Xorijda geografiya ta’limi. Reja: Xorijiy mamlakatlarda geografiya ta’limining o`ziga xos xususiyatlari



Yüklə 162,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix01.12.2023
ölçüsü162,85 Kb.
#170210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-MAVZU

Buyuk Britaniya
maktablarida geografiyadan imtihon biletlarida o`quvchilarga quyidagi mazmundagi savollarga 
javob yozish talab etilgan;
1. G`arbiy Yevropaning transport geografiyasi suv va quruqlik yo`llarining (Buyuk Britaniya, 
Norvegiya, Shvetsariyadan tashqari.) bir-biriga nisbatan ahamiyatini baholang; 
2. Tabiiy geografiya va insonlar faoliyati bilan bog`liq bo`lgan qanday omillar Fransiya va 
Niderlandiya qishloq xo`jaligi geografiyasini o`rganishga yordam beradi.?
3. Shimoliy G`arbiy Yevropaning istalgan 2ta yirik porti geografiyasini qiyoslang? 
4. Daniya iqlimining qaysi xususiyatlari sut chorvachiligining rivojlanishiga yoki 
rivojlanmasligiga sababchi bo`ladi?
AQSH maktablarida o`quvchilar bilimini baholash ham o`ziga xos xususiyatlarga ega. Quyidagi 
savollardan namunalar keltiramiz: 
1. Ko`p variantli savoldan kerakli javobni topish (eng keng tarqalgan metod). Masalan: Angliya 
import qiladigan neftning asosiy qismi quyidagi davlatlarning qaysilaridan keltiriladi? 
A) Venesuela. B) AQSH. S) Yaqin sharq davlatlari. D)Shimoliy dengiz havzasi. E) Jazoir. 
2. Umumlashtirishga oid savollar, masalan: quyidagi shaharlarning ro`parasiga shu shaharga xos 
bo`lgan quyidagi sanoat tarmoqlarini yozing. Ximiya sanoati, to`qimachilik sanoati, ichki port, 
sovun ishlab chiqarish, qand sanoati, neftni qayta ishlash va h. k. 
Liverpul-------------- 
Manchester-----------
Bolton----------------
3. So`zlari tushib qoldirgan tarzdagi savollar; masalan: Hudud yer yuzasining katta qismlari … 
davrda hosil bo`lgan muz qoldiqlari bilan qoplangan va hokazo. 
4. Iqtisodiy hisob- kitob talab qiladigan tarzdagi savollar, masalan: firma egasi ishlab 
chiqarayotgan sanoat maxsulotining 60foizini mamlakat ichida, 40foizini esa chet el firmalariga 


sotishi kerak. Sanoat va Savdo Ministrligi unga maxsulot ishlab chiqarish uchun quyidagi 5ta 
hududdan bittasiga korxona qurishga ruxsat berdi, hamma hududda yer uchastkasining bahosi bir 
xil, korxona qilish uchun quyidagi joylarning qay birini tanlagan ma’qul? 
A) Milfordxeyven 
B) Dondi. 
S) Sautgempton. 
D) Liverpul 
E) Glazgo. 
Deyarli, barcha rivojlanayotgan va rivojlanmagan mamlakatlarda ekologik ma’lumotlar bilan 
o`quvchilarni tanishtirish geografiya dasturlarida yetarlicha o`rni egallagan. Maktablarda geografiya 
bo`yicha yagona dastur yo`q. Har bir o`lka o`z dasturi va darsliklariga ega. Germaniyada turli 
maktablar mavjud. Boshlang`ich asosiy gimnaziya. Birinchi guruh maktab barcha uchun majburiy 
hisoblanadi. O`quvchilar X sinfni tugatganidan keyin, xoxlovchilar yoki gimnaziya, hunar- texnika 
maktablariga, oliy o`quv yurtiga kirishi uchun tayyorgarlik ko`radilar.
Gimnaziya maktablarida dastlabki geografik bilimlar bilan tanishish III-IV sinfdan boshlanadi. 
Chunki bu sinflarda vatanshunoslik fani o`rganiladi. Bundan tashqari geografik bilimlar qisman 
biologiya va tarix fanlari orqali ham beriladi. Germaniya maktablarida geografiya fan sifatida V 
sinfdan boshlab o`rganiladi. Bu sinfda asosan, o`lka geografiyasi o`qitiladi. Vatanga oid bo`lgan 
bilimlar to VIII sinfgacha beriladi. V-VIII sinflarda geografiyaga haftada 2 soat vaqt ajratiladi. Bu 
sinflarda Yevropadan tashqari mamlakatlar geografiyasi o`rganiladi. Topografiya va kortografiya 
asoslari bo`yicha ham bo`limlar beriladi. O`qituvchilar diqqatiga bir necha variantdagi darsliklar 
tavsiya etiladi. Bular quyidagi ko`rinishlarda aks etadi. “Mamlakatlar va xalqlar”, “Yer va inson “,
“Yer bilimi” va hokazo. IX-X sinflarda geografiya mustaqil fan sifatida o`rganilmaydi, desa ham 
bo`ladi. Ayrim yerlardagi qiziquvchi o`quvchilar bilan Yevropa va Germaniya geografiyasi
chuqur o`rganiladi. Keyingi paytlarda geografiya, tarix, sotsiologiya, iqtisod bilimlari birgalikda
birlashgan kurslar orqali o`qitishga e’tibor kuchaymoqda. Gimnaziyada ayrim joylardagina
geografiya qisman mustaqil fan sifatida o`qitiladi. Ba’zi geografik bilimlar birlashgan kurslar
turkumidagi fanlar ham beriladi. Yuqori sinflarda geografiya fanlarida kompleks muammolarini
o`rganishga ko`proq e’tibor beriladi. Masalan: “insoniyatni ko`payishi”, “ocharchilik muammolari”, 
” Sanoat ekonomikasi” kabilar. 
Darslarda o`quvchilariga beriladigan topshiriladigan ham bir muncha murakkab, dasturda 
o`quvchilar bajarishi lozim bo`lgan topshiriqlar tizimi keltirilgan , masalan:

Yüklə 162,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin