26
Oddiy qarag‘aydan: Prostatitning adenomasi (prostatit), alkogolizm, angina,
bepushtlik. oshqozon kasalliklari,
bronxial astma, o‘pka tuberkulyozi, tizza
og‘rig‘i, oyoqlarda varikoz tomirlari, tomoq og‘rig‘i, o‘pka yallig‘lanishi, ayollar
jinsiy organlarining yallig‘lanishi, osteokondroz,
buyrak kasalligi, revmatizm,
yurak-qon tomir kasalliklari, teri toshmasi kabi kasalliklarni davolashda
foydalaniladi
Sistematikasi:
Bo‘lim.
Qarag‘aytoifa
(Ochiq
urug‘li)
o‘simliklar
(Pynophyta
yoki
Gymnospermae)-Голосеменные
Ajdod (sinf).
Qarag‘aysimonlar (Pinopsida). - Хвойные
Ajdodcha (sinfcha)
Qarag‘aykabilar (Pinidae)- Хвойные
Qabila.
Sarvnamolar (Cupressales) - Кипарисовые
Oila.
Sarvdoshlar (Cupressaceae Bartl.)- Кипарисовые
Turkum.
Tuva (Thuja L.) - Туя
Bu turkumga daraxt yoki buta o‘simliklar kiradi. Uning 5 ta turi bor.
Shulardan
bittasi g‘arb tuyyasi ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Tur. G‘arb tuyyasi (Thuja occidentalis L.)
bo‘yi 10-12 m, diametri 1 m
keladigan daraxt. Ayrim tuplarining bo‘yi 30 m gacha ham yetadi. Shox-shabbasi
piramida shaklda tanasi jigar rangda. Katta yoshida po‘st tashlab turadi. Birlamchi
va ikkilamchi novdalari yassi bo‘lib, yasmiqchali. Ular uchinchi yili silindr
shakliga kiradi. Shox-shabbasi zich joylashgan. Barglari yozda to‘q yashil, qishda
yashil-qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi, smola bezlari yo‘q. Yuqori novdalardagi barglari
o‘tkir uchli, qattiq, yon novdalaridagisi to‘mtoq va oval 3 yilgacha saqlanadi.
G‘arb tuyyasi bir uyli o‘simlik. Qubbalari 5-6 juft tangachadan iborat bo‘lib,
cho‘ziqroq-tuxumsimon, bo‘yi 10-15 mm. Ular kuzda yetiladi,
bu vaqtda
tangachalari ochilib, ichidan qanotchali urug‘lari to‘kiladi. Tuyya urug‘idan yaxshi
ko‘payadi. Qalamcha va payvand qilib, parxish yo‘li bilan ham ko‘paytirish
mumkin. Olti yoshida changlana boshlaydi. Sekin o‘sadi, soyasevar daraxt bo‘lib,
unumdor yerlarda
yaxshi
o‘sadi. Unumsiz yerda barglari sarg‘ayadi.
Qurg‘oqchilikka ham, sovuqqa ham chidamli. G‘arb tuyyasi Qora dengiz
bo‘ylaridagi shaharlarda ko‘plab o‘stiriladi. Shuningdek,
u Sibirda va Uzoq
Sharqda uchraydi. Po‘stlog‘i va bargida C vitamin bo‘lib, u singa kasalligiga
davodir. Shuning uchun uni «hayot daraxti» deb ham atashadi. G‘arb tuyyasi
havoning ifloslanishiga chidamli, yashil to‘siq yaratishda qulay daraxt hisoblanadi.
Uning chiroyli shakllari bor. Tuyyani yakka-yakka, to‘da-to‘da yoki qator qilib
ekish tavsiya etiladi. Lekin nihollari yosh
vaqtida issiqdan zararlanadi, shuning
uchun soya joylarga ekish tavsiya etiladi.
7
Dostları ilə paylaş: