripp, spazm, asabiylashish, oshqozon-ichak
kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Ba’zi mamlakatlarda zamonaviy tibbiyotda
efir moyidan va o‘simlik preparatlaridan podagra, gingivit, varikoz kengayishi
kabi kasalliklarda foydalaniladi. Bronxoial o‘pka kasalliklari, kistalar uchun
buyuriladi tuxumdonlar, asab kasalliklar, dermatit, allergik kasalliklarga ham
qo‘llaniladi. O‘simlikning turli organlarining kimyoviy tarkibi Cupressus
sempervirens L. yetarlicha o‘rganilmagan.
9
Turkum. Archa (Juniperus L.) - Можжевельник
Tur. Zarafshon archasi yoki qora archa - Juniperus zeravschanica Kom. bo‘yi 10-15 m, diametri 1-1,5 m li, shox-shabbasi qalin, sharsimon, piramida yoki
yoyiq shakldagi daraxtdir. Changchi qubbalari yoz o‘rtalarida paydo bo‘ladi va
qish bo‘yi (bahorgachA. rivojlanadi. Urug‘chi qubbalari ham yozda hosil bo‘ladi
va kelgusi yili bahoridan rivojlanadi. Bu archa ikki uyli daraxt bo‘lib, bahorda
changlanadi. Urug‘chi qubba changlanishi yoki changlanmasligiga qaramay, urug‘
kurtak rivojlanaveradi. Tashqi ko‘rinishdan urug‘chi qubbaning urug‘i bor yoki
yo‘qligini aniqlash mumkin emas, lekin urug‘lanmagan qubba tez to‘kilib ketadi.
Qubbada urug‘lar ikkinchi yili kuzda yetiladi. Qubbalar kalta novdalarda
joylashadi. Ular yumaloq, diametri 1,5 sm gacha bo‘lib, zangori rangda, tarkibida
smola bor, zich nuqtali. Yetilganda ranggi o‘zgarib, undagi nuqtalar to‘kilib ketadi.
Qubba 4-6 ta tangachasimon barglarning o ‘zaro qo‘shilib o‘sishi natijasida hosil
bo‘ladi. To‘liq urug‘li qubba yetilgandan so‘ng keyingi yili bahorda to‘kiladi.
Archa turi urug`idan ko‘payadi. Urug‘i uchburchak, tuxumsimon, yerga
to‘kilgandan so‘ng qulay sharoitda 1-3 yilda unib chiqadi. Katta yoshida ildizi
baquvvat bo‘lib rivojlanadi. Zarafshon archasi qurg‘oqchilikka chidamli va
issiqsevar daraxt. Sernam tuproqli yerda yaxshi o‘sadi. 1000 yilgacha yashaydi.
Tog‘li mintaqalarda dengiz sathidan 2800 m balandlikda o‘sadi. Ular Toshkent,
9
Е.А. Красных1 , В.И. Мозуль2 , В.С. Доля2 , Е.Н. Очкасова3 Изучение химического
состава и антибактериальной активности эфирного масла Cupressus sempervirens L. 1
Медицинский центр «Аура», г. Запорожье, 2 Запорожский государственный медицинский
университет, 3 Запорожская областная клиническая больница. Фармакогнозія та хімія
природних сполук. Актуальні питання фармацевтичної і медичної науки та практики
(2012), №3 (10) 15-bet.
30
Farg‘ona, Samarqand va Buxoro tog‘li hududlarining quruq toshli, shag‘alli va
mayda tuproqli yon bag‘irlarida o‘sadi. Qurg‘oqchilikka chidamli va ildiz tizimi
baquvvat bo‘lganligi sababli uni tog‘ qiyaliklariga ekish muhim ahamiyatga ega.
Bu archa Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham uchraydi.
10