Absolyut shkalalar,
bularda:
ekvivalentlik munosabati qoʻllaniladi;
qatorlar munosabati (masalan, “katta-
kichik”) qoʻllaniladi;
proporsionallik munosabati qoʻllaniladi;
bir
qiymatli, tabiiy nol kriteriyasi
mavjud;
oʻlchash birligi tushunchasi mavjud.
Misol:
1. Kuchaytirish
va
kuchsizlantirish
koeffisiyentlari.
2. Tebranma tizimning aslligi (dobrotnost).
3. Foydali ish koeffisiyenti, aks ettirish
koeffisiyenti, amplituda modulyasiya koeffisiyenti
va boshqalar.
8-rasm. Absolyut
shkalaga misol:
haroratning Kelvin
shkalasi.
8-rasmda asosiy shkalalarning ierarxik strukturasi tasvirlangan.
8-rasm. Asosiy shkalalarning ierarxik strukturasi.
9-rasmda keltirilgan misol orqali shkalalar haqida aniqroq tasavvurga ega
boʻlish mumkin.
5. Xalqaro temperatura shkalasi
1990 yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90), 1989 yilda, 18 - OʻTXK
talabiga binoan, 1968 va 1948 – yillarda qabul qilingan Xalqaro Amaliy Harorat
Shkalasi (XAHSh - 68, XASh - 48), hamda, 1927 yildagi Xalqaro Harorat Shkalasi
(XHSh - 27) larning oʻrnini bosuvchi shkala sifatida, Oʻlchov va Tarozilar Xalqaro
Qoʻmitasi tomonidan joriy qilingan edi. Ushbu XHSh-90 ham, avvalgilariga
oʻxshaydi, lekin unda,
tayanch nuqtalar uchun, yanada aniqroq qiymatlar
belgilanganligi, hamda, keng diapazonlarda qoʻllash imkoniyati va termodinamik
shkalaga yana ham yaqinroq ekanligiga koʻra, ancha takomillashgandir. Bu shkalada
ham, termodinamik
harorat T ning birligi
Kelvin
(K)
boʻlib, u suvning uchlanma
nuqtasining termodinamik haroratining 1/273,16 qismi sifatida qabul qilingan. Bu
harorat, mazkur shkala uchun yagona tayanch nuqtasi hisoblanadi va u,
termometrlarni XHSh - 90 ga koʻra sozlashda asosiy oʻrin tutadi.
Selsiy shkalasidagi harorat oʻlchov birligi –
Selsiy
gradusining °C ning
qiymati bilan, kelvin gradusi K ning qiymatiga teng.
Haroratlar farqi, Kelvin
gradusida ham, yoki, selsiy gradusida ham ifodalanishi mumkin. Muzning erish
harorati, XHSh-90 da ham, XAHSh-68 dagi kabi, 0 °C (273.15 K) etib belgilangan,
lekin, suvning qaynash harorati, XHSh-90 da 99.975 °C (±0.005 °C noaniqlik bilan)
tarzida belgilangan, XAHSh-68 da esa, bu qiymat 100.00 °C ga teng edi. Kiritilgan
oʻzgartirishlar, gaz termometriyasi yordamida qayd qilingan oʻta aniq oʻlchash
natijalariga koʻra amalga oshirilgan boʻlib, bunda asosiy e’tibor, yutilish effektining
ahamiyatiga asoslangan edi (muayyan
haroratda, sferik idish devorlariga yutilgan
gazdagi turli aralashmalar, nisbatan yuqori haroratlarda qayta ajralib chiqib, gazning
umumiy bosimining ortishiga sabab boʻladi).
XHSh-90, monoxromatik nurlanish uchun Plank qonuniga koʻra amaliy
oʻlchash mumkin boʻlgan haroratni 0,65 K ga orttirib qoʻyadi. U muayyan aniq qayd
etilgan va tajribada oson qayta hosil qilinadigan harorat nuqtalariga asoslagan boʻlib,
koʻplab harorat diapazonlari uchun, hisob boshi va tayanch nuqtasi sifatida xizmat
qiladi.
XHSh-90 harorat shkalasi toʻrtta diapazonga taqsimlangan. 0,65 K dan 5 K
gacha boʻlgan harorat diapazoni,
3
He va
4
He ning bosim-harorat bogʻliqligiga asosan
aniqlangan. 3 K dan 24,5561 K gacha boʻlgan
harorat diapazoni esa, Neonning
uchlanma nuqtasiga asoslangan holda ishlaydigan, oʻta aniq sozlangan Geliyli gaz
termometri yordamida hosil qilingan. 13,8033 K (vodorodning uchlanma nuqtasi)
dan, 1234.93 K (kumushning qotish harorati) gacha boʻlgan diapazon,
muayyan
nuqtalardagi aniq qayd qilingan harorat qiymatlariga tayangan holda, oʻta aniq
sozlangan platinali qarshilik termometrlarida aniqlangan. 12343,93 K dan yuqori
harorat diapazonlari, Plank nurlanish qonuni nuqtai nazaridan, hamda unga muvofiq
keluvchi usul, oltinning qotish harorati 1337,33 K kabi, muayyan aniq belgilangan
harorat qiymatiga koʻra aniqlangan.
Biz shunga alohida urgʻu beramizki, 1 K va 1 °C daraja qiymatlari (ya’ni
shkaladagi boʻlinmalari) oʻzaro teng.
Shu tufayli ham, biz haroratlar farqi ∆T
boʻyicha ish koʻrayotganimizda, harorat intervallari har ikkala shkalada aynan bir
xil boʻladi. Moddaning haroratining 10°C ga ortishi, bu aynan, 10 K ga ortishi ham
demakdir. Ya’ni,
∆
𝑇
(
𝐾
) = ∆
𝑇
(°
𝐶
)
Ba’zi termodinamik ifodalarda, harorat T tarzida keltiriladi va uning °C da,
yoki K da ekanligi haqidagi savol ochiq qoldiriladi. Agar soʻz haroratlar farqi (
𝑎
=
𝑏
∆
𝑇
kabi ) haqida borayotgan boʻlsa, ulardan istalganidan foydalanish mumkin.
Lekin, agar ifodalarda, haroratlar farqidan boshqacha boʻlgan (
𝑎
=
𝑏𝑇
kabi) harorat
nazarda tutilgan boʻlsa, unda, K qoʻllanilishi lozim. Agar ifoda uchun birlik
tanlashda ikkilanishlar paydo boʻlsa, doimo K ni tanlagan ma’qul, chunki,
termodinamik ifodalar uchun K ni qoʻllash oʻrinsiz yoki, xato boʻladigan holatning
oʻzi yoʻq, lekin, agar °C dan foydalanilsa, natijaning
xatolikka uchrashi ehtimoli
yuqori boʻlgan termodinamik ifodalar bisyor.