33
Tur.
Padubbargli magoniya (Mahonia aquifolium Nutt.)
ayniqsa, diqqatga
sazovor. Bu past bo‘yli, yerga yotib o‘sadigan buta bo‘lib, barglari qattiq, po‘sti
qalin, to‘q yashil rangda, bargchalari o‘tkir tishchali. U may oyida gullaydi, gullari
tilla rang sariq, yig‘ilib shingilcha hosil qiladi. Rezavor mevasi seret, qoramtir,
havo rang, yumaloq shaklda bo`lib, diametri 8 mm gacha, ular kuzda yetiladi.
Urug‘ olish uchun mevasini avgust oyida yig‘ish kerak. Magoniyaning bu turi
Shimoliy Amerikadagi tog`li hududlarida tarqalgan. Bizda, asosan, manzarali buta
sifatida ekiladi, chunki uning guli va barglari juda go‘zal. Sovuqqa,
qurg‘oqchilikka chidamli. MDH ning Yevropa qismida, jumladan, Ukrainada,
Rossiyaning Sankt-Peterburg, Ufa shaharlarida o‘sadi. Ildizidan oson bachkilaydi,
soyada ham o‘saveradi. O‘rmon melioratsiyasi ishlarida tog‘ qiyaliklarini yomg‘ir
suvi yuvib ketishidan saqlash maqsadida ekish uchun juda qulay o‘simlik.
Ko‘kalamzorlashtirishda, ayniqsa, tog‘li hududlardagi shahar va qishloqlarda
manzarali o ‘simlik sifatida keng qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: