Xorijda geografiya ta’limi. Reja: Xorijiy mamlakatlarda geografiya ta’limining o`ziga xos xususiyatlari



Yüklə 162,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix01.12.2023
ölçüsü162,85 Kb.
#170210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-MAVZU

Fransiya
maktablarida geografiya ta’limini bir muncha yaxshi yo`lga qo`yilgan. Fransiyada 
geografiya dasturi bosqichli maktablarga mo`ljallangan, shunisi qiziqki, Fransiyada sinflar teskari 
hisob bilan yuritiladi.
I bosqich maktab VI V IV III oliy ma’lumot olishga tayyorgarlik faqat litseylarda amalga oshiriladi.
II bosqich, II I va bitiruvchi sinflardan iborat. Germaniya talimida 6-sinfdan boshlanadi,bunda 
umumiy geografiya va Afrika materiki o`rganiladi, 5-sinf da Amerika , Osiyo , Avstraliya 
,Antraktida 4-sinfda Yevropa, 3- sinfda Fransiya geografiyasi o`qitiladi. Litseyda o`qishni davom 
ettirish 1-2 va bitiruvchi sinflarga to`g`ri keladi.
2-sinfda geografiya dasturi 6-5-4-3 sinflarda olgan bilim va ko`nikmalar bilan chuqurlashtiradi. 
Asosiy maqsad o`quvchilarni hujjatlar va birinchi manbalar bilan ishlashga o`rganishdan iborat. 
Litseyning birinchi sinfida Fransiyaga geografiyasi bo`yicha o`quvchilar 2- bosqich maktabda olgan 
bilimlari mustahkamlanadi. Bitiruvchi sinflarda 4ta yirik davlat AQSH, Rossiy,Xitoy, Yaponiya 
geografiyasi o`rganiladi . Fransiya maktablarida tabiiy va iqtisodiy geografiya bilimlari ishida 
ayniqsa, aholi geografiyasiga oid ma’lumotlar atroflicha o`rganiladi.Rivojlanayotgan geografiyasi 
o`rganilganda yevropalarning bu mamlakatlar uchun ko`rsatgan g`amxo`rliklari ko`rsatilgan. 
Masalan: fransuzlar o`z mustamlakalari bilan mustaqillik bergan, ular madaniyati, tabiatni 
yaxshilash, tabiiy boyliklarni o`zlashtirishlarga yangi yo`llar ko`rib berganliklariga o`quvchilar 
e’tiborini alohida qaratadilar.
Fransiya geografiyasi darsliklarning ustun tomoni shundaki, ular muammoli qilib yozilgan bo`lib, 
barcha muammolar “ Inson va tabiat” mazmunidan kelib chiqadigan matnlardan iborat.Fillandiya 


maktablarida ham geografiya ta’limi o`ziga xos xususiyatiga ega bo`lib, geografiya o`qitilishi 
rivojlangan kapitalistik mamlakatlar ichida bir muncha yuqori pag`onada turdi. Mamlakatlarda 
ta’lim 2- bosqichdan iborat. 1-bosqich 9yillik majburiy umumta’lim xalq maktabi. 2-bosqich 
gimnaziyalardan iborat. 1- bosqich maktabda geografiya ta’limi 3-sinfdan boshlanadi va 9- sinfda 
tugaydi. 3-4 sinflarda o`z mamlakatini va qo`shni simoliy davlatlarning tabiati va xo`jaligiha oid 
ma’lumotlar beriladi. 3-sinfda o`lkashunoslik asosida dars o`tish ustun turadi O`zi yashab turgan 
joining kartasi : ob-havo va iqlimi, birgalikda ishlangan relef kartalarini namoyish qiladi 3- sinfdagi 
geografiya 4- sinfda ham davom etadi va o`qish metodlari bo`yicha farq qilmaydi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda keyingi yillarda xalq maorifiga katta e’tibor berilmoqda. 
Masalan: Osiyoning ko`pgina mamlakatlarida 1985- yilgacha xalq ta’limi uchun ajratilgan 
mablag`lar 20 barobardan ortiq o`sdi. Ayniqsa, Malaziya, Saudiya Arabiston, Iordaniya, Singapur, 
Janubiy Koreya, Tailand, Suriya, Hindiston, Pokiston kabi mamlakatlarda xalq maorifi rivojlanishi 
ancha yuqori bo`ldi. Osiyodagi ko`pchilik mamlakatlarda bolalar 5-7 yoshdan boshlab maktabga 
bora boshlaydilar . Bangladesh, Birma, Livan, Pokiston, Shri- Lankada maktabga 3 yoshdan 
boradilar. Osiyodagi ko`pchilik mamlakatlarda majburiy ta’lim 5 yildan 10 yilgacha, o`rta maktabda 
o`qishni davom ettirish esa 4yildan 8yilgacha. 
Geografiya o`quv dasturlari ko`pchilik davlatlarda bir xil bo`lib, mamlakatning tabiiy va 
iqtisodiy geografiyasini o`rganishga bag`ishlangan. Ko`pchilik mamlakatlar mustamlaka bo`lgan 
davrlarida o`z geografiyasiga nisbatan ko`proq mustamlakachi davlat geografiyasini o`rganar edilar. 
Hozirgi kunda ko`pchilik mamlakatlarda mustamlakachilik an’analari o`qitish mazmuni va mrtodlari 
saqlanib qolgan.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, chet el davlatlari geografiya ta’limida 
o`qitishda eng ko`p qo`llaniladigan metodlar quyidagilar hisoblanadi:
Evristik metod-bunda e’tibor o`quvchilarni ko`proq mustaqil bilim olishga , kichik tadqiqotlar 
qilishga o`rgatishdan iborat . Kartinalar, turli xil hujjatlar, vositalar asosida mammoli savollar 
o`quvchilar diqqatiga havola etiladi. Bir- biriga bog`langan savollar asosida evristik suhbatlar 
o`tkazish keng tarqalgan. Ishlab chiqrish jarayonini, ekalogik muammolar, suhbatlar o`tkazish keng 
tarqalgan. Ishlab chiqarish jarayonini, ekologik muammolari turli o`yinlar asosida o`rganish.
Bunda o`quvchilar o`zlarini turli kompaniyalar prezidenti, biznesmenlar o`rniga qo`yib “ 
ish” bajaradilar. Bunday metod ko`proq AQSH, Buyuk Britaniya, Yangi zellandiya, G`arbiy 
Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Tarqatma kartochkalar metodida turli chizma jadvallar, 
kartalar o`quvchilar diqqatiga turlicha xatoliklarga yo`l qo`yilgan o`sha xatoliklarini mustaqil 
topishlari talab qilinadi. Matnlar, ya’ni javoblar to`g`ri- noto`g`ri tarzda aralashtirib berilishi ulardan 
to`g`rilarini raqamlar bilan belgilab ajratish keng tarqalgan metodlardan hisoblanadi. 
Statistik manbalar bilan ishlash, kartografik qo`llanmalardan foydalanish, matematik 
modullashtirish keng tarqalgan o`qitish metodlari hisoblanadi. Ayniqsa diskussiya, rivojlangan 
kapitalistik mamlakatlar geografiya ta’limida keng tarqalgan.

Yüklə 162,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin