Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

varvarizm\ar
- o‘rinsiz 
qo'llangan xorijiy so'zlar ko‘p uchraydi. Jumladan, ruscha 
so'zlar. Bu - sho'ro davrida ayrim qatlamlarni o'zligidan 
uzilib., qolishga olib kelgan «madaniyatli» ko'rinishga in- 
tilish natijasi: domlaning xonadonida ruscha so'zlashil- 
gan, bolalar ruscha tarbiya ko'rgan. Shu jihatdan qaralsa, 
Xonimning o'g'liga mana bu tarz gapirishi muhit koloritini 
aks ettiruvchi muhim vositadir:
«Xonim: O'zingdan ko‘rgin-da, 
jonikl
Unisi o‘poq, bunisi 
so'poq deysan. Papangning ham joni achiydi-da. Yoshing 
o'ttizga qarab borayotgan bo'lsa!.. Charchabsan. Kir, yo- 
tib damingni ol. 
Ammashkangga
ayt, ichkari uyga joy qilib 
bersin». Ko'ryapmizki, Xonim ayrim ruscha so'zlarni ishla- 
tibgina qolmaydi, balki o'zbekcha so'zlarni ham «ruslashti- 
rish»ga harakat qiladi. Bu esa personaj ma’naviy qiyofasi- 
ga tortilgan muhim chizgi - milliy o'zligini nainki unutgan, 
undan orlanadigan toifaga xos qiliq. O'ziga «mama» deya 
murojaat eígan o'g'lidan koyinib «Oyi (degin - D.Q.)! Endi 
«oyi» bo'ladi, jinnivoy! Birov eshitsa nima deydi? Bular 
haliyam...» deganida ham Xonim faqat atrofdagilar nima
269
www.ziyouz.com kutubxonasi


deyishining tashvishini qiladi, xolos. Milliy g‘urur tuyg'usi- 
dan mosuvo bu ayolda istiqlo! bitiagina o‘zgarish yasadi: il- 
gari o‘z nutqini ruscha so'zlar bilan «bezagan» bo‘lsa, endi 
unga «o’key», «hello», «veri gud» kabi inglizcha so‘zlar 
bilan zeb beradi. Go‘yo shuning bilan o'zini dunyo ravishi- 
dan boxabar, zamonaning ilg'or kishilari qatorida his qila­
di, atrofidagilarga ham shuni ta’kidlamoqchidek bo'ladiki, 
bu uning kaltabin ekanidan dalolatdir. Demak, varvarizm- 
lar muhit koloritini berish bilan birga personajning fe’li, 
madaniy-ma’rifiy saviyasi, ma’naviy-axloqiy prinsiplari, 
dunyoqarashi kabilar haqida ham ishonchli ma’lumot beruv- 
chi vosita bo'lib xizmat qiladi. Shunga o'xshash, Xonimning 
nutqidagi «baks», «inomarka», «soqqa», «ko‘kidan o'nta», 
«lodochka tufli» kabi 
jargon\ar
ham uning qiyofasini bo'rtiq 
aks ettirishga xizmat qiluvchi muhim detallarga aylana- 
di. Xullas, professionalizm, varvarizm, vulgarizm, jargon, 
argo kabi qo'llanish doirasi cheklangan so'zlar personaj 
mansub muhit koloritini ifodalash bilan birga uning nutqini 
individuallashtirish, ruhiyatini ochish va umumiy qiyofasini 
yaratishning beqiyos vositalaridir.
Ma’lumki, lug'atdagi so'zlar emotsional bo'yoqdorligi 
jihatidan ham bir-biridan jiddiy farqlanadi. Ayni hoi tasvir 
predmetiga hissiy munosabatni ifodalashda juda qo‘l ke- 
ladi. Zero, shu tufayli ham tasvir predmetiga munosaba- 
tini ifodalash uchun yozuvchidan yangilik yaratish talab 
etilmaydi - mavjud so‘zlardan maqsadiga eng muvofig‘ini 
tanlash kerak, xolos. Masalan, « 0 ‘tkan kunlar»dan olin- 
gan quyidagi gaplardagi kabi:
«Zaynab 
bo‘zarg‘an holatda
uyiga yugurib ketdi».
«Kumush 
baqadek qotib olturgan Zaynabka
qaradi».
«Zaynab o'zining xatosini ongladi va gapuralmay 
g ‘o ‘ldi-
radi».
«Zaynab ishini to'xtatib 
bo‘zrayg‘ancha
Kumushka qa- 
rab qoldi».
270
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Uning bu 
dovdir gaplari
g'alaba qozonmoqchi bo‘lg‘an 
Kumushni dovdiratti».
«Zaynabning 
bir yarim qarich osilib ketkan qovoq-
dudog‘i...».
Endi 
o 'y la b
ko'ring: A.Qodiriy kursivda berilgan so‘zlarni 
Kumushga nisbatan ishlatishi mumkinmi? Komil ishonch 
bilan aytish mumkinki, yo‘q. Chunks ularga munosabati bir 
xil emas. Shu bois ham, masalan, kundoshi Marg‘ilonga 
ketmasligini bilgan Zaynab haqida 
qovoq-dudogl bir yarim
qarich osilib ketkan
desa, Otabekning ikkinchi bor uylani- 
shiga «rozilik» berayotgan Kumushni: «
Fuzuliy ta’biricha,
sebi zanaxdoni negadir qizarib, novaki mijgoni ko ‘z yoshlari
bilan juftlangan haligi pari edi», -
deya ta’riflaydi. Shunga 
o‘xshash, suyukli qahramonining kundoshlarorasida halak 
Otabekdan xafa bo‘!gan chog'dagi hoiati haqida «
ko'zi uy-
qudan qolg‘an kishilarning ko'zidek qizarg‘an»
edi deyish 
bilan cheklanadi-da, suhbai davomida bir joyda 
«ko‘zida
bir turlik g'iltillash
£>or»ligini, boshqa bir o‘rinda 
«ko'ziga
jiq yosh to‘lg‘an»\ni
qayd etadi. Insof bilan aytganda, har 
ikki personaj ham o'sha holatda xafa bo‘lishga haqli, bi- 
roq o‘quvchi Zaynabga boqqancha «qovoq-tumshug‘i ni- 
masi?!» deya g'ashlansa, Kumushning dardiga hamdard 
bo'ladi-qoladi. Sababi, ularni tasvirlash uchun tanlangan 
so'zlarda, o‘sha so‘zlarda mujassam topgan hissiy muno- 
sabatning o'quvchiga «yuqtirilgani»da.
Xulosa o'laroq ta’kidiash kerakki, so‘zning nominativ 
tasviriyligi va ifodaviyligi badiiy adabiyotdagi har qanday 
obrazning asosi, javhari demakdir. Ayni hoi badiiy adabi- 
yotni «so‘z san’ati» deya ta’rifiashga izn beruvchi bosh 
omil sanaladi. So'z badiiy adabiyotdagina o‘zining asli- 
ga - obrazli tabiatiga qaytadi, olamni to‘laqonli aks etti- 
rish, tasawurimizda uni qayta yaratishga xizmat qiladi. 
So‘zning bu boradagi imkonlari benihoya keng, mavjud 
imkoniyatlarning qay darajada ro‘yobga chiqishi esa, ta-
271
www.ziyouz.com kutubxonasi


biiyki, so‘z san’atkorlarining mahoratiga bogMiq. Shu jihat- 
dan adabiy ijod zargar mehnatiga monand: zargar olmos 
qirralarini ochib gavharga aylantirgani kabi, adib-u shoirlar 
so'zdagi ma’no qirralarini jilolantirib obrazga aylantiradilar.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin