1960 yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qo`llanma va darsliklar nashr
etila boshlandi. O`sha davrlarda O`zbekistonda geografiya fanini takomillashtirishda A.Obidov,
O.Saidrasulov, H.Hasanov , N.Daminov va boshqalarning xizmatlari katta bo`ldi. Umumta’lim
maktablari va oliy o`quv yurtlari uchun geografik adabiyotlar, darsliklar va metodik qo`llanmalarni
tarjima qilish keng tus oldi.
Umumta’lim maktablarni takomillashtirish va rivojlantirishda
maktabni isloh qilishga
tayyorgarlik ishlari ko`rib chiqildi. Isloh geografiya ta’limi mazmuniga ham ta’sir qilmasdan
qolmadi. Maktab geografiya kurslari tarkibida ham ba’zi o`zgarishlar paydo bo`ldi. Ta’limning 12
yillik tizimiga o`tish bilan geografiyani o`qitishda ham mehnat ta’limi kasb hunar yo`nalishiga
e’tibor kuchaytirildi.
Sobiq SSSR tugatilishi arafasida maktabni qayta isloh qilish uchun kurashlar va harakatlar
bo`ldi. Lekin ular o`zini oqlamadi. O`zbekistonning mustaqillikka erishishi geografiya ta’limida tub
o`zgarishlarga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: