Xorijda geografiya ta’limi. Reja: Xorijiy mamlakatlarda geografiya ta’limining o`ziga xos xususiyatlari



Yüklə 162,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix01.12.2023
ölçüsü162,85 Kb.
#170210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-MAVZU

Tayanch tushunchalari.
Kapitalistik, MDH, Mikromaqsad, Mezomaqsad, Makromaqsad, Gipoteza, Sanoat ekonomikasi, yer 
va inson.

O`Z-O`ZINI TЕKSHIRISH UCHUN SAVОLLAR 
1. Qadimiy Turkistоnda еtishib chiqqan buyuk оlimu - allоmalardan 10 tasini yozing. 
2. Qadimiy Rim, Misrda gеоgrafiya fani qandaytaraqqiyotga ega bo`lgan. 
4. Al Bеruniyning gеоgrafiya bilan bоg`liq bo`lgan 10 ta asarini ayting. 
5. Al Хоrazmiyning gеоgrafiyaga оid 3 ta asarini yozing. 
6. "Buyuk ipak yo`l i" bilan gеоgrafiya fani o`rtasida qandayalоqadоrlik bоr? 
7. Maktab gеоgrafiyasi dastlab kaеrda shakllangan? 
8. Rоssiyada gеоgrafiya fanining shakllanishi haqida nimalarni bilasiz 
 
6-MAVZU:O’ZBEKISTONDA GEOGRAFIYA TA’LIMINING RIVOJLANISHI 
REJA: 
 
1.Jadidchilik harakati va geografiya ta’limi. 


2. O`zbekistonda geografiya o`qitish metodikasi fanining rivojlanish bosqichlari. 1-bosqich 
(1918-1934 yillar) 2-bosqich (1934-1955 yillar) 3-bosqich (1967-1990 yillar) tavsifi. 
3. F.Karimiy, A.Donish, Furqat, M.Behbudiy, Hamza, A.Avloniylarning geografiya ta’limiga 
qo`shgan hissalari. 
O`zbekiston maktablarida geografiya ta’limini (darsliklar va dasturlari mazmunini
o`qitish metodlari, o`quv moddiy bazasi, kadrlar tayyorlash va boshqa xususiyatlariga ko`ra ) 4 ta 
bosqichga ajratish mumkin. 
I bosqich 1918-1934 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davr o`zbek sovet maktablarida geografiya 
o`qitishni yo`lga qo`yish bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda yangi tipdagi maktablar bilan eski 
tipdagi sovet maktabi geografiyasiga asos solinadi. Yangi dasturlar asosida 1922-1923 yillarda 
“o`qitishning kompleks dasturlari” ishlab chiqildi. Bu turli variantlarda bo`lib, bir necha marta 
o`zgardi va 10 yil mobaynida qo`llanildi. Geografik materiallar kompleks mavzular orasida singib 
ketdi. Geografiyani o`rganish juda past saviyada olib borildi. Kompleks dasturlarining uzoq 
hukmronligi maktab geografiyasi uchun og`ir davr bo`ldi. 1925-1926 yillarda maktablarning yuqori 
sinfida geografiya dasturlaridan umuman chiqarib tashlandi. Geografiya tibbiyot, fizika, ijtimoiy 
fanlar tarkibida o`rganiladi. Kartani o`rganish nihoyatda zaif bo`ldi. Yuqoridagi fanlar geografiyani 
o`qitish vazifalarini mutlaqo bajara olmadilar. Kompleks metod asosida predmetsiz o`qitish yo`li 
edi. 
2-bosqich 1934-1955 yillarni o`z ichiga oladi. O`zbek maktablarida geografiya o`qitishning 
muayyan bir tartibga tushish bosqichi. Bu davrda yagona dastur asosida muayyan darsliklar yaratildi. 
O`quvchi va o`qituvchilar uchun o`quv qo`llanmalari ko`proq nashr etila boshlandi. O`zbek tilida 
metodik qo`llanmalar vujudga kela boshladi.Maktab geografiyasiga hissa qo`sha oladigan 
metodistlar , geografiya o`qituvchilari yetishib chiqa boshladi. Ko`proq metodik kitoblar o`zbek 
tiliga o`girildi.
3-bosqich 1956-1966 yillar. Bu davrni maktab geografiyasini turmush bilan bog`lash bosqichi 
desa ham bo`ladi. Bu davrda maktab geografiyasi bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. 
O`qitishning samarali xillari tobora kengroq joriy qilina boshlandi.Mahalliy aholidan milliy kadrlar , 
yirik geograf va metodistlar yetishib chiqdi. O`quvchi va o`qituvchilar uchun ilmiy ommabop va 
metodik adabiyotlar tarjima qilindi. Geografik atama va nomlar ma’lum bir tizimga tusha bordi.
4-bosqich 1967-1990 yillar. Bu davrda ta’lim sohasida turli o`zgarishlar sodir bo`ldi. O`quv 
ko`rgazmali qo`llanmalar chop qilindi. Ta’limni isloh qilish borasida bir qator tadbir va o`zgarishlar 
amalga oshirildi. Muayyan darsliklar tizimi va yangi o`quv kartalari paydo bo`ldi. O`lkashunoslikka 
e’tibor birmuncha pasaydi. Ammo O`zbekiston geografiyasini o`rganish bo`yicha soatlar hajmi 
20%dan oshmaydi. 
Oktabr to`ntarishidan keyin Sovet maktabini isloh qilishdan boshlandi. Darslar maxsus qarorlar 
asosida 9 yillik yagona mehnat maktablari tashkil etildi. Bu maktab 2 bosqichdan iborat. 1-bosqich 
1-5 sinflar, 2-bosqich 6-9 sinflardan iborat. Bunday maktabda geografiya ta’limi maqsad va mazmun 
jihatdan o`zgardi. 
1918-1922 yillarda geografiyadan na’munaviy dasturlar paydo bo`ldi. Bunda ayrim 
landshaftlarning xususiyatlarini o`rganishga ko`proq e’tibor berildi. O`sha davrlar “landshaft 
dasturlari” bilan mashhurdir. Masalan, “ovchilar landshafti”, “ko`chmanchilar landshafti” va x.k. 
Landshaft dasturlari o`zini oqlamadi. 1921 yilda geograf D.N.Anuchin rahbarligida umumdavlat 
ahamiyatiga ega bo`lgan geografiya dasturi loyihasi ishlab chiqildi. Ungacha ayrim hududlar, xatto , 
ayrim maktablar xuddi landshaftlar dasturiga o`xshash bo`lgan dasturlarni o`zlari tuzar 
edilar.Anuchin dasturi Oktyabr to`ntarishiga qadar bo`lgan geografiya ta’limini eng yaxshi 
tomonlarini qisman bo`lsa ham o`ziga aks ettirgan bo`lib, unda geografiyani o`qitish sinflar bo`yicha 
taqsimlangan edi.
Anuchin dasturiga muvofiq 3- sinfda o`z qishlog`i , shahari , guberniyasi o`rganilar edi. Bu turni 
mamlakatshunoslik deb ataydi. O`quvchilar geografik nomlar, tushunchalar geografiyasiga oid
rasmlar bilan tanishtirilar edi.4-sinfda mamlakatlar turli mintaqalarning tabiati , insonlar hayotini aks 
ettiruvchi rasmlar namoyish qilindi. 


5-sinfda mamlakatshunoslikka oid bo`lgan ma’lumotlar va “qit’alar geografiyasi” o`rganilar edi. 
6-8 sinflarda Rossiya geografiyasi , 8-sinfda iqtisodiy geografiya, 9-sinfda astronomiya va 
astrologiya o`rganilar edi. Mazkur dastur o`quvchilarning geografiyaga oid bilimlarini oshirishga 
katta rol o`ynaydi. Unda geografiyaga ajratilgan soatlar miqdori ancha ko`p edi. 1924 yildan 1930 
yillarda maktab geografiya ta’limi uchun og`ir yillar bo`ldi. 1924 yildan boshlab maktab 
geografiyasi yangicha dasturlar asosida ishlashga o`tdi. Ammo bu darsliklar bo`yicha, geografiya 
bo`yicha alohida predmetlar yo`q edi. Unda geografiyadan uzuq-yuluq bilim berilar edi. 1-4 
sinflarda alohida geografiya kurslari o`rnini kompleks mavzular egalladi. Bu mavzular mazmuniga 
qisqacha geografik savolda mahalliy tabiat va xo`jalik bilimlari berilar edi. 4-sinfda Rossiya 
geografiyasi va boshqa fanlar geografiyasi o`rgatilar edi. Masalan: 1-sinfda yil fasllari, 2-sinfda 
mahalliy tabiat va xo`jalik bilimlari edi. 4-sinfda Rossiya geografiyasi va boshqa fanlar geografiyasi 
o`rgatilar edi. 
2-bosqich sinflarda geografiya, biologiya, tarix, jamiyatshunoslik fanlari tarkibiga singib ketgan 
edi. Tabbiy geografiya va mamlakatshunoslik haqida bilimlar nochor ahvolga tushib qolgan edi. 
Xullas, kompleks dasturlarning qabul qilinishi geografiyani mustaqil fan sifatida barham topishiga 
olib keldi. Faqat 1927-yilda avval 1-bosqich maktablarida , keyinroq 2- bosqich sinflarida geografiya 
fan sifatida qayta tiklandi. O`zbekistonda 1920-1930 yillar oralig`ida geografiya darsliklari rus 
tilidan o`zbek tiliga tarjima qilindi. G.N.Ivanovning “boshlang`ich jo`g`rofiya” darsligi geografiya 
darsliklarining to`ng`ichi edi. Bu darslik 1927 yilda N.L.Korejenevskiy yordamida P.Arxengelskiy 
tomonidan o`zgartirib nashr qilindi.G.N.Ivanov , G.G.Ivanovlarning Baxtiyorov va Makarov bilan 
hamkorlikda birmuncha o`zgartirib nashr qilingan “Jo`g`rofiya ham o`lkani o`rganish” darsligi ham 
o`zbek tilidagi dastlabki daarsliklardan edi. Bu davrda Balashovning “O`zbekiston hamda unga 
qo`shni jumhuriyatlar va viloyatlar” , P.Anxangelskiyning “Jo`g`rofiya” (o`lkani o`rganish darsligi), 
A.Obidovning “O`zbekiston sotsialistik sho`rolar jumhuriyati jo`g`rofiyasi ” darsliklari geografiya 
ta’limida katta ahamiyatga ega bo`ldi. A.Obidovning “O`zbekiston jo`g`rofiyasi” darsligi 
O`zbekiston geografiyasi ta’limida o`z Respublikasini o`rganishda 1-haqiqiy asar o`zbek tilida 
dastlabki geografiya metodikasi paydo bo`ldi. Uning muallifi N.Monov edi. Geografiya metodikasi 
suhbatlar metodida yozilgan bo`lib, u holat kamchiliklarga ega bo`ldi. Unda kartalar bilan ishlash 
metodlari yoritilmagan edi.
O`zbekiston maktablarida geografiya o`qitish 
samaradorligini oshirishda 1925 yildan boshlab chop etilayotgan “Maorif va o`qituvchi” jurnalining 
jurnalining roli katta bo`ldi. Jumladan ushbu jurnallarning 1925 yil 5-6 sonlarida “Jo`g`rofiyaning 
foydasi”, “Lug`at va atamalar”, “Samarqand”, “Maktabda o`lkani o`rganishning ahamiyati” , “Muz 
davrining oxirlarida Yevropada qanday irqlar yashadilar”. “Sahroi Kabir” va boshqa o`nlab 
geografiyaga oid maqolalar e’lon qilinadi. Bu jurnal geografiya o`qituvchilariga ilmiy va metodik 
jihatdan yaqindan yordam berdi. 1931 yil 4 iyuldan “Madaniy inqilob” (keyinchalik “O`qituvchilar 
gazetasi”, hozirda “Ma’rifat”) gazetasi chiqa boshladi. Bu gazeta geografiya o`qituvchilarining
haqiqiy yordamchisi bo`ladi. Unda yuzlab ilmiy, uslubiy maqolalar e’lon qilindi.
Geografiya ta’limida kadrlar yetishtirish masalasi sekin asta yo`lga qo`yildi .1927-yilda Samarqand 
oily pedagogika instituti ochildi . 1937-yillar oxirlariga kelib oily malumotli geografiya 
o`qituvchilari yetishib chiqa boshladi . Bular N. Ibodov , G. Nazarov, I.Mirzaboyev, A.Axrorov va 
boshqalar edi. 1930-yillarning o`rtalarida Toshkent, Buxoro, Samarqand keyinchalik Nukus, 
Urganch, Qo`qon, Andijon shaharlarida pedagogika institutlari ochildi. Maktab geografiyasining 
taqdirini hal etishda maktab geografiyasi va ilmiy geografiyasining taqdirini hal etishda maktab 
geografiyasi va ilmiy geografiyasining taqdiriga katta BKPning 1931-yil 5- sentyabr va 1932-yil 25-
avgust qarori tasir etdi.Geografiyani boshqa fanlar tarkibida o`rganishga qatiy xotima berdi. 
Geografiyani boshqa predmetlar orasida teng huquqli bo`lishiga imkon yaratdi. Geografiyaning 
alohida fan ekanligini isbotlab berdi.
Pedagogika institutlarida geografiya o`qituvchilarining maxsus tayyorlash masalasini ham hal 
etadi.Geografiya dasturini, kartani, tabiiy geografiya asoslarini bilish kapitalistik mamlakatlarini 
o`rganish zarurligi masalalari qarorda alahida o`qitiladi. O`zbekistonda maktab geografiyasi taqdirini 
hal qilishda BKP ning 1934-yil 15-may qarori alohida ahamiyatga ega bo`ldi.


Qarorda boshlang`ich va o`rta maktablarda geografiya o`qitilishining sifatsizligi, kartalarning 
maqsadga muvofiq emasligi, mavzularning quruqligi , darsliklarning raqamlar bilan to`laligi . 
Ayniqsa maktabni bitirib chiqayotgan o`quvchilarning geografiyadan bilimlarining sayozligi va 
sifatsizligi tanqid ostiga olindi. Qaror geografiyani qanday o`qitish to`g`risida har bir sinfda 
geografiya fanlarini o`qitishda ayrim ko`rsatmalar berdi Bu qarorga muvofiq geografiya talimi 3 
bo`g`inga bo`lib o`qitika boshlandi.
Geografiyadan haftalik soatlar bir muncha ko`paydi. Bu qaror o`quvchilar yoshini e’tiborga olgan 
holda ko`rgazmali va qiziqarli bayon qilishni talab qiladi. 1934-1935 o`quv yilidan boshlab yangicha 
dasturlarga o`tildi. 
Bu dasturlarga asosan yangi darsliklar , ilmiy ommabop adabiyotlar, atlas kartalar o`qituvchilar 
uchun o`quv metodik qo`llanmalarni yaratishga kirishildi. 1934 yilgi qaroridan keyin “Geografiya v 
shkole” jurnalining chiqa boshlashi nafaqat Rossiyada , balki O`zbekistonda ham geografiya 
ta’limini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Ilg`or o`qituvchilar, oily va o`quv yurtlari 
o`qituvchilari geografiyadan qo`llanmalar yaratishga jalb qilindi. 
1960 yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qo`llanma va darsliklar nashr 
etila boshlandi. O`sha davrlarda O`zbekistonda geografiya fanini takomillashtirishda A.Obidov, 
O.Saidrasulov, H.Hasanov , N.Daminov va boshqalarning xizmatlari katta bo`ldi. Umumta’lim 
maktablari va oily o`quv yurtlari uchun geografik adabiyotlar , darsliklar va metodik qo`llanmalarni 
tarjima qilish keng tus oldi. 
Umumta’lim maktablarni takomillashtirish va rivojlantirishda maktabni isloh qilishga 
tayyorgarlik ishlari ko`rib chiqildi. Isloh geografiya ta’limi mazmuniga ham ta’sir qilmasdan 
qolmadi. Maktab geografiya kurslari tarkibida ham ba’zi o`zgarishlar paydo bo`ldi. Ta’limning 11 
yillik tizimiga o`tish bilan geografiyani o`qitishda ham mehnat ta’limi kasb hunar yo`nalishiga 
e’tibor kuchaytirildi. 
Sobiq SSSR tugatilishi arafasida maktabni qayta isloh qilish uchun kurashlar va harakatlar bo`ldi 
.Lekin ular o`zini oqlamadi. O`zbekistonning mustaqillikka erishishi geografiya ta’limida tub 
o`zgarishlarga olib keldi. 
Darslarda o`quvchilarning mustaqil va amaliy ishlariga e’tibor kuchaydi. 1935-yilda O`rta 
Osiyo universitetida geografiya-geologiya fakulteti tashkil etildi. 1935-1940-yillar mobaynida 
O`zbekistonda pedagogika institutlarining aksariyatida geografiya mutaxassisligi ochildi.1943-
yilgacha Respublikada 10ga yaqin o`qituvchilar institute ochildi.Ularda geografiya o`qituvchilari 
ehtiyojlarini hisobga olib, ularga metodik yordamlarini kuchaytirish maqsadida o`qituvchilar 
malaakasini oshirish institutlari, ular bazasida esa geografiya kabinetlari va kafedralari tashkil 
etiladi. 
Geografiya ta’limi har tomonlama rivojlanishida buyuk iqtisodiy-geograf N.N.Baranskiyning 
xizmatlari katta.U mualliflik qilgan iqtisodiy geografiya darsligi 20yil mobaynida muntazam 
rivojlanishda nashr etilib ko`rildi. N.N.Baranskiy “O`qituvchi-ta’lim jarayonida markaziy figura” 
deb qayta-qayta ta’kidlangan. U geografiya ta’limida yetakchi o`rinni karta va ko`rsatmalilik 
egallashi zarur.deb “Karta geografiyaning ikkinchi tilidir”,”Karta-geografiyaning alfasi va 
olichasi”,”Birgina karta bir necha varaq matnning o`rniga o`tadi” degan o`lmas fikrlar va g`oyalarni 
o`rtaga tashlaydi. N.N.Baranskiy sobiq ittifoq miqyosida geografiyao`qituvchilari tayyorlash ishiga 
ulkan hissa qo`shgan buyuk shaxsdir. 
2-jahon urushi ham geografiya ta’limiga o`z ta’sirini ko`rsatmasdan qolmadi.Ko`pgina 
geografiya o`qituvchilari frontga jo`nab ketdilar.Oliy o`quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash izdan 
chiqdi.o`quv qo`llanmalar umuman yetishmay qoldi. 
Urushdan keyingi yillarda maorif sohasida talaygina yutuqlar qo`lga kiritildi.Dastlab 4 yillik, 
keyin 7va8 yillik to`liq o`rta ta’limga bosqichma-bosqich o`tilishi,ta’lim mazmunini tubdan qayta 
qurishga yordam berdi. Bu davrda geografiya o`qituvchilari diqqati ko`proq o`quv jarayonini 
amaliyot bilan bog`lashga qaratildi. Geografiya ta’limini hayot bilan bog`lash borasida tabiiy 
sharoitning xalq xo`jaligidagi ahamiyatiga e’tibor berildi. Oz o`lkasi geografiyasini o`rganish va o`z 
joyining kartasini chizish,ob-havoni kuzatish,o`z joyidagi barcha tabiiy kompleks komponentlarini 
o`rganish geografiyani turmush bilan bog`lashga qaratildi. 


Maktabni hayot bilan bog`lash haqidagi qaror asosida o`quvchilarning mustaqil ishlariga katta 
e’tibor berildi.O`zbekiston geografiyasini o`rganishga bir muncha e’tibor kuchaydi.1953-1954-o`quv 
yillaridan boshlab amaliy mashg`ulotlarni uyushtirish majburiy tarzda, maktab geografiya 
dasturlariga kiritildi.O`quvchilar dunyoqarashini shakllantirishga, mehnatga muhabbat ruhida 
tarbiyalashga e’tibor kuchaydi.1958-yil 24-dekabrda Oliy Sovetning maktab haqidagi qonuni 
geografiyaning takomillashuvida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu qonun boshqa fanlar qatori 
geografiya ta’limini ishlab chiqarish mehnati bilan yaqinlashtirishga e’tiborini kuchaytirdi. 
Geografiya ta’limida o`z o`lkasini chuqurroq o`rganishga bo`lgan talab oshdi.Ozbekistonda 
geografiya ta’limini takomillashtirishda bir qancha ilmiy maskanlar va oily o`quv yurtlari qatori 
Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutlaridagi geografiya labaratoriyasining xizmatlari katta 
bo`ldi.Bu institute geografiya labaratoriyasida P.Musayev rahbarligidagi metodist geograf olimlar 
maktabda geografiya o`qitishni takomillashtirish bo`yicha qator izlanishlar olib bordi.P.Musayev 
o`sha mustamlaka yillarda ham hadiksiramasdan milliy maktab muammolari bo`yicha g`oyat dadil 
fikrlarini ilgari surdi. 
1960-yildan boshlab geografiya ta’limi metodigasiga oid maxsus qo`llanma va darsliklar nashr 
etildi.O`sha davrda O`zbekistonda geografiya fanini takomillashtirishda A .Obidov, O.Saidrasulov, 
H. Hasanov, N.Daminov, Z. Akramov, O. Mo`minov, M.Nabixonov, I.Mirzaboyev va boshqalarning 
xizmatlari katta bo`ldi.Umum ta’lim maktablari va o`quv yurtlari uchun geografik adabiyotlar, 
darslik va metodik qo`llanmalarni tarjima qilindi. Bunda H. Hasanov, P.Sultonov, M.Qoriyev, P. 
G`ulomov, R. Rahimbekovlar unumli mehnat qildilar. Jumladan: N.F.Kurazovning “Geografiya 
o`qitish 
metodikasi” 
(1962),P.Budanovning”Tabiiy 
geografiya 
metodikasi”(1905), 
A.B.Darinskiyning “Geografiya o`qitish metodikasi”(1964), N.Dalimovning “O`zbekiston tabiiy 
geografiyasi”yangi darslik bo`lib chiqdi.1960-yillardan boshlab O`zbekistonda geografiya ta’limi 
geografiyasining turli yo`nalishlari bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. O.Mo`minov “O`zbek 
maktablarida tbiiy geografiya o`qitish masalalari”(1967), T.Abdullayeva “Tabiiy geografiya 
o`qitishda o`lkashunoslik materiallaridan foydalanish”(1967), M.Nabixonov “SSSR Geografiyasida 
badiiy ko`rsatmali vositalarning roli va qo`llanilishi” (1969)

Yüklə 162,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin