27
o‘simlik barglari va po‘stlog‘ining turli infuziyalari va damlamalari diuretik,
kuyish, shamollash, yo‘tal, isitma, bosh va tish og‘rig‘i, revmatizm va boshqa
xastaliklarni davolash vositasidir.
8
U xalq tabobatida terining zararsiz o‘smalari,
saraton, polip va o‘smalarni davolashda keng qo‘llaniladi.
Turkum. Sarv (Cupressus L.) - Кипарис
Sarvdoshlar oilasi - Cupressaceae Bu oilaga kiruvchi turlar bir uyli yoki ikki uyli
daraxt va buta o ‘simliklaridir. Oilada 20 turkum va 145 tur bo‘lib , ular ichida eng
tavsifli turkumlar sarv, archa, tuyya, biota turkumlari hisoblanadi. Barglari va
qubbachalari har bo‘g‘inda qarama-qarshi o‘rnashgan. Qubbachalari mayda, 5-8
mm, etli, yumshoq pishganda qizg‘ish-pushti rangli. Ushbu turkumga kiruvchi
o‘simliklar O‘rta yer dengizi, Himolay, Xitoy, Yaponiya va Amerikada
hududlarida tarqalgan 15 ta tur kiritilgan. Toshkentga sarv turlarining faqatgina
uchtasi introduksiya qilingan.
Tur. Arizona sarvisi
(Cupressus arizonica Greene.) bo‘yi 20-25 metr, bir uyli,
shox-shabbasi keng konussimon shaklga ega. Asosan u Arizona tog‘larida,
Kaliforniyada va Shimoliy Meksikada hududlarida 1500-2400 metr dengiz
sathidan balandliklarida o‘sadi. AQShda - Arizona, Texas, Janubiy Kaliforniya va
Nyu-Meksiko shtatlarida ham o‘sadi. Bu turning 5-6 yoshida voyaga yetadi.
Arizona Sarvining turlari O‘zbekistonning janubiy hududlarida o‘rmon xo‘jaligi va
ko‘kalamzorlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘simlik hisoblanadi.
Bu tur sovuqqa uncha bardoshli emas, shu sababli shimoliy hududlarda uchratish
qiyin. Arizona Sarvisi 500 yilgacha umr ko‘rib, asosan urug‘lar bilan ko‘payadi.
Dostları ilə paylaş: