3.
Konstitutsiya komissiyasi’ tayyorlanayotgan «Respublika
Konstitutsiyasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi
Qonunning qoidalariga amal qilinsin.
Shu tariqa qonun tarzida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan
0 ‘zbekiston mustaqilligi barchaning dilini quvonchlarga to‘ldirdi.
Toshkentdagi Podyomnik ishlab chiqarish birlashmasining ishchisi,
21-saylov okrugidan 0 ‘zbekiston xalq deputati Botir Qosimov sessi-
ya yakunida so‘zga chiqib, shunday dedi:
«Yashirmayman, mustaqillik haqida gap-so‘z ko‘p edi-ku, lekin
ishning amaliy qismiga kelganda siljish yo‘q edi. Nihoyat respubli-
kamiz Oliy davlat hokimiyati juda muhim qonun, davlat mustaqilligi
to‘g‘risidagi hujjatni qabul qildi. Endi mana shu har birimizga qu-
vonch va iftixor tuyg‘ularini olib kelgan qaromi amalda quwatlashi-
miz zarur».
Shu tariqa xalqimizning uzoq yillar kurashib, intilib qo‘lga kirit-
gan mustaqillik erki qonun bilan mustahkamlab qo‘yildi.
Dostları ilə paylaş: