Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Buxgalteriyaning tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

5.6. Buxgalteriyaning tashkiliy tuzilmasi 
Buxgalteriya korxonani zarur va mustaqil tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uni bosh buxgaltyer 
boshqaradi. Buxgalteriya apparatining tuzilishi korxonaning boshqaruv tuzilmasi, ishlab chiqarish 
texnologiyasi, hisob ishlarining hajmi va texnik vositalar mavjudligiga bog‘liq. Shu munosabat bilan 
hozirgi vaqtda buxgalteriya tuzilmasini tashkil etishning asosiy 3 ta tipi shakllangan (4.6-rasm). 
Buxgalteriya chiziqli tashkil etilganda barcha buxgalteriya xodimlari bevosita bosh 
buxgaltyerga bo‘ysunadi. Bundan buxgalteriya apparati tuzilmasi xodimlar soni 7-9 kishidan iborat 
bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan korxonalarda qo‘llaniladi.
 
5.6-rasm. Buxgalteriyaning tashkiliy tuzilmasi 
 
 
 
 
 
Buxgalteriya bajariladigan hisob ishlarining funksional belgisi bo‘yicha tashkil etilganida 
bo‘limlar (guruhlar) tuziladi. Masalan, mehnat haqi hisoblash bo‘limi; moddiy bo‘lim, nafaqa bo‘limi 
kabilar bo‘lib, ularga katta buxgaltyer boshchilik qiladi. 
Bu holda bosh buxgaltyerning farmoyishlari tegishli bo‘lim (guruh)larning katta 
buxgaltyerlariga etkazilib, ular aniq bajaruvchini tayinlaydi va nazorat qiladi. Buxgalteriyaning 
bunday tuzilmasi ko‘plab o‘rta va ayrim yirik korxonalarda qo‘llaniladi. Bajariladigan hisob 
ishlarining funksional belgisi bo‘yicha tashkil etilgan buxgalteriyaning taxminiy tuzilmasi 4.7-
rasmda keltirilgan. 
Sanab o‘tilganlardan tashqari agrofirmalarda odatda, idishlarni hisobga olish, asosiy vositalar 
hisobi, hisob-kitob guruhlari bo‘linib, ularda debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar, yig‘ma-
analitik guruh va boshqalar yuritiladi. 
Buxgalteriya korxonaning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha tashkil etilganida har bir tarkibiy 
bo‘linmada (bo‘linma, bo‘lim, yordamchi xo‘jalik va ishlab chiqarishlar va h.k.) buxgalteriya tashkil 
etiladi. Bu holda, bunday buxgalteriyaga katta buxgaltyerlar tayinlanib, ular o‘z bo‘linmasida hisobni 
tashkil etish bilan mustaqil shug‘ullanadilar. Buxgalteriya apparatini tashkil etishning bunday shakli 
juda katta korxonalarda va ishlab chiqarish birlashmalarida qo‘llaniladi.

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin