navbatida mol bo qar...
edi» deyiladi. Bu yerda
navbatida
mol boqmoq
deganda Tersota
turmushiga xos tushuncha
- qishioq chorvasini navbat bilan har kuni bir xonadon va-
kilining boqishi nazarda tutilyaptiki, navbati kelganda Biydi
momo ham podachilik qilgani aytilmoqda. Yoki
boshqa bir
o'rinda Biydi momo «sarg'ayib ketgan junni oldidagi ta-
roqdan o'tkazib olmoqda edi» deyiladi. Bunda «taroqdan
o‘ikazish» junni ipga aylantirish jarayonidagi bir bosqich-
ni anglatadi, ya’ni Biydi
momo turmushida chorva keng
o‘rin tutgan tersotalik ayollar uchun odatiy mashg'uiot
bilan band ekan. E’tibor berilsa, keltirilgan parchalarda
umumiste’moldagi «navbat» va «taroq» so'zlarining she-
vaga xos ma’nolari aktuallashgani ko'riladi.
«Normat
hayotining
Keldiyor so‘pi bilan tutash qismiga
go'ng tashiy boshladi» degan jumlani
0
‘qiganda
beixtiyor
«hayot» so'zining tersotaliklar shevasida anglatadigan
«tomorqa, bog'cha» ma’noiari bilan adabiy tildagi ma’no-
si orasidagi aloqa qandayligini o'ylab qolasan. Eng awal
«peshana teri bilan non topib yemoqni hayot deb bilgan-
lar-da!» degan o‘y
keladi-da, shu xulosada taq to'xtab
qolishni istab qolasan. Yoki o'Iimini bo'yniga olib qo'ygan
Anziratning «Agar men
dumalab ketsam,
Xolmat bilan Ho-
jar
hovarüa
qolmasin, opajon...» deya zorlanishi-chi?! Ayol
«o‘lsam» demaydi - «dumalab ketsam» deydi: tog‘dan
tubsiz jarlikka dumalagancha go‘yo yo'qlikka singib ketgan
toshga mengzaydi olimni. Sag'irlarim qarovsiz qolmasin
demaydi, yo‘q, «hovar»da - kimsasiz bir maydonda qo-
lishmasin deydi. Qarang, oddiy
odamlar nutqida poeziya
bor: fikrlashlarida obrazlilik, metaforiklik kuzatiladi. Bu hol
esa ularni qadim ajdodlar bilan bog'lab turgan tomirlar ni-
hoyatda
baquwat ekanidan, o‘zlarining asliga - tabiatga
yaqinligidan dalolatdir.
Shevalar adabiy tilning so‘z xazinasini toldiradigan eng
boy manba sanaladi. Boisi, shevada adabiy tildagi ko‘plab
so'zlarning muqobili bor. Masalan, «Urush odamlari»ning
266
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'quvchisi Biydi momo kelinlarini «Bir vaqtlari o‘n beshía-
lab
inakka
o'zim qaragich edim...» deya yozg’irganida,
«inak» - «sigir», Normat shu kampirga «jezdam tushingiz-
ga kirdimi» deya hazilnamo so‘z qotganda esa «jezda» -
«pochcha» ma’nosini berishi kuzatiladi. Shu o‘rinda bir nar-
sani ta’kidiash zarur: badiiy adabiyot miiliy tilimizdagi so‘z
javohirlarini avaylab asrovchi xazinabon vazifasini o‘tay-
di. Sababi, adabiy til me’yorlarining ommalashishiga mos
holda sheva xususiyatlarining
kamayishi kuzatiladiki, bu
- qonuniyat maqomidagi hodísadir. Aytaylik, N.EshonquI
«Urush odamlari»ni o'ttiz yillar ilgari yozgan bolsa, o'sha
vaqtlartersotaliklartilida qo'liangan ko'plab so'zlarning ho-
zirda iste’moldan chiqqan, unutilgan bo'lishi tayin. Demak,
ijodkor o‘zi mansub sheva xususiyatlarini oqilona me’yor
darajasida va mohirlik bilan aks ettirsa,
ularni mangulikka
muhrlagan bo‘ladi. Buning ahamiyatini esa, masalan, qis-
sada qo'liangan
Dostları ilə paylaş: