Kafedrasi malaka oshirish


Harf elementlarini yozishni о„rgatishda fanlararo bog„liqlik va



Yüklə 417,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/11
tarix01.12.2023
ölçüsü417,46 Kb.
#170700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ona-tili-fanini-oqitish-metodikasi

2.4. Harf elementlarini yozishni о„rgatishda fanlararo bog„liqlik va 
estetik tarbiyaning uyg„unligi. 
Chiroyli yozuv imlo bilan chambarchas bogliq. O‗quvchining imloviy 
savodxonligi haqida g‗amxo‗rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to‗g‗ri ifodalash, 
kishilar bilan o‗zaro xatosiz muomala uchun g‗amxo‗rlik demakdir. Shu sababli 
ham savod o‗rgatish davrida bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga 
1
R. Safarova va boshq. Savod о‗rgatish darslari (Alifbeni о‗qitish bо‗yicha metodik qо‗llanma). - T.: 
Ma‘naviyat, 2003. 3-bet. 


15 
imloga oid malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi.Malumki, savod 
o‗rgatish davrida o‗quvchi gapni bosh harf bilan yozish, so‗zning satrga sig‗may 
qolgan qismini keyingi qatorga ko‗chirish, kishilar ismi, sharifi, hayvonlarga 
qo‗yilgan nomlarda bosh harf ishlatilishini amaliy tarzda o‗rganadi.Chiroyli yozuv 
darslarida so‗zlar, gaplar, matnlar yozish, ularning imlosini tekshirishi orfografik 
ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, imlo qoidalarini puxta egallashlariga 
zamin yaratadi. 
Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi. Husnixat darslarida 
savodli yozuv grafik malakalar bilan shakllantirilishi asosiy vazifa hisoblanadi. 
Har bir harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon bolishini ta‘minlaydi. 
Buhing uchun harflarning shaklini to‗g‗ri yozish, ularni to‗g‗ri ulashning ahamiyati 
kattadir. Harflami bosmasdan bir tekisda yozish, elementlarni ajratmasdan boglash, 
so‗zlarni qatorda to‗g‗ri joylashtirish, yozuv vaqtining belgilab olinishi, tahlil 
ishlarining (bo‗gln-tovush, tovush-harf, imloviy tahlil), ya‘ni fonetik-grafik 
tahlilning amalga oshirilishi muhim sanaladi. 
Husnixat darslarida o‗quvchilar quyidagi talablarga amal qilishlari lozim.
1. Husnixatning gigienik talablariga rioya qilishlari, harflarni garfik jihatdan 
to‗g‗ri shakllantirishlari, ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi. 1-sinfda 
xat-savod o‗rgatish davrida bolalar yozuvga bevosita yozuv daftarlaridagi 
materiallar asosida o‗rgatiladi. 
2.Grafik me‘yorlarga amal qilish. 
Bunda harflar elementining qiyaligiga, harflar bo‗yining tengligiga, harflar 
va so‗zlar orasidagi oraliq masofalarning teng bo‗lishiga e‘tibor berilishi kerak. 
3.Harflar qiyaligini to‗g‗ri saqlash. Bolalaming yozuvlari har xil qiyalikda 
bolishi mumkin. agar harflarning asosiy elementlari daftar chizig‗iga nisbatan tik 
holatda bo‗lsa, yozuv holati ham tik bo‗ladi. Harf elementlari o‗ng tomonga qiya 
bolib, o‗tmas burchak hosil qilishi ham mumkin. biz o‗quvchilarni o‗ng tomonga 
qiya qilib (65°) yozishga odatlantirishimiz lozim. 
O‗ng qol bilan yozadigan kishilar uchun yozuvning qiyaligi o‗ng tomonga 
moslashtirilishi faqat harflarning shaklini chiroyli qilish uchun emas, yozuvning 
qulayligi uchun ham mos keladi. Yozuvning qiyaligini to‗g‗ri saqlash, qo‗l va 
barmoqlarni ortiqcha zo‗riqtirmaydi. 
Yozuvning o‗ng tomonga qiyaligini saqlash tirsaklarni bir tomonga erkin 
yuritish uchun qulay bo‗lib, parta ustidagi daftarning turish holatiga bogliqdir. 
Yozayotganda daftarning holati bir tomonga qiya bo‗lishi o‗z-o‗zidan 
yozuvning qiyaligini ta‘minlaydi. 
Yozuvning qiyaligini saqlashda daftardagi siyrak qiya chiziqlar ham katta 
yordam beradi. Bunday mashq qilishda daftarning holati o‗zgarsa ham, yozuvning 


16 
qiyaligi o‗zgarmasligi mumkin. shuning uchun qiya chiziqli daftarlardan faqat 
dastlabki paytlarda foydalaniladi. 
Qiya yozishga o‗rgatishning o‗ziga xos usullari mavjud. O‗quvchilarga 
dastlab eng sodda shakldagi kichik tayoqchalarni yozdirib mashq qildirish 
vaqtidayoq tik va qiya tayoqchalaming farqini o‗rgatish zarur. 
Buning uchun o‗qituvchi doskada ikki xil shaklda (qiya va tik) tayoqchalar 
shaklini yonma-yon yozib ko‗rsatadi, ularning farqlarini tahlil qilib beradi. Bunday 
mashqlar xotirada uzoq vaqt saqlanib, xatolarning oldi olinadi. 
Shuningdek, yozuv qiyaligining togri bolishi uchun daftaming qiya olatini 
ham hisobga olish lozim ekanligi tushuntiriladi va ko‗rsatiladi. Daftarning parta 
ustida noto‗g‗ri turishi gigenik qoidalarning buzilishiga ham sabab boladi, chunki 
o‗quvchi yozuvning qiyaligini saqlash uchun gavdasini daftaming notogri holatga 
moslaydi. 
4.Daftarni partada yozish talablari asosida tutish. 
Daftarning pastki chap burchagi ko‗krak o‗rtasiga to‗g‗ri bo‗lishi yoki 
daftaming qiya chizig‗i (agar qiya chiziqli daftar bolsa) partaning chetiga tik 
bo‗lishi kerak. 
Daftar beti satrlarga to‗lib borgan sari yuqoriga surilib boradi. Chap qo‗l 
bilan esa daftarning yuqori tomoni bosib turiladi. Buning uchun sinf partasining 
ustiga ikki o‗quvchining har biri uchun alohida ingichka qiya chiziq tekshiruv 
chizigl sifatida chizib qo‗yiladi. Bu chiziqning pastki uchi o‗quvchilarning chap 
ko‗kraklari o‗rtasiga to‗g‗ri bo‗lib, partaning old qirrasiga nisbatan 65° qiya boladi. 
Agar daftarning chap beti tolsa, daftarning buklanadigan joyi tekshiruv 
chiziqqa to‗g‗irlab olinadi va o‗ng betiga yozishga o‗tiladi. 
O‗quvchilarda harflarni qiya yozishga o‗rgatish malakasini oshirish ancha 
murakkab jarayon bo‗lib, o‗qituvchidan chidam, sabr-toqat, kuch talab qiladi. 
Muntazam ravishda turli mashqlar olib borish, o‗quvchilar harakatini qunt bilan 
kuzatib borish natijasida ko‗zlangan maqsadga erishiladi. 
O‗qituvchi tomonidan berilgan ko‗rsatmalarga qaramay, ayrim o‗quvchilar 
harflar qiyaligini to‗g‗ri belgilay olmaydi, kamchiliklarga yo‗l qo‗yadi. Buning 
uchun kamchiliklarni tuzatish maqsadida grafik mashqlar berilishi kerak. 
O‗quvchilarga dastavval daftar satriga birnechta harf yozdirib, ular orasiga qiya 
chiziqlar qo‗yiladi va harflar shu chiziqlarga taqqoslash orqali xatolarni 
tushuntiriladi, tuzatishga kirishiladi. 
1.
Harflarni bir tekis bosimsiz yozish. Harflarni bir tekisda yozish ham chiroyli 
yozuv malakalarini shakllanishida asosiy o‗rin tutadi. 
Ruchkani barmoqlar orasida qattiq siqmasdan erkin va bo‗sh ushlash 
harflarni tekis yozishga imkon yaratadi. 


17 
Bosimsiz yozish harflarning umumiy ko‗rinishi bir tekis va chiroyli bolishi, 
tez yozish malakasining shakllanishi va boglab yozishni to‗g‗ri amalga oshirishda 
engillik tug‗diradi. 
O‗qituvchi doskada harflarni bo‗r bilan yozib ko‗rsatadi. Bunda o‗qituvchi 
ham bo‗rni qattiq ushlamay, bosimsiz bir tekis yozishi lozim. 
O‗quvchilarga bosim bilan yozilgan matnlarni ko‗chirtirmaslik kerak. 
Bosimsiz, bir tekis yozishga darsning dastlabki kunlaridanoq odatlantirib 
borish kutilgan samara beradi, o‗quvchining qolini toliqtirmaydi. 
6.Harflarning tutashtirilishini to‗g‗ri ifodalash. Husnixat darslarida 
harflarning shakllarini yozib tugatganlaridan keyin o‗qituvchining navbatdagi 
vazifasi harflarni bir-biriga ulab, qo‗shib yozishga o‗rgatishdan iborat. 
7.Harflarni elementlarga ajratmay, bog‗lab yozish. Harflarni qo‗shib 
yozilishini ta‘minlash uchun ayrim chiziqlar o‗z harakati bo‗yicha orqaga qaytadi. 
Bunday harakatlar chiziq doira shaklidagi harflarda ko‗proq kuzatiladi. 
 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
 
1. Husnixatga o‗rgatishda qaysi tamoyillarga amal qilinadi? 
2. Chiroyli yozuv imlo bilan qanday aloqadorlikka ega? 
3. Husnixatga o‗rgatishda genetik tamoyilining ahamiyatini tushuntiring. 
5. Husnixatga o‗rgatishda qanday ko‗rgazmalardan foydalaniladi? 
6. 1-4-sinf o‗quvchilarini husnixatga o‗rgatishda ularning qaysi holatlari 
hisobga olinadi? 

Yüklə 417,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin