2.3. Alifbe va yozuv darslarining о„zaro bog„liqligi. Yozuv darslarida
dam olish daqiqalari.
. Dars ta‘limning asosiy shakli hisoblanadi. Analitik-sintetik tovush metodi
asosida olib boriladigan savod o‗rgatish darslari xilma-xil bo‗lishi, o‗quvchilarni
zeriktirmasligi va charchatib qo‗ymasligi kerak.
Savod o‗rgatish davridagi o‗qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari
uchun umumiy bo‗lgan asosiy talablar mavjud:
1. Umumdidaktik talablar:
12
a) har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bo‗lib, unda bironta axloqiy sifat
o‗stirilishi lozim;
b) darsning ta‘limiy maqsadi, ya‘ni o‗quvchilar darsda qanday yangilikni
bilishi, nimani o‗rganishi, qanday ko‗nikma va malakalar o‗stirilishi,
o‗quvchilarning mustaqil fikrlashi va faolligining qanday bo‗lishi aniq belgilab
olinishi kerak;
v) darsning izchilligi va istiqboli, uning oldingi va keyingi darslar bilan
bog‗liqligi aniq belgilab olinishi zarur;
g) o‗tiladigan materialning xarakteri va ta‘lim maqsadidan kelib chiqib dars
uchun xilma-xil va qiziqarli metodik usullar va vositalar tanlanishi lozim;
d) dars davomida o‗quvchilarga differensial va individual yondashish, ishni
barcha o‗quvchilarning imkoniyati, bilimi, ko‗nikma va malakasi hamda fikrlash
faoliyatini hisobga olgan holda uyushtirish kerak;
ye) o‗quvchilarni aqliy mehnat (o‗qish) usullariga o‗rgatish, ularda maktabda
o‗qish uchun kerakli ko‗nikmalarni hosil qilish zarur;
yo) beriladigan material ilmiy, o‗quvchilar yoshiga mos va muvofiq bo‗lsin
va hok.
2. Maxsus metodik talablar:
a) o‗quvchilar nutqi uchun qayg‗urish, darsda adabiy til nuqtai nazaridan
to‗g‗ri, ifodali, obrazli, aniq nutqqa erishish lozim;
b) o‗qish darsida ham, yozuv darsida ham o‗quvchilar nutqini o‗stirishga,
lug‗atini boyitishga, gap tuzish va uni tahlil qilishga, og‗zaki hqikoyalash va shu
kabi ish turlariga alohida ahamiyat qaratish kerak;
v) maktab va sinf devorlariga osilgan, xattaxtaga yozilgan har qanday yozuv
mazmunan va imlo jihatdan savodli bo‗lishi zarur;
g) darsda nutq madaniyati hukmron bo‗lishi, o‗qituvchi va o‗quvchilar adabiy
tilda so‗zlashishlari kerak;
d) o‗qish va yozuv ko‗nikma-malakalarini shakllantirish mashqlari darsda
yetakchi o‗rinni egallab, taxminan, darsning uchdan ikki qismiga to‗g‗ri kelishi
lozim;
ye) har bir o‗qish va yozuv darsida ―Alifbe‖dagi matnlar bilan bir qatorda Q.
Muhammadiy, P. Mo‗min, Z. Diyor, A. Obidjon kabi sevimli bolalar shoiri va
yozuvchilari asarlaridan namunalar tanlab olinishi va sinfda o‗qish sinfdan tashqari
o‗qish hamda o‗qib berilgan matnni eshitish bilan bog‗lanishi zarur.
yo) o‗qish va yozuv darslari bir-biri bilan uzviy bog‗lanishi, ya‘ni o‗qish darsi
o‗quvchilarni yozuv darsiga tayyorlashi, yozuv darsi oldingi o‗qish darsining
davomi sifatida xizmat qilishi kerak va hok.
O‗qish va yozuv darslarining turlari. Savod o‗rgatish jarayonidagi darslar
quyidagi belgilariga ko‗ra farqlanadi:
13
1. Ta‘limning predmetiga ko‗ra:
a) ―Alifbe‖ darsligi asosidagi o‗qish darslari;
b) ―Yozuv daftari‖ asosidagi yozuv darslari.
2. Ta‘limning davri va bosqichlariga ko‗ra:
a) alifbogacha bo‗lgan davrdagi darslar;
b) alifboni o‗rganish jarayonidagi darslar.
3. Darsda yangi mavzu o‗tilishi va o‗tilmasligiga ko‗ra:
a) yangi tovush-harf o‗rganiladigan o‗qish darslari;
b) yangi harfni yozish darslari;
v) yangi tovush-harf o‗rganilmaydigan darslar.
Bulardan tashqari, umumlashtiruvchi va takrorlash darslari hamda savod
o‗rgatish davrining oxirida ―Alifbe‖ bayrami o‗tkaziladi.
Savod o‗rgatish davrida o‗quvchilar bilimi dars jarayonida barcha ishlarga
bog‗lab aniqlanadi, bog‗lanishli nutqni o‗stirish ham o‗qish va yozuv darslariga
uzviy bog‗lanib ketadi. O‗quvchilarning sinfdan tashqari o‗qishlariga rahbarlik
qilishlariga xaftada bir marta 20 daqiqa ajratiladi.
Savod o‗rgatish darslarida ish turlarini almashtirib turish, vaqti-vaqti bilan
dam olish daqiqalari o‗tkazish zarur. Bu o‗quvchilar toliqishining oldini oladi.
Darslar tizimi deyilganda o‗quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy
jihatdan rejali taqsimlangan, darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri
bog‗langan, dars turlari va unda o‗qituvchi bilan o‗quvchilar foydalanadigan asosiy
metodik vositalar xilma-xil bo‗lgan izchillik nazarda tutiladi.
Savod o‗rgatish davri uchun darslar tizimi o‗quv jarayoni bosqichlari asosida
o‗qish va yozuv darslari muayyan guruhini ajratishni ko‗zda tutadi. Amaldagi
―Alifbe‖ darsligi va ularga yozilgan qo‗llanmalarga asosan, savod o‗rgatishga jami
4 oy (shundan tayyorgarlik davriga 8 dars (ikki hafta), asosiy davrga qolgan vaqt)
ajratiladi. Ta‘limning har bir bosqichidagi darsning o‗ziga xos xususiyatlari
mavjud. Darslar qurilishida ichki mantiqiylik bo‗lib, har bir darsda yangi tovush va
harf o‗rganiladigan dars bilan yangi mavzu o‗rganilmaydigan darsni
navbatlashtirish, imlo va so‗zning bo‗g‗in tuzilishi haqida ma‘lumot berish,
o‗quvchilar nutqi va tafakkurini o‗stirish kabi talablarga rioya qilinadi. Darslar
umumlashtirish-takrorlash darsi bilan yakunlanadi.
Savod o‗rgatish davridagi darslarda ham interfaol usullar qo‗llaniladigan
darslardan foydalanish katta ahamiyatga ega.
―Alifbe‖ darsligi qurilishining ilmiy-pedagogik tamoyillari.
―Alifbe‖ birinchi o‗quv kitobi bo‗lib, uni ishlab chiqishda didaktikaning
umumiy mezonlariga hamda ―Alifbe‖ darsligi tuzilishining xususiy mezonlariga
asoslaniladi:
- g‗oyaviylik;
14
- bayonning ilmiyligi, tushunarliligi;
- ko‗rsatmalilik;
- onglilik;
- o‗quv materialining hayot bilan bevosita aloqadorligi;
- bolalar yoshi va dunyoqarashi, o‗ziga xos ruhiy xususiyatlarining hisobga
olinishi
1
.
―Alifbe‖ darsligi, asosan, quyidagi ilmiy-pedagogik tamoyillar asosida
tuziladi:
1. ―Alifbe‖ materiali bolalarda ongli, to‗g‗ri, ravon o‗qish va to‗g‗ri yozish
malakalarini hosil qilishga yordam berishi kerak.
2. O‗qish uchun berilgan matnlar, rasmlar bolalar saviyasiga mos bo‗lishi, shu
bilan birga, ularning tafakkuri va nutqini o‗stirishi lozim.
3. ―Alifbe‖ tuzilishida tovush-harflarning tez va ko‗p ishlatilishi tamoyilidan
foydalanish kerak.
4. ―Alifbe‖dagi harflarni joylashtirishga va ular qatnashgan so‗zlarni
tanlashga alohida e‘tibor qaratish lozim.
5. ―Alifbe‖dagi materiallarning hajmi savod o‗rgatishga ajratilgan vaqtga mos
bo‗lishi zarur.
6. ―Alifbe‖ning harfi, terilishi, qog‗ozi, rasmlarining bo‗yoqlari gigienik
talablarga javob berishi lozim.
7. ―Alifbe‖ning tashqi ko‗rinishi chiroyli, bolalar diqqatini o‗ziga tortadigan
bo‗lishi kerak va hokazo.
―Alifbe‖ga qo‗yilgan barcha talab va tamoyillarni faqat ―Alifbe‖ darsligini
tuzuvchilar emas, balki u bilan ishlaydigan o‗qituvchilar ham bilishi zarur.
O‗qituvchi, avvalo, ―Alifbe‖ning mazmunini, tuzilishini yaxshi bilib olib, undagi
materialdan pedagogik jarayonni tashkil etish (alohida bir dars rejasini tuzish,
darslar tizimini belgilash, alifbe materialiga qo‗shimcha material tanlash, ba‘zi
materiallarni qayta ko‗rib chiqish)da foydalanadi. Shundagina o‗qituvchi kitobga
ijodiy yondashib, undan metodika talablari va o‗zining pedagogik tajribasidan
kelib chiqib foydalangan bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |