IV bosqich 1967-1990 yillar. Bu davrda ta’lim sohasida turli o`zgarishlar sodir bo`ldi. O`quv
ko`rgazmali qo`llanmalar chop qilindi. Ta’limni isloh qilish borasida bir qator tadbir va o`zgarishlar
amalga oshirildi. Muayyan darsliklar tizimi va yangi o`quv kartalari paydo bo`ldi. O`lkashunoslikka
e’tibor birmuncha pasaydi. Ammo O`zbekiston geografiyasini o`rganish bo`yicha soatlar hajmi
20%dan oshmaydi.
Oktabr to`ntarishidan keyin Sovet maktabini isloh qilishdan boshlandi. Darslar maxsus qarorlar
asosida 9 yillik yagona mehnat maktablari tashkil etildi. Bu maktab II bosqichdan iborat. I bosqich
1-5 sinflar, II bosqich 6-9 sinflardan iborat. Bunday maktabda geografiya ta’limi maqsad va mazmun
jihatdan o`zgardi.
1928-1922 yillarda geografiyadan na’munaviy dasturlar paydo bo`ldi. Bunda ayrim
landshaftlarning xususiyatlarini o`rganishga ko`proq e’tibor berildi. O`sha davrlar
“landshaft dasturlari” bilan mashhurdir. Masalan,
“ovchilar landshafti” ,
“ko`chmanchilar landshafti” va
h.k.
Landshaft dasturlari o`zini oqlamadi. 1921 yilda geograf D.N.Anuchin rahbarligida umumdavlat
ahamiyatiga ega bo`lgan geografiya dasturi loyihasi ishlab chiqildi. Ungacha ayrim hududlar, hatto,
ayrim maktablar xuddi landshaftlar dasturiga o`xshash bo`lgan dasturlarni o`zlari tuzar edilar.
Anuchin dasturi Oktyabr to`ntarishiga qadar bo`lgan geografiya ta’limini eng yaxshi tomonlarini
qisman bo`lsa ham o`ziga aks ettirgan bo`lib, unda geografiyani o`qitish sinflar bo`yicha
taqsimlangan edi.
Anuchin dasturiga muvofiq 3- sinfda o`z qishlog`i, shahari, guberniyasi o`rganilar edi. Bu turni
mamlakatshunoslik deb ataydi. O`quvchilar geografik nomlar, tushunchalar geografiyasiga oid
rasmlar bilan tanishtirilar edi. 4-sinfda mamlakatlar turli mintaqalarning tabiati , insonlar hayotini
aks ettiruvchi rasmlar namoyish qilindi.
5-sinfda mamlakatshunoslikka oid bo`lgan ma’lumotlar va “qit’alar geografiyasi” o`rganilar edi.
6-8 sinflarda Rossiya geografiyasi, 8-sinfda iqtisodiy geografiya, 9-sinfda astronomiya va
astrologiya o`rganilar edi. Mazkur dastur o`quvchilarning geografiyaga oid bilimlarini oshirishga
katta rol o`ynaydi. Unda geografiyaga ajratilgan soatlar miqdori ancha ko`p edi. 1924 yildan 1930
yillarda maktab geografiya ta’limi uchun og`ir yillar bo`ldi. 1924 yildan boshlab maktab
geografiyasi yangicha dasturlar asosida ishlashga o`tdi. Ammo bu darsliklar bo`yicha, geografiya
bo`yicha alohida predmetlar yo`q edi. Unda geografiyadan uzuq-yuluq bilim berilar edi. 1-4
sinflarda alohida geografiya kurslari o`rnini kompleks mavzular egalladi. Bu mavzular mazmuniga
qisqacha geografik savolda mahalliy tabiat va xo`jalik bilimlari berilar edi. 4-sinfda Rossiya
geografiyasi va boshqa fanlar geografiyasi o`rgatilar edi. Masalan: 1-sinfda yil fasllari, 2-sinfda
mahalliy tabiat va xo`jalik bilimlari edi. 4-sinfda Rossiya geografiyasi va boshqa fanlar geografiyasi
o`rgatilar edi.
II bosqich sinflarda geografiya, biologiya, tarix, jamiyatshunoslik fanlari tarkibiga singib
ketgan edi. Tabiiy geografiya va mamlakatshunoslik haqida bilimlar nochor ahvolga tushib qolgan
edi. Xullas, kompleks dasturlarning qabul qilinishi geografiyani mustaqil fan sifatida barham
topishiga olib keldi. Faqat 1927-yilda avval 1-bosqich maktablarida , keyinroq II- bosqich sinflarida
geografiya fan sifatida qayta tiklandi. O`zbekistonda 1920-1930 yillar oralig`ida geografiya
darsliklari rus tilidan o`zbek tiliga tarjima qilindi. G.N.Ivanovning “boshlang`ich jo`g`rofiya”
darsligi geografiya darsliklarining to`ng`ichi edi. Bu darslik 1927 yilda N.L.Korjenevskiy yordamida
P.Arxengelskiy tomonidan o`zgartirib nashr qilindi.G.N.Ivanov , G.G.Ivanovlarning Baxtiyorov va
Makarov bilan hamkorlikda birmuncha o`zgartirib nashr qilingan