so'z adabiy til mulkiga aylansa, ommalashtirilsa, tilimizning
ifoda imkoniyatlari kengaygan bo‘lur edi.
Har qanday badiiy obraz singari inson obrazi -
personaj
ham konkretlilikxususiyatiga ega. Zero, uning asosi bo'lgan
real inson konkret davr, hudud va ijtimoiy muhitda harakat
qiladi, muayyan kasb-kor bilan mashg'ul bo‘ladi. Tabiiyki,
bu omillarning bari uning nutqida o‘z aksini topadi. Shu
bois ham personaj nutqiga xos xususiyatlarni qayta yara-
tish obrazning tolaqonli va haqiqatga muvofiq boMishining
muhim shartlaridan hisoblanadi. Personaj nutqining o‘ziga
xosligi esa eng avval u qollayotgan so'zlarda
namoyon
boladi. 0 ‘z navbatida, o‘sha so‘zlardan tarkib topayot-
gan nutq personaj tasviridagi muhim chizgiga aylanadi:
madaniy-ma’rifiy saviyasi, dunyoqarashi, ma’naviyati, ax-
loqi, kasb-kori haqida ma’lumot beradi.
Epik va dramatik
asarlarda personaj nutqini individuallashtirishga alohida
e’tibor berilishining sababi shunda. Xususan, dramatik
asarlarda bunga, ayniqsa, muhim ahamiyat zarurki, ularda
personaj nutqi inson obrazini yaratishning asosiy vosita-
siga aylanadi. Masalan, E.A’zamning «Jannat o‘zi qay-
dadir yoki Jiydalidan chiqqan Jo'raqul» pyesasini olaylik.
Asar qahramoni Jo‘raqul - Domlaning quyidagi replikasiga
diqqat qiling:
«Domla (fikridan chalg‘imay): Yo‘q, xonim,
siz gapni
chalkashtiryapsiz.
Mustaqillik
boshqa,
ozodlik tushuncha-
si
bir boshqa,
ijtimoiy adoiat, tenglik g'oyalari -
boshqa!
Axir,
milliy mustaqii mamlakatda
ham
adolatsizlik,
bedodlik
hukm surishi mumkin-ku. Misol kerakmi sizga?.. Bilgingiz
kelsa, men
ijtimoiy adoiat, insoniy tenglik
tarafdoriman, xo-
los. Zinhor-bazinhor kechagi
istibdodn'mg
emas! Qolaver-
sa, odamzod muayyan bir g‘oyadan charchasa yoki
Ijti-
moiy tabaqalashuv, haqsizlik
haddan oshsa,
jamiyatda
muvozanat buziladi. Ana shunda
islohot
yo
inqilob zaru-
rati
tug'ilib,
mulk qo'ldan qolga o ‘tadi.
Huv, Oktabr inqilobi
chog‘ida shunday bo'lgan, bilasiz».
268
www.ziyouz.com kutubxonasi
Avvalo, replikadagi gaplarning mantiqiy ¡zchillikda bog‘-
langani, bir-birini to'ldirib-izohlagan holda fikriy butunlik
hosil qilayotgani, mazmunida
ilmiy mantiqning ustuvorligi
- bari uning chinakam (ya’ni shu asardagi Xonim yoki Tur-
suniy kabi emas) íjtimoiyotchi olimga xoslígini ko'rsatadi.
Unda ishlatilgan so‘z va birikmalarning aksariyati (kursiv
bilan ajratildi) so‘ziovch¡ mashg'ui bo‘lgan ilm sohasining
¡stilohiaridir. Hatto íilimizda faol qo‘llanuvchi «mustaqillik»,
«ozodlik» kabi so'zlar ham bu o‘rinda ¡stilohiy ma’noda ish-
iatilmoqda. 0 ‘quvchi domlaning mustaqillikka munosabati
íeran anglanganligi, ayrim hamkasblariga xos shiorbozlik-
dan yiroqligini his qiladi. Fikri uyg‘oq
odam sifatida u yuz
berayoígan voqea-hodisalarga nisbaían tanqidiy mavqeni
egallagan, biroq mustaqiliikni ich-ichidan yoqlaydi, chunki
chinakam olim o'laroq mohiyatga qaramoqda.
Domlaning xotini Xonim nutqida
Dostları ilə paylaş: