S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Turkum. Qarag‘ay, sosna (Pinus L.) - Сосна



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

 Turkum. Qarag‘ay, sosna (Pinus L.) - Сосна.
Turkumga bir uyli, doim yashil 
daraxtlar kiradi. Ninasimon barglari qisqargan, novdalarida 2-3 tadan to‘da-to‘da 
bo‘lib joylashadi. Barglarning bunday joylashishi sistematik belgi hisoblanadi. 
100 ga yaqin tur bo‘lib, shulardan 13 tasi tabiiy holda MDH florasida uchraydi. 
O‘zbekistonga 10 dan ortiq turi introduksiya qilingan. Ular asosan 
ko‘kalamzorlashtirishda va o‘rmon melioratsiyasida foydalaniladi. Quyida 
qarag‘ayning ayrim turlari ustida to‘xtalib o‘tamiz. Barglari novdada 2-3-5 tadan 
to‘da-to‘da bo‘lib joylashishiga qarab qarag‘ay turkumiga kiruvchi turlarni 3 
seksiyaga bo‘lingan
.
Tur. Oddiy qarag‘ay (Pinus silvestris L.)
bo‘yi 30-40 m, diametri 1 m bo`lgan 
daraxt. Qulay sharoitlarda 600 yilgacha yashaydi. Tanasining po‘stlog‘i qalin va 
vertikal yoriqli bo‘lib ostki tomoni qo‘ng‘ir, yuz tomoni to‘q sariq yoki qizg`ish 
rangda. Tanasidan va shoxlaridan yupqa po‘stloq ajralib turadi. Daraxt doira 
shaklida siyrak shox-shabba hosil qiladi. Qarag‘ayzorlarda pastki shoxlari qurib, 
to‘kilib ketadi. Voyaga yetgan qarag‘ayning shox-shabbasi tuxumsimon bo‘ladi. 
Novdalari tuksiz, sarg‘ish rangda. Kurtaklari 6-12 mm uzunlikda, cho‘zinchoq 
tuxumsimon, qizg‘ish rangda bo‘ladi. Qishda smola bilan qoplanadi. Qarag‘ay 
bahorda o‘sa boshlab, ikki xil novda chiqaradi: ulardan biri uzun bo‘lib, qo‘ng‘ir 
rang tangachalar bilan qoplangan, ikkinchisi tanga bo‘lib, uchidan bir juft ninabarg 
chiqaradi, barglari 3-7 sm, qattiq, cheti tishli kul rangda, ular daraxtda 3-6 yil 
saqlanadi. O‘sishdan to‘xtashi bilanoq novdaning uchki va yon qismlarida 
kurtaklar hosil bo‘ladi. Ninabarglarida smola va efir moylari bor. Ular daraxtning 
sovuqqa chidamligini oshiradi.Yozda o‘sa boshlagan barglar qo‘ltig‘ida changchi 
va urug‘chi qubbalar rivojlanib, kelgusi yil mart-aprel oylarida changlanadi. 
Changchi qubbalari mikrosporachi barglar yig‘indisidan iborat bo`lib, tuxumsimon 
boshoq hosil qiladi va novdada spiral holda joylashadi. Qubba o‘zak va uning 
ostidan yuqorigacha spiral shaklda joylashgan tangachasimon mikrosporachi 
barglardan iborat. Har qaysi mikrosporachi bargning ostida bir juft mikrospora 
joylashadi. Mikrosprora ichida juda ko‘p mikrospora yoki chang hosil bo‘ladi. 
Qarag‘ay mikrosporalari (changlari) yumaloq shaklda bo‘lib, yon tomonida ikkita 
pufaksimon bo‘rtma chiqadi. Bu esa changning havoda tarqalishiga yordam beradi. 
Urug‘chi qubbalar uzun yosh novdalar uchida bittadan yoki ikkitadan hosil bo‘ladi. 
Ular ham changchi qubbalarga o‘xshash o‘zak va tangachabarglardan iborat. 
Qubbada rivojlanayotgan urug‘kurtak tuxumga o‘xshash tanacha bo`lib, unda hosil 
bo‘ladigan arxegoniyda tuxum hujayra rivojlanadi. Urug‘kurtak yetilgan vaqtda 
unga chang (mikrosporA. tushib, urug‘ yo‘li (mikropili) orqali o‘zagiga 


25 
(nutsellusgA. o‘tadi. Bu yerdan mikrospora o‘sib chang naychasiga aylanadi va 
o‘zakning ichiga kiradi. Bu naychaning anteridiy hujayralari bo‘linib generativ va 
bazal hujayralar hosil qiladi. Generativ hujayra ikkita sperma hosil qiladi. Ulardan 
biri kelgusi yil bahorda tuxum hujayra bilan qo‘shilib uni urug`lantiradi. 
Urug`langan tuxum hujayradan murtak hosil bo‘ladi. Undan urug‘ rivojlanadi. 
Shunday qilib, changlangandan keyin ikkinchi yil kuzda qubba yetiladi, bu paytda 
uning bo‘yi 3-6 sm, eni 2-4 sm ga yetadi. Yetilgan qubbaning urug`lari to‘kilib 
qanotchali bo`lgani uchun shamolda tarqaladi. Quruq, sernam yoki botqoq 
tuproqlarda, qora tuproqli mintaqada yaxshi o‘smaydi. U tog‘li mintaqalarda 
yaxshi o‘sadi. Sayan tog‘larida dengiz sathidan 1500 m gacha dengiz sathidan 
baland bo‘lgan joylarda ko‘p tarqalgan. U Kavkaz va Qrim tog‘larida ham yaxshi 
o‘sadi. Qarag‘ayzorlarda yana qora qarag‘ay, tilog‘och, kedr va yaproqbargli 
daraxtlardan eman uchraydi. Ninabarglilar asosan sernam mintaqa o‘simligidir. 
Ular Yevrosiyoning shimolida va Shimoliy Amerikaning ko‘proq shimoliy 
hududlarida, ayrim turlari tropik mamlakatlarda ham uchraydi. Oddiy qarag‘ay 
sovuqqa va issiqqa chidamli daraxt, lekin havoning quruqligidan zararlanadi.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin