íilaydi. Shunga o'xshash, g'alayon ko'targanlar qoshiga
quruq qo‘1 bilan borish foydasiz deyish (bu
holda pod-
shoh jahllanishi mumkin) o'rniga ularni
quvontirishdan
ojiz qolurmen
(ya’ni men ojiz, Sizning qo'lingizdan keladi)
deydi. Shu gaplardan so‘ng Husayn Boyqaroning: «Maz-
muni qanday bo‘lmog‘i kerak?» - deb so‘rashida fikr shu
yo'sin ifodalanganining ta’siri juda katta. Javoban yana
o‘sha yo'sinda Navoiy aytadiki:
«Shul
mazmundakim,
far
moni
o//yning har bir so‘zi ko'ngillarga quyoshdek hayot
bag'ishlagay.
Har bir nuqtasida,
qatorida daryo pinhon
bo'lgani kabi,
sizning daryoyi adolatingiz
jilvalanganday.
Yana u farmonda shunday so’zlar bo‘lmog‘i kerak/c/'m, ular
zolim, munofiq amaldorlar,
ulus
molini
g'asb etuvchilar
boshiga
sangboron
bolib
yog'ilgay».
Ko'rib turganimizdek,
Navoiyning bu so'zlarida avvalgi gapidagi fikrlar yanada
kuchaytirib ifodalanadi, bunday vaziyatda adolatli podshoh
farmoni mazmunan qanday bo‘lish¡ kerakligi saroy odobi
doirasida uqtiriladi. E’tibor berilsa, bunda tarixiy so‘zlar
(ulus, g ‘asb etuvchilar, sangboron)
ni
qollash bilan birga
faol iste’moldagi so‘zlaming davr uslubiga mos tarzda
(farmoni oliy, daryoyi adolatingiz)
boglangani, so'zlarning
eskirgan shakllari («kim» bog'lovchisi, «shul» olmoshi),
eski so'zshakllar
(bag‘ishlagay, yog'ilgay)
ham muhimligini
ko‘rish qiyin emas.
Tahlillardan ayon bo‘lyaptiki, tarixiy so'zlar va mor-
fologik birliklartasvirlanayotgan davr kishilari nutqini asliga
monand qayta yaratish vositasi sifatida o‘quvch¡ tasavvu-
rida
0
‘tmishning to'laqonli va haqqoniy manzaralarini jon-
lantirishda muhim ahamiyat kasb etar ekan.
Shuningdek,
ko'rib o'tilgan misollar badiiy nutq tasvir vositasigina emas,
ayni paytda, tasvir predmeti ham ekanligini yorqin namo-
yon etadi.
Adabiy tilda kam qollaniluvchi dialektizmlar badiiy
asarda joy koloritini berish uchun ishlatiladi. 0 ‘zbek tili-
da so'zlashuvchilar tarqalgan hududlarda umummilliy
264
www.ziyouz.com kutubxonasi
xususiyatlar bilan bir qatorda o‘sha hudud kishilarigagi-
na xos bo'lgan jihatlar (urf-odatlar, tasawurlar,
aqidalar,
narsa-buyumlar va b.) ham mavjudki, bular birinchi gal-
da sheva tilida o‘z aksini topadi. Shunday ekan, asarda
tasvirlanayotgan hududga xos bo'yoqlarni berish, unda
harakatlanayotgan personaj xarakterini to‘laqonli badiiy
talqin etish uchun tabiiy ravishda dialektizmlardan foyda-
lanish zarurati yuzaga keladi. Masalan, N.Eshonqulning
«Urush odamlari» qissasi voqealari
hozirgi Qamashi tu-
manining Tersota qishlog'ida, urushning oxirgi yilida ke-
chadi. Avvalo, aytish kerakki, qissa bir o‘qishdayoq o'quv-
chi ko'ngliga chippa yopishadigan, uni befarq qoldirishi
mumkin bo‘lmagan asariardan. Albatia, qissada keskin
dramatizmga yo‘g‘rilgan hayotiy holatning qalamga olin-
gani, urush atalmish olamiy fojianing
kichik bir qishloq ahli
hayoti misolida akslantirilgani bunda hal qiluvchi ahami-
yatga ega. Ayni paytda, o‘quvchining asar ruhiga kirishi,
betakror fe’l-sajiyali tersotaliklarga hamdard-u hamnafas
bo'lib qolishida uning tili ham g'oyat muhim. Qissani o‘qi-
ganda «xalq ruhi tilda aks etadi» degan gapning shuncha-
ki lutf emasligiga amin bo'ladi kishi. Ilk sahifalarda eshi-
tilgan - Normatning urushdan
qaytishi munosabati bilan
uyushtirilgan to‘ychiqdagi yosh bolalar kurashi qo‘zg‘agan
shavq-u tarafkashlik ifodasi bolmish luqmalar, pardali yo
behayo ekaniga hukm qilishga shoshib qolinadigan tagdor
hazillar-u qochirimlar- bari sodda samimiyatdan, xalqona-
likdan darak. Kurashda g‘olib bolakay qo‘llagan usulning
mana bu tarzda olqishlanishi haqida ham shunday deyish-
ga tola asos bor: «Halol! - baqirib yubordi Sharif chavan-
doz. - Buni yiqitish deydi-da!
Dostları ilə paylaş: