S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Dorivorlik xususiyati 
Barglardan 
ba’zi 
hasharotlar 
qarshi 
vosita, 
shuningdek 
tibbiyotda 
(dezinfeksiyalovchi vositalar) va parfyumeriyada (tana va sochlarni yuvish 
vositalari, aromatik yog‘lar) ishlatiladigan efir moyi olinadi . Shuningdek, 
7
A.K. Qayimov, E.T. Berdiyev 
 “
Dendrologiya”.,
 
Toshkent - «Fan va texnologiya» - 2012


27 
o‘simlik barglari va po‘stlog‘ining turli infuziyalari va damlamalari diuretik,
kuyish, shamollash, yo‘tal, isitma, bosh va tish og‘rig‘i, revmatizm va boshqa 
xastaliklarni davolash vositasidir.
8
U xalq tabobatida terining zararsiz o‘smalari, 
saraton, polip va o‘smalarni davolashda keng qo‘llaniladi. 
Turkum. Sarv (Cupressus L.) - Кипарис 
Sarvdoshlar oilasi - Cupressaceae Bu oilaga kiruvchi turlar bir uyli yoki ikki uyli 
daraxt va buta o ‘simliklaridir. Oilada 20 turkum va 145 tur bo‘lib , ular ichida eng 
tavsifli turkumlar sarv, archa, tuyya, biota turkumlari hisoblanadi. Barglari va 
qubbachalari har bo‘g‘inda qarama-qarshi o‘rnashgan. Qubbachalari mayda, 5-8 
mm, etli, yumshoq pishganda qizg‘ish-pushti rangli. Ushbu turkumga kiruvchi 
o‘simliklar O‘rta yer dengizi, Himolay, Xitoy, Yaponiya va Amerikada
hududlarida tarqalgan 15 ta tur kiritilgan. Toshkentga sarv turlarining faqatgina 
uchtasi introduksiya qilingan. 
Tur. Arizona sarvisi
(Cupressus arizonica Greene.) bo‘yi 20-25 metr, bir uyli, 
shox-shabbasi keng konussimon shaklga ega. Asosan u Arizona tog‘larida, 
Kaliforniyada va Shimoliy Meksikada hududlarida 1500-2400 metr dengiz 
sathidan balandliklarida o‘sadi. AQShda - Arizona, Texas, Janubiy Kaliforniya va 
Nyu-Meksiko shtatlarida ham o‘sadi. Bu turning 5-6 yoshida voyaga yetadi.
Arizona Sarvining turlari O‘zbekistonning janubiy hududlarida o‘rmon xo‘jaligi va 
ko‘kalamzorlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘simlik hisoblanadi. 
Bu tur sovuqqa uncha bardoshli emas, shu sababli shimoliy hududlarda uchratish 
qiyin. Arizona Sarvisi 500 yilgacha umr ko‘rib, asosan urug‘lar bilan ko‘payadi. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin