TVrtinchidan,
viloyatlaming kelajak taraqqiyoti ana shu hu-
dudlardagi oliy ta’lim markazlari bilan bevosita bog‘liq. Viloyatlarda
ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun yangi sohalami egal-
lash, yangi ixtisosliklami tashkil etish, zarur kadrlami shu joylarda
tayyorlash imkoniyati tug‘ildi.
Oldindan markazda o ‘qigan kadrlami viloyatga yuborish masa-
lasi ancha-muncha muammo edi. Viloyatlarda universitetlar tashkil
etilishi bilan bu muammoning ham yechimi topildi.
Beshinchidan,
viloyatlardagi universitetlar vositasida dunyo-
ning eng ilg'or, mashhur o ‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilish im-
koniyatlari paydo boidi. Bu esa o ‘z navbatida dunyo tajribasini ha-
yotga tezroq olib kirish, fan va texnikani yangi o‘zanga burish, shu
asosda mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish imkonini berdi.
Mamlakat shaharlarida oliy universal ta’limni joriy etishda ri-
vojlangan davlatlar tajribasiga suyanib ish tutildi. Jumladan, Ame
rika Qo'shma Shtatlarining Kembrij shahridagi Garvard, Stenford,
Priston, Buyuk Britaniyaning Oksford, Lid, Fransiyaning Strasburg,
Lion, Dijon, Grenobl shaharlari nomi bilan ataluvchi universitetlari
bu mamlakatlaming poytaxtlarida emas, turli viloyatlarida joylash-
gan bo‘lishiga qaramasdan, o ‘zining yuksak malakali kadrlar tayyor
lash va ilmiy salohiyatlari bilan jahonda nom qozongan.
Germaniyada esa, oliy universitet ta’limining o‘ziga xos tajriba-
si bor.
Bu o ‘lkadagi eng qadimiy universitet Xaydelberg shahrida
1386-yili tashkil etilgan. XV asrga kelib, mamlakatda universitetlar
beqiyos darajada rivojlandi. 0 ‘sha paytda tashkil etilgan oliy ta’lim
maskanlari Leypsig, Rostok, Grayfsvald, Frayburg, Tyubingen va
boshqa shaharlarda hozirgacha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Ularda o ‘qish-o‘qitish ishlari ilmiy tadqiqot bilan chambarchas
bogiangan holda olib boriladi. Mamlakat taraqqiyotining katta-katta
muammolari ana shu dargohlarda o ‘z ilmiy yechimini tdßadi.
Nemislar ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, kam mehnat
sarf qilib, ko‘p va sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun bor imko-
5 1 1
niyatlarini ishga soladilar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish,
sanoatni oliy malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida
Germaniyaning turli zaminlarida texnika universitetlarini yanada
ko'paytirish dasturi ishlab chiqilgan. Shu boisdan mamlakat taraqqi-
yoti tobora tezlashmoqda.
Xalqi ma’rifatli, jahon ilm-fani va madaniyatidan xabardor
mamlakatning ravnaqiga ravnaq qo’shilaveradi. Shu bois keyingi
yillarda 0 ‘zbekiston rahbariyati joylarda ilm-fanni, birinchi galda,
universal oliy ta’limni rivojlantirish uchun barcha chora-tadbirlami
ko‘ra boshladi. Bu maqsadlarga katta miqdorda mablag‘ ajratildi.
Xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-texnikaviy ta’lim sohasida hamkor-
lik tobora chuqurlashib bordi. Shubhasiz, bu tadbirlar mazkur tizim-
da keskin burilish yasash, kelajakda mamlakatni yuksak malakali
bilimdon mutaxassislar bilan ta’minlash imkonini berdi.
Albatta, birgina oliy va o‘rta maxsus o ‘quv yurtlari sonini oshi-
rish, ularda yangi mutaxassisliklar ochish bilan malakali mutaxassis
lar tayyorlab boim aydi. Buning uchun oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlariga talabalar qabuli yangi tartibini joriy qilish talab qilinadi.
Shu maqsadda jahonning ilg‘or universitetlari tajribalarini qoilashga
kirishildi. Masalan, keyingi yillarda AQSH, Turkiya, Hindiston, 01-
moniya va boshqa mamlakatlardagi oliy bilimgohlar ishi o‘rganildi.
Natijada oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilishning butunlay
yangi tizimi vujudga keldi. Shu maqsadda respublikada davlat ko-
missiyasi tuzilib, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda test sinovi
o ‘tkazishga qaror qilindi.
Bundan tashqari ikki pog‘onali o‘qish tizimiga o ‘tilgani ham
oliy ta’limni hozirgi zamon sharoitida yanada takomillashtirishga
qaratilgan tadbirdir. Masalan, bakalavrlik darajasini olish uchun 4
yil, magistrlik darajasini olish uchun 6 yil o ‘qish talab qilinadi.
0 ‘zbekiston sharoitida shunday yangi tizim uchun Oliy va o ‘rta
maxsus ta’lim vazirligida Nizom va Dasturlar ishlab chiqish uchun
1993-yilda 4-ta komissiya tuzildi.
Shu bilan bir qatorda, keyingi yillarda jumhuriyat oliy o‘quv
yurtlarida o ‘qitishning yangi usullarini qo‘llashda m a’lum tajribalar
to’plandi. Masalan, Toshkent aloqa va elektronika institutida 3 se-
mestrlik o‘qitish shakli joriy etildi. Har bir semestr 2-3 imtihon va
3-4 sinov bilan yakunlanadi. 0 ‘quv jarayoniga shu vaqtgacha amal-
da bo'lmagan o ‘qitish va nazorat usullari model va bilimni reyting
bo‘yicha baholash tartibi tatbiq qilindi. Tajriba shuni ko‘rsatdiki,
u bir necha afzalliklarga ega. Xususan, dars soatlari qiyinchilik-
larsiz semestrga bo’linadi, o’qituvchilar uslubiy, ilmiy ishlar bi-
512
Ian shug‘ullanish, malaka oshirish uchun qo‘shimcha vaqtga ega
bo‘ladilar, talabalar uchun esa bir yilda uch marotaba ta’tilga chi-
qishlariga imkon yaratildi. Bu tajriba tufayli institut bir muncha mu-
vaffaqiyatlarga erishdi. Xususan, boshlang‘ich kurslar talabalarining
oliy ta’lim shart-sharoitlariga ko‘nikishlari yaxshilandi. 0 ‘zlashtirish
ham oson, ham sifat jihatidan o‘sdi.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng yoshlarga hozirgi
zamon eng ilg‘or bilimlarini berish, ulami davr talabiga mos muta-
xassis qilib tarbiyalashda izchil ishlar olib borila boshlandi. Mus-
taqillik yillarida iqtidorli talabalami xorijda o ‘qitish ishlari yo‘lga
qo’yildi. Respublikaning xalqaro aloqalari kengayishi natijasida
o‘quvchilarga hukumatlararo bitimlar bo'yicha xorijiy mamlakatlar-
ning nufuzli oliy o'quv yurtlarida bilim olish imkoniyati yaratildi.
Har yili respublikada umumiy ta’lim maktablarining test si-
novlaridan o‘tgan 50 dan ziyod o‘quvchisi AKSYLS yo‘li bilan
AQSHga o ’qishga yuboriladigan bo’ldi.
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda talabalaming xorij
da o’tadigan stajirovkalariga va qo‘shma korxonalar, firmalar, au-
ditorlik kompaniyalarida ishlab chiqarish praktikasidan o ‘tishlariga
katta ahamiyat berilmoqda. Shu kunlarda mamlakatimizdan 700
nafar talaba xorijiy mamlakat o ‘quv yurtlarida iqtisodiy ixtisoslar
bo’yicha o’qishmoqda. Bir necha ming talaba 3 oydan bir yilgacha
xorijiy o’qpv yurtlarida ta’lim olmoqda.
Mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotiga o’tish mulkchilikning
xususiy shakllari ishlab chiqarishini kengaytirish sharoitida o’rta
hunar ta’limini yanada takomillashtirishni ham talab qila boshladi.
Bu muammo, ayniqsa, qishloq joylarida muhim ahamiyat kasb et-
moqda. Qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga
ko’maklashish, qishloq yoshlarini faol tadbirkorlik faoliyatiga jalb
etish uchun 1995-yildan boshlab qishloq yerlarida joylashgan hunar-
texnika bilim yurtlari va o ‘rta maxsus o ’quv yurtlari faoliyatini tub-
dan qayta isloh qilish amalga oshirildi.
Har bir viloyat va tumanlarda tadbirkorlik o ’quv yurtlari, kasb lit-
seylari, biznes maktablar kichik va o ’rta biznes, fermerlik xo’jaliklari,
aholiga xizmat ko’rsatish sohalari uchun kollejlar ochildi.
Shu kunlarda 160 ta ana shunday hunar litseylari
biznes-
maktablari va 41 ta kollej faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda 112,3 ming
yigit-qiz o’qimoqda. Umuman mamlakatda xalq xo’jaligi talablari
uchun 466 hunar-texnika bilim yurti kadr tayyorlab bgra boshladi.
Yana shuni aytish lozimki istiqlol yillarida O’zbekistonda umu
miy o’rta ta’lim sifatini oshirishga ham katta e’tibor berildi.
17 - 0 ‘zb ek isto n tarixi, 3.
313
Umumiy ta’lim uzluksiz davlat ta’limi tizimida asosiy bo‘g‘in
bo‘lib, ta’lim oluvchilaming ilmiy bilimlar olishini, mehnat ta’limi,
boshlang‘ich kasb-kor ko‘nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egal-
lashlarini, shuningdek, o‘z ijodiy qobiliyatlari va ma’naviy fazilatla-
rini rivojlantirishlarini ta’minlaydi.
Umumiy ta’lim «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 9-bandiga
muvofiq uch bosqichdan iborat:
- boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar);
- tayanch ta’lim (V-IX sinflar);
- o‘rta ta’lim (X-XI-XII sinflar).
Ta’lim haqidagi davlat siyosatining asosiy mohiyati tayanch
ta’limining (to‘qqiz yillik) majburiyligidir.
Oliy Majlisning 1997-yil 29-avgust kuni bo‘lib o'tgan IX
sessiyasida 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g ‘risida»gi
Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unga binoan ta’limning
yangi tizimi joriy etildi. Jumladan, uning 10-moddasiga muvofiq
0 ‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshi-
riladi:
- maktabgacha ta’lim;
- umumiy o ‘rta ta’lim;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
- oliy ta’lim;
- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
- kadrlar malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash;
- maktabdan tashqari ta’lim.
Shuningdek, mazkur qonunning 12-moddasida umumiy o ‘rta
ta’limning quyidagi bosqichlari ko‘rsatilgan:
- boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar);
- umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar).
Xuddi shu sessiyada Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ham qa
bul qilindi.
1993-yil 1-yanvariga respublikada umumiy ta’lim maktablari-
ning soni 8963 taga yetdi.
Yangi o ‘quv dasturlari va darsliklarini ishlab chiqish ta’lim si-
fatini oshirishda yagona mezon boTdi. Mamlakatda prinsip jihat-
dan yangi o‘rta o ‘quv yurtlari - gimnaziyalar, ya’ni, ayrim fanlar
chuqur o ‘rganiladigan maktablar tarmog’i tez rivojlandi. Masalan,
1991-yildagi
799 maktab o ‘miga 1995-yilda ayrim fanlar chuqur o‘rgani-
ladigan maktablar soni 3120 taga yetdi. 0 ‘quvchilaming soni 1995-
yilning oxiriga kelib 205,7 ming kishiga ko‘paydi. Ta’lim muassasa-
5 1 4
larining o‘quv rejalari, ta’lim shakllari va usullarini ishlab chiqishda
erkinlikka ega bo‘lganliklari prinsip jihatdan yangilikdir.
0 ‘quvchilar bilimini sinashda an’anaviy usullar bilan birga test
sinovlaridan o‘tkazish tizimi kengroq qo‘liana boshlandi.
Mintaqaviy va Respublika miqyosida maktab olimpiadalari
muntazam o‘tkazilmoqda.
«Oliy o‘quv yurtlari hududida tashkil etilgan kollejlaming yangi
tizimi qisqa muddatlarda yuqori malakali o‘rta bo‘g‘in mutaxassisla-
rini ayni vaqtda shu yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun
abituriyentlar tayyorlash imkonini bera boshladi.
Maktabgacha tarbiya 0 ‘zbekiston xalq ta’limi tizimida birinchi
bosqichdir.
Bu bosqichda xilma-xil toifadagi, turlicha muassasalami ko‘rish
mumkin. Ya’ni bolalar yaslilari, bolalar bog‘chalari, yasli bog‘chalar,
sogiomlashtirish bog‘chalari, aqliy, jismoniy jihatdan nogiron bola
lar bog‘chalari, xonadon bog‘chalari, mavsumiy bog‘chalar va hoka-
zolar shu tizimga kiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasida hozir 9467 maktabgacha tarbiya va
ta’lim muassasalari mavjud b o iib , 1,3 million kichkintoylami o‘z
bag‘riga oigan. Ulaming tarbiyasi bilan 100 mingdan ortiqroq peda-
gog xodimlar shug‘ullanmoqdalar.
Keyingi yillarda maktabgacha tarbiya, o‘rta, o‘rta maxsus va
oliy ta’lim ning ishlab chiqilgan konsepsiyalari asosida ta’limning
barcha darajalari uchun o‘quv dasturlarining eskilari qayta ko‘rib
chiqilib, yangilari ishlab chiqilmoqda.
«Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o‘quv adabiyotlari bi
lan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida» (05.01.98-y.), «Uz
luksiz ta’lim tizimi uchun davlat standartlarini ishlab chiqarish va
joriy etish to‘g ‘risida» (05.01.98-y.), «Akademik litseylar va kasb-
hunar kollejlarini tashkil etish va ulaming faoliyatini boshqarish
to‘g ‘risida» (24.02.98-y.), «Umumta’lim maktablari uchun darsliklar
va o‘quv adabiyotlarini nashr qilish tizimini takomillashtirish loyi-
hasini amalga oshirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida» (04.05.98-y.),
« 0 ‘zbekiston respublikasida o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» (13.05.98-y.), « 0 ‘zbekiston
Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasining Bojxona kolleji-
ni tashkil etish to‘g‘risida» (13.07.98-y.), « 0 ‘zbekiston Respubli
kasi Soliq qo‘mitasining Soliq kollejini tashkil etish to¿g‘risida»
(14.07.99-y.), «1999-2005-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar
kollej larining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mab-
515
lag‘ bilan ta’minlash dasturi to‘g‘risida» (23.09.98-y.), «Umumiy
o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»
(16.08.99-y.) kabi respublikada ta’lim, ayniqsa, umumiy o ‘rta ta’lim
tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi-
ning qarorlari qabul qilindi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan hozirgi sharoitda ta’lim jara-
yonining turli bosqichlariga mansub bilim maskanlari o ‘rtasidagi
uzviy bog‘liqlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish dolzarb
vazifalardan biridir.
Mamlakat hukumatining qarori bilan umumta’lim maktablarini
2005-2009-yillar mobaynida qayta ta’mirlash, zamonaviy o ‘quv qu-
rollari va fan laboratoriya bilan ta’minlash ishlari qizg‘in bormoqda.
1998-1999-o‘quv yilidan esa kasb-hunar kollejlari va akademik
litseylar shaklidagi xalq ta’limi tizimi yangi yo’nalishga asos solindi.
Bu 1997-yil avgust oyida mamlakat Oliy Majlisi sessiyasida qabul
qilingan «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» hayotga tatbiq eti-
layotganidan dalolat beradi.
Birgina 2006-yilning o‘zida 8 ming o’quvchi o‘miga ega
bo’lgan 6 ta akademik litsey, 70 ming o‘rinli 124 ta kasb-hunar
kolleji qurilib, foydalanishga topshirildi. 8,7 milliard so‘mlik va 15
million AQSH dollari miqdorida o‘quv-laboratoriya jihozlari xarid
qilindi.
Shuningdek, 2006-yili 61 ta yangi maktab qurildi. 385 ta maktab
kapital ta’mir qilinib, 530 tasi joriy ta’mir etildi.
Aytish mumkinki, dunyo davlatlari orasida 0 ‘zbekiston xalq
ta’limiga budjet hisobidan mablag1 ajratishda birinchi o ’ririda turadi.
Buni 2007-yil 26-fevralda e’lon qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexa-
nizmini takomillashtirish to‘g ‘risida»gi farmoni ham tasdiqlaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq prinsipial yangi
tipdagi o ‘rta hunar o ‘quv muassasalari tarmog‘i shakllandi.
Zamonaviy o ‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 533 ta
kasb-hunar kolleji va 54 ta akademik litsey barpo etildi. Kollejlar va
litseylami qurish hamda jihozlash bo‘yicha mamlakatimiz industri-
yasi yaratildi.
Yangi ta’lim standartlari va o ‘quv dasturlari ishlab chiqildi.
Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlod-
ga uzluksiz ta’lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qam-
rab oladigan yagona ta’lim majmui hisoblanadi. Bunda ta’lim ti-
zimining har bit bo‘g ‘ini alohida o‘rin va mas’uliyatga egadir.
Dasturni to‘liq amalga oshirish, qo‘yilgan vazifalarga erishish ana
516
shu bo‘g ‘inlaming holati va rivojlanish darajasiga, ulaming o ‘zaro
uyg‘unligiga bog‘liqdir.
Shu bilan birga, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, butun tizimning
eng muhim boshlang‘ich bosqichi bo‘lgan maktab ta’limining ort-
da qolayotgani yaxlit uzluksiz ta’lim zanjirida eng zaif bo‘lib qol-
moqda. Buning asosiy sababi maktablar moddiy bazasining zaifligi
bo‘lib, ulaming 40 foizga
yaqini tipovoy bo‘lmagan moslashtiril-
gan binolarda joylashgan, jami 9727 ta maktabdan 684 tasi avariya
holatidadir. Ko‘pgina maktablar markazlashtirilgan isitish sistema-
siga ega emas, ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan.
0 ‘quvehilaming 28 foizdan ko‘prog‘i ikki-uch smenada o‘qitiladi.
Maktablaming o ‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanish da-
rajasi 29 foizni, zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlanishi
esa 15 foizga yaqinni tashkil qiladi. Maktablaming faqat yarmigi-
na sport zallariga ega, ulaming sport uskunalari va anjomlari bilan
jihozlanishi esa 23 foizdan oshmaydi. Ayniqsa, qishloq joylardagi
maktablaming moddiy bazasi qoniqarsiz ahvolda.
0 ‘qituvchilar, eng aw alo boshlang‘ich sinf o ‘qituvchilarining
mehnatini rag‘batlantirish borasida tarkib topgan tizim maktab
ta’limida hamon zaif bo‘g ‘in bo‘lib qolmoqda, bunda pedagoglar
iste’dodi, kasb mahorati ulaming mehnatiga haq to iash chog‘ida
hali ham belgilovchi mezonga aylanmayapti.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshi-
rishning muhim sharti sifatida maktab ta’limining orqada qolishiga
barham berish hamda maktablaming moddiy-texnika bazasini mus-
tahkamlash va uzluksiz ta’limning yagona tizimini shakllantirish
bilan bog’liq mavjud jiddiy muammolami bartaraf etish maqsadi-
da 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 19-fevraldagi
F-1910-sonli Farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiya va ishchi
guruhlar tomonidan respublika mintaqalaridagi barcha umumiy ta’lim
maktablari to‘liq ro’yxatdan o’tkazildi. Ulaming moddiy-texnika ba
zasining hozirgi holati tanqidiy va batafsil o‘rganib chiqildi.
Shuningdek, farmonda
Dostları ilə paylaş: |