S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Dorivorlik xususiyati.
Oddiy qarag‘aylarining qarag‘ay kurtaklari diuretik, 
gemostatik, yallig‘lanishga qarshi, dezinfeksiya qiluvchi ta’sirga ega. Qarag‘ay 
ignalaridan tayyorlangan preparatlaridan antibiotiklar, dezinfektsion, diuretik, 
antiseptik xususiyatlarga ega bo‘lgan dori olishda ishlatiladi. 
Qarag‘ay 
kurtaklari
: Suvli infuzionlar va ichaklarni (ichki qismidA. - dezinfeksiyalovchi, 
antiseptik, yallig‘lanishga qarshi, diuretik va bronxit, revmatizm, jigar va 
oshqozon-ichak trakti kasalliklarini davolashda ishlatiladi. 
Oddiy qarag‘ay - Pinus silvestris L.


26 
Oddiy qarag‘aydan: Prostatitning adenomasi (prostatit), alkogolizm, angina, 
bepushtlik. oshqozon kasalliklari, bronxial astma, o‘pka tuberkulyozi, tizza 
og‘rig‘i, oyoqlarda varikoz tomirlari, tomoq og‘rig‘i, o‘pka yallig‘lanishi, ayollar 
jinsiy organlarining yallig‘lanishi, osteokondroz, buyrak kasalligi, revmatizm,
yurak-qon tomir kasalliklari, teri toshmasi kabi kasalliklarni davolashda 
foydalaniladi
Sistematikasi:
 
Bo‘lim. 
Qarag‘aytoifa 
(Ochiq 
urug‘li) 
o‘simliklar 
(Pynophyta 
yoki 
Gymnospermae)-Голосеменные
 
Ajdod (sinf). 
Qarag‘aysimonlar (Pinopsida). - Хвойные
 
Ajdodcha (sinfcha) 
Qarag‘aykabilar (Pinidae)- Хвойные
 
Qabila. 
Sarvnamolar (Cupressales) - Кипарисовые 
Oila. 
Sarvdoshlar (Cupressaceae Bartl.)- Кипарисовые 
Turkum. 
Tuva (Thuja L.) - Туя 
Bu turkumga daraxt yoki buta o‘simliklar kiradi. Uning 5 ta turi bor. Shulardan 
bittasi g‘arb tuyyasi ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Tur. G‘arb tuyyasi (Thuja occidentalis L.)
bo‘yi 10-12 m, diametri 1 m 
keladigan daraxt. Ayrim tuplarining bo‘yi 30 m gacha ham yetadi. Shox-shabbasi 
piramida shaklda tanasi jigar rangda. Katta yoshida po‘st tashlab turadi. Birlamchi 
va ikkilamchi novdalari yassi bo‘lib, yasmiqchali. Ular uchinchi yili silindr 
shakliga kiradi. Shox-shabbasi zich joylashgan. Barglari yozda to‘q yashil, qishda 
yashil-qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi, smola bezlari yo‘q. Yuqori novdalardagi barglari 
o‘tkir uchli, qattiq, yon novdalaridagisi to‘mtoq va oval 3 yilgacha saqlanadi. 
G‘arb tuyyasi bir uyli o‘simlik. Qubbalari 5-6 juft tangachadan iborat bo‘lib, 
cho‘ziqroq-tuxumsimon, bo‘yi 10-15 mm. Ular kuzda yetiladi, bu vaqtda 
tangachalari ochilib, ichidan qanotchali urug‘lari to‘kiladi. Tuyya urug‘idan yaxshi 
ko‘payadi. Qalamcha va payvand qilib, parxish yo‘li bilan ham ko‘paytirish 
mumkin. Olti yoshida changlana boshlaydi. Sekin o‘sadi, soyasevar daraxt bo‘lib, 
unumdor yerlarda 
yaxshi 
o‘sadi. Unumsiz yerda barglari sarg‘ayadi. 
Qurg‘oqchilikka ham, sovuqqa ham chidamli. G‘arb tuyyasi Qora dengiz 
bo‘ylaridagi shaharlarda ko‘plab o‘stiriladi. Shuningdek, u Sibirda va Uzoq 
Sharqda uchraydi. Po‘stlog‘i va bargida C vitamin bo‘lib, u singa kasalligiga 
davodir. Shuning uchun uni «hayot daraxti» deb ham atashadi. G‘arb tuyyasi 
havoning ifloslanishiga chidamli, yashil to‘siq yaratishda qulay daraxt hisoblanadi. 
Uning chiroyli shakllari bor. Tuyyani yakka-yakka, to‘da-to‘da yoki qator qilib 
ekish tavsiya etiladi. Lekin nihollari yosh vaqtida issiqdan zararlanadi, shuning 
uchun soya joylarga ekish tavsiya etiladi. 
7

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin