Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə276/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

birinchidan, 
kelajakka boTgan munosabatimizni
taraqqiyot yoTimizni belgilab olamiz. 
Ikkinchidan, 
ayni ana shu 
bayramlarga tayyorgarlik jarayonlaridan milliy san’atimiz va ma- 
daniyatimiz yangi qiyofa kasb etmoqda. Jumladan, turli bir-biriga 
o ‘xshamagan, alohida-alohida qo‘shiqlar va tomoshalardan tashkil 
topgan yaxlit kompozitsion asar dunyoga kelmoqda. Endi biz har bir 
bayram tantanalarini yaxlit, izchil, to ‘kis asar sifatida qabul qiladi- 
gan boTdik. 
Uchinchidan, 
milliy musiqa, qo‘shiqchilik va xoreog- 
rafiya yaxlitlashgan yangi janr paydo boTdi.
1997-yilning oktabr oyida esa Toshkentda 
«Teatr: Sharq va
G‘arb» 
xalqaro festivali o'tkazildi. Festivalda dimyoning ko‘pgina 
mamlakatlaridan kelgan teatr san’atkorlari bilan birga Markaziy Osi-
530


yo davlatlari hamda respublika teatrlari ham o‘z asarlarini mahorat 
bilan namoyish etdilar. Ushbu festivalda Gonkong shahrining «Re- 
zolyu» teatri jamoasining «Osmono‘par binodagi ikki odobli xiz- 
matkor» spektakli, Germaniyaning Dortmund opera va balet teatri 
jamoasining «Donnitom xonimning esdan og‘ishi» operasi, Turk- 
maniston Respublikasi A.Qulahmedov nomidagi teatr jamoasining 
«Payg‘ambarlar nolasi» kabi spektakllari tomoshabinlar olqishiga 
sazovor bo‘ldi.
Ayni paytda o ‘zbek milliy teatr san’ati rivojlanishi va tako- 
millashish jarayonini boshdan kechirmoqda. 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Prezidentining « 0 ‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish 
to‘g‘risida»gi (1998-yil 26-mart) Farmoniga muvofiq 0 ‘zbekistonda 
asrlar osha yashab kelayotgan tomosha san’ati an’analarini o‘rganish, 
boyitish va targ‘ib qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, 
moddiy-texnik negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda teatr arbobla- 
rining faol ishtirokini ta’minlash, milliy va umumbashariy qadriyat- 
lami tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish, max- 
sus ta’lim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, 
yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni toiaroq qondirish maq- 
sadida « 0 ‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi va uning 
qoshida esa Teatr ijodkorlari uyushmasi tashkil etildi.
Tabiatan nq^ikta’b, san’atsevar va san’at ahliga talabchan 
o ‘zbek xalqining musiqasi keng koTamli ma’naviyat ko‘zgusidir. 
Asrlar osha avloddan-avlodga ustoz-shogirdlik tizimi yoTi bilan ri- 
vojlanib kelganligi tufayli musiqa merosi qatlamlari - mehnat va 
marosim kuy, qo‘shiqlaridan tortib murakkab doston, ashula, katta 
ashula va maqom yoTlari davrma-davr saralanib kelgan. Shu bois, 
hozirgi davrgacha yetib kelgan deyarli barcha asarlar shaklan va 
mazmunan katta-kichikligiga qaramay badiiy mukammalligi bilan 
ajralib turadi.
Teatr san’ati sohasidagi ijodiy jarayon ayni yangilanayotgan 
hayotimizning ehtiyojlariga toTa mos keladi. «Chimildiq», «Piri 
koinot», «Sohibqiron», «Kunduzsiz kechalar» pyesalari, 0 ‘zbekiston 
yoshlar teatrida Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» asari asosida 
qo‘yilgan sahna asari bugungi teatr san’atimizning yutug‘i, desa 
boTadi.
Mustaqillik yillarida musiqa san’atida tub burilish, asliga qay- 
tish, an’anaviy ohanglar ravnaqi davri boTdi. Buning uciiun eng 
aw alo, xalqqa yaqinlashish, el orasida yurish, eng noyob xalq 
iste’dodlarini izlab topish zarur edi. Ana shuning uchun 1992-
531


yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, xalq ijodi va 
madaniy-ma’rifiy ishlar jumhuriyat markazi musiqa san’ati sohala- 
ri bo‘yicha bir qancha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazdi. Jumladan, shu yili 
mart oyida Toshkent shahrida tanbur, sato, qo'shnay, sumay va bosh- 
qa milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar», deb nom- 
langan jumhuriyat ko‘rik-tanlovi, aprel oyida Toshkent viloyatida 
havaskor qo‘g ‘irchoq teatrlari jamoalarining ko‘rik-tanlovi, shuning- 
dek, aprel oyida mashhur sana’tkorlar Jo‘raxon Sultonov, Saidjon 
Kalonov, Komiljon Jabborov, Nabijon Hasanov, Komiljon Otaniyo- 
zov, Faxriddin Sodiqov va Janaq Shomurotovlar asarlari ijrochila­
rining «Boqiy ovozlar», deb nomlangan ko‘rik tanlovlari o‘tkazildi. 
Shuningdek, Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, 
Askiya, qiziqchi va masxarabozlaming iyun oyida Qo‘qon shahrida 
o ‘tkazilgan IX-an’anaviy va lapar, valla ijrochilarining avgust oyi­
da Toshkent shahrida o‘tkazilgan 11 an’anaviy ko‘rik tanlovi milliy 
san’atimiz rivojiga katta hissa boTib qo‘shildi. Shu bilan birga bir 
necha o ‘nlab iste’dodlaming paydo boTishiga zamin yaratdi.
0 ‘zbek xalq cholg‘ulari va bayan sozanda-ijrochilarining «Asr­
larga tengdosh navolar» deb nomlangan navbatdagi oltinchi jum­
huriyat ko'rik tanlovi ilgarigilaridan farqli oTaroq uch bosqichda 
o ‘tkaziladi. Uchinchi bosqichda tanlov g‘oliblari «Bahor» konsert 
zalida To‘xtasin Jalilov nomidagi O ‘zbekiston Davlat akademik xalq 
cholg‘ulari orkestri hamda 0 ‘zbekiston televideniye va radioeshitti- 
rish Davlat kompaniyasi qoshidagi Doni Zokirov nomidagi 0 ‘zbek 
xalq cholg‘ulari orkestri jo ’rligida maxsus tanlov dasturini ijro etadi- 
lar. Tanlovda barcha viloyatlardan 46 nafar ijrochilar ishtirok etishdi.
1992-yil 2-mart kuni Toshkent shahrida Hamza nomidagi 
0 ‘zbek Davlat akademik drama teatrida xalq artisti, Davlat muko- 
fotlarining sohibi, mashhur raqqosa va baletmeyster Mukarrama 
Turg‘unboyevaning 80 yilligi va mustaqil 0 ‘zbekistonning yaqinla- 
shib kelayotgan an’anaviy «Navro‘z» bayramlari oldidan «Chaman» 
o ‘zbek bolalar folklor-etnografiya raqs ansamblining hisobot konser- 
ti va raqslar bayrami o ‘tkazildi. Unda o ‘zbek, tojik, afg‘on xalqlari- 
ning qator maftunkor raqslari, kuy va folklor qo‘shiqlari ijro etildi.
Respublika Madaniyat ishlari vazirligi Xalqlar Do‘stligi sa- 
royida 1993-yil 14-aprelda vazirlik tasarrufidagi san’at va madaniyat 
oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining talaba-o‘quvchilari, ham­
da, o ‘qituvchilari ishtirokida «Istiqlol jilolari» yig‘ma konsertini na- 
moyish etdi. Konsert dasturida xalq kuy va qo‘shiqlari, dilrabo raqs­
lar, o‘zbek va xorijiy mamlakatlar bastakorlarining asarlari va badiiy 
ko‘rgazmalar ham namoyish etildi.
5 3 2


Istiqlol davri 0 ‘zbek milliy musiqa san’atining rivojlanishida 
g‘oyat sermazmun davr boTdi.
Darhaqiqat, mustaqillik musiqachi-san’atkorlar hayotida alohi- 
da davr bo‘ldi. Bir qator bastakorlar, jumladan Mustafo Bafoyev, 
Alisher Ikromov, Anor Nazarovlar ijodida yangi davri boshlan- 
di. Birgina misol: 0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi 
M. Bafoyev o‘zbek milliy musiqasi tarixida uslub jihatidan ham
g‘oyaviy jihatdan ham butunlay yangi boTgan «Hajnoma» oratori- 
yasini yaratib, ulkan ijodiy muvaffaqiyatga erishdi. Ayni paytda bu 
sermahsul va ulkan iste’dod sohibi bir necha o ‘nlab qo‘shiqlar, turli- 
tuman asarlar bitdi. Ayniqsa, Amir Temur yubileyiga bag‘ishlangan 
musiqalari va qo‘shiqlari o ‘zbek milliy-an’anaviy yoTi bilan jahon 
musiqa san’ati ilg‘or tajribalarining betimsol, uyg’unlashgan namu- 
nasi boTdi. Orkestr ohanglarining bu milliy shakli endigina yaratildi.
1995- 
yil dekabridan « 0 ‘zbekiston - Vatanim manim» mavzui- 
dagi qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovi e ’lon qilingandan so‘ng yuzlab yangi, 
mustaqillik davri qo‘shiqlari yaratildi. Bu ko‘rik-tanlov mamlakati- 
mizning hamma joylarida ko‘tarinkilik bilan 
0
‘tkazildi.
1996- 
yil mart oyida poytaxtning «Bahor» konsert zalida 
« 0 ‘zbekiston - Vatanim manim», deb atalgan qo‘shiq tanlovining 
birinchi bosqichi boTdi. U 0 ‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi- 
ga qarashli muassasalar o ‘rtasida o‘tkazildi. Ko‘rik juda qiziqarli 
boTib, unda bolaiar bog‘chalari tarbiyalanuvchilaridan tortib mam- 
lakatdagi bir qancha pedagogika institutlari talabalarigacha ishtirok 
etishdi. Ko‘rik qatnashchilarining ona Vatan go‘zalligi, uning istiq- 
lolini madh etgan qo‘shiqlari taniqli bastakorlar, shoirlar va Xalq 
ta’limi vazirligining yetakchi mutaxassislaridan iborat nufuzli hay’at 
a’zolari tomonidan baholandi.
Umuman ko‘rik-tanlovning birinchi bosqichida 54 mingdan 
ziyod san’atkor qatnashdi. 10 mingdan ortiq qo‘shiq ijro etildi.
1996-yil 24-avgust kuni Toshkentdagi «Turkiston» saroyi- 
da qo‘shiqlar ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichi boTdi. Tanlov- 
da 0 ‘zbekistonda istiqomat qilayotgan ko‘pgina mi Hat vakillari faol 
qatnashdi. Rus, qozoq, turkman, uyg‘ur, qirg‘iz, koreys tillarida ham 
jonajon Vatanimizni madh etuvchi qo‘shiqlar yangradi.
Uch kun davom etgan ko‘rik-tanlovning yakunlovchi bosqichida 
hakamlar hay’ati va san’at muxlislari e’tiboriga 60 dan ortiq qo‘shiq 
tavsiya etildi.
1996-yilning 26-avgustida ko‘rik-tanlov g‘oliblari amqlandi. 
Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, birinchi o‘rin berilmadi. Ikkin- 
chi o ’rinlarga Mudofaa vazirligidan Asatillo Xoliqov « 0 ‘zbekiston
533


askarlari», Qoraqalpog‘istonlik Roza Kutekeyeva «Mustaqil- 
lik gullari», Toshkent viloyatidan Baxtiyor Umarov «Ona yurtim» 
qo‘shiqlari uchun sazovor bo‘ldilar. Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim 
vazirligidan Salomat Ibrohimova « 0 ‘zbekiston - Vatanim manim», 
rus milliy madaniyat markazidan Pavel Borisov «Men seni sevaman, 
0 ‘zbekiston», Samarqand viloyatidan Safiya Saftarova «Vatan yago- 
nadir» qo‘shig‘i uchun uchinchi o ‘rinni oldi.
Bu ko‘rik-tanlov 1996-yil 28-avgustda Mustaqillik bayramining 
•5 yilligi arafasida Toshkentda Xalqlar Do‘stligi saroyida yakunlandi. 
Unda viloyatlar, vazirliklar, muassasalar bo‘yicha tanlov g ‘oliblari 
o ‘zlarining dilrabo qo‘shiqlari bilan ishtirok etdilar. Tanlov yakuniga 
bag‘ishlangan katta konsertda, 0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Kari­
mov, parlament va hukumat a ’zolari, Toshkentdagi diplomatik kor- 
pus xodimlari, mamlakat jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar.
Umuman, « 0 ‘zbekiston - Vatanim manim» mavzuidagi ko‘rik- 
tanlovining o‘tkazilishi Mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulugTash 
yoTidagi muhim qadam boTdi, mamlakat va xalqimiz hayotida 
qo‘shiq bayramini odat tusiga kirishi uchun zamin yaratdi. Shuning 
uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni « 0 ‘zbekiston - Vatanim ma­
nim» qo‘shiq bayrami haqida» maxsus Farmon qabul qilindi. Unda 
« 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligi muno- 
sabati bilan o‘tkazilgan « 0 ‘zbekiston - Vatanim manim» qo'shiq 
ko‘rik-tanlovining xalqimiz madaniy-ma’naviy hayotida unutilmas 
voqea boigani, minglab fuqarolar tomonidan zo‘r mamnuniyat va 
ko‘tarinki ruh bilan qoTlab-quwatlanganligi» qayd qilindi.
Farmonda kelajagi buyuk davlatimiz va uning bunyodkor, 
bag‘ri keng, xalqini madh etuvchi, insonlar qalbida muqaddas Vatan 
tuyg‘usini, mustaqillikni ko‘z qorachig'idek asrab-avaylash, buning 
uchun kerak boTsa jon fido qilishga undovchi yuksak badiiy saviya- 
dagi musiqa asarlari va qo‘shiqlaming yaratilishiga keng imkoniyat 
yaratish maqsadida:
Har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, « 0 ‘zbekiston -
Vatanim manim» qo‘shiq bayrami kuni deb e’ion qilinsin, - deb 
ko‘rsatildi.
0 ‘zbekistonda musiqa va raqs san’atini rivojlantirish maqsadida 
« 0 ‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi va « 0 ‘zbek raqs» birlash- 
masi tashkil etildi. Ularda musiqa va raqs san’atini rivojlantirishni 
davlat yoTi bilan qoTlab-quwatlash masalalari ko‘zda tutildi.
Jumladan, « 0 ‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi yuzasidan 
qabul qilingan Farmonda shunday deyiladi:
«1. «Turkiston» saroyi va «Bahor» komplekslari, 0 ‘zbekiston
5 3 4


Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining ijodiy konsert tashkilot- 
lari negizida « 0 ‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil qilin- 
sin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, « 0 ‘zbeknavo» gastrol-konsert bir­
lashmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda hududiy 
bo'limlariga ega bo'lgan mustaqil ijodiy-ishlab chiqarish komplek- 
si hisoblanib, u mulkchilik shakllaridan va qaysi idoraga qarashli 
ekanligidan qat’i nazar filarmoniya, estrada, raqs, folklor va boshqa 
ijodiy jamoalami birlashtiradi.
« 0 ‘zbeknavo» birlashmasining faoliyatiga badiiy-uslubiy rah- 
barlikni 0 ‘zbekiston Respublikasining Madaniyat ishlari vazirligi 
amalga oshiradi.
3. « 0 ‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasining asosiy vazifa- 
lari quyidagilardan iborat:
0 ‘zbekiston xalqlarining milliy mumtoz va zamonaviy musiqa 
hamda raqs san’atining eng yaxshi yutuqlarini rivojlantirish, asrash 
va targ‘ib qilish;
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning istiqbolli rejalarini, maq- 
sadli kompleks, madaniy, ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy das- 
turlami ishlab chiqib, amalga oshirish;
xorijiy firmalar bilan o‘zaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalar- 
ning, madaniy, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikning 
yangi shaklterini rivojlantirish;
gastrol-konsert faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ijodiy ja- 
moalar va alohida ijrochilar tomonidan aholiga madaniy xizmat 
ko‘rsatishni takomillashtirish»...
1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festi- 
vali o‘tkazildi. 0 ‘zbekiston respublikasi bastakorlar uyushmasi bilan 
o‘tkazilgan mazkur festivalda dunyoning yigirmaga yaqin mamla- 
katlaridan ijrochilar ishtirok etishdi. Ular 0 ‘zbekistonda jahon musi­
qa san’ati klassik namunalarining eng oliy darajada ijro etilganligiga 
va ushbu soha jahon klassik an’analari bilan o ‘zbek milliy musi­
qa san’atining uyg‘unlashgan yangi maktabi yaratilganligiga guvoh 
bo‘lishdi. Mutal Burhonov, Ikrom Akbarov, Sayfi Jalil, Sobir Bo- 
boyev, Boris Giyenko, Mustafo Bafoyev, Rustam Abdullayev singari 
bastakorlaming ijodiga yuksak baho berdilar.
Bugun milliy-an’anaviy qo‘shiqchiligimiz bilan birga milliy est­
rada san’ati ham tobora rivojlanmoqda. 0 ‘lmas Saidjonov, Munojot 
Yo‘lchiyeva, Nasiba Sattorova, Ismoil va Isroil Vahobovlar bilan bir 
qatorda Nasiba Abdullayeva, Farrux Zokirov va ulami yuzlab kasb- 
doshlari, jumladan, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova,
535


Rayhona Nazarovalar sof milliy estradaning yorqin namoyandala- 
ri o‘zbek qo‘shiqchilik san’atini dunyoga olib chiqmoqdalar. Ular 
2000-2007-yillar o ‘zbek xonandachiligining taraqqiyotiga munosib 
hissa qo'shmoqdalar. Shavkat Mirzayev, Baxtiyor Aliyev, Abduho- 
shim Ismoilov, Anor Nazar, Dilorom Omonullayevalar yaratgan mu- 
siqaviy asarlar ayni ana shu ikki yo‘nalishning taraqqiyotiga katta 
ta’sir ko‘rsatmoqda.
An’anaviy «Sharq taronalari» festivali besh qit’a san’at ahlining 
diqqatini o‘ziga tortdi. Dunyoda tinchlik va ezgulikni, barqarorlik 
va o‘zaro bir-birini tushunishni qo'shiq orqali, san’at orqali amalga 
oshirish mumkinligini ko'rsatdi. Har ikki yilda o'tadigan bu xalqaro 
san’at ko‘rigining navbatdagisi 2009-yil avgust oyida bo‘lib o ‘tadi.
Milliy raqs san’ati an’analarini avaylab-asrash, ulami rivoj- 
lantirish, mamlakatimiz turli hududlarining o ’ziga xos raqs mak- 
tablari namunalarini to‘plash, shu asosda boy o ‘zbek raqs san’atini 
targ‘ib etish maqsadida «Oltin meros» xalqaro jamg'armasi qoshida 
0 ‘zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do’stmuhamedova rahbarligida 
«Munojot» milliy mumtoz raqs ansambli tashkil etildi. Qisqa fursat- 
da bu ansambl san’at ixlosmandlarining e’tibori va e ’tirofiga sazovor 
boidi.
Kino san’ati ustalari ham mustabidlik va mustaqillik davrlari- 
ning mohiyatini badiiyat vositasi bilan ochib berish yo iid a tinmay 
izlanib, xalqimizga o ‘zlarining yangi-yangi asarlarini taqdim etmoq- 
dalar. So’nggi yillarda yaratilgan « 0 ‘tkan kunlar», «Otamdan qolgan 
dalalar», «Yozning yolg’iz yodgori», «Kichkina tabib», «Voiz» kabi 
badiiy filmlar tamoshabinlarga manzur bo‘ldi.
Mustaqillik solnomasini yaratish hujjatli kino arboblari oldida 
turgan eng muhim vazifalardan ekanligi tabiiy. Buni chuqur angla- 
gan kinochilarimiz bir qator hujjatli filmlami yaratdilar. Ular orasida, 
ayniqsa, « 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida» asari asosida ishlangan 
ko‘p qismli hujjatli film nafaqat xalqimiz, balki xorijlik tomoshabin- 
lar tomonidan ham yuqori baholandi. Angliya, Germaniya, Belgi- 
ya, Daniya kabi bir qator chet mamlakatlarda bu filmning taqdimoti 
bo‘lib o ‘tganligi fikrimizning isbotidir.
Mustaqillik o ‘zbek badiiy adabiyoti rivojiga, adabiyotshunoslik 
fani taraqqiyotida ham yangi bosqichni boshlab berdi. Endi ada- 
biyotga «Sotsialistik realizm metodi» qonuniyatlari, kommunis- 
tik partiyaviylik, sinfiylik singari prinsiplar nuqtayi nazaridan qa- 
rashlarga barham berildi. Yangi ilmiy va badiiy me’yorlarga o ‘tish 
boshlandi. Mumtoz adabiyotga munosabatda diniy adabiyot, feodal- 
klerikal adabiyot, saroy adabiyoti deyilgan soxta tushuncha va bir
5 3 6


millat adabiyotini ikkiga - reaksion va progressiv adabiyotga bo‘lib 
0
‘rganishdek metodologik asossiz nazariyalarga chek qo‘yildi. Badi- 
iy asar qimmatini, yozuvchi dunyoqarashini mafkura nuqtayi naza- 
ridan baholashdek sho‘roviy va siyosiy doktrinalardan voz kechildi. 
Badiiy asami baholashning bosh mezonlari badiiylik, umuminsoniy 
ma’naviy-ruhiy qadriyat, milliy istiqlol ideallariga daxldorlik bo‘lib 
qoldi.
Asarlari zararli, o‘zlari millatchi deb nohaq baholangan 
Cho‘lpon, Fitrat, Behbudiy, Tavallo, Otajon Hoshim, Vadud Mah­
mud, Munavvarqori singari millatparvar yozuvchi, ma’rifatparvarlar 
ijodi xolisona o‘rganila boshlandi. Asarlari chop etildi, sahna yuzini 
ko‘rdi.
Jadidchilik harakatining asl mohiyatini, adabiy, madaniy, siyosiy 
hayotdagi o ‘mini ro‘yirost ko‘rsatish boshlandi. Sho‘ro davrida tu- 
zumni, kommunistik partiyani ko'klarga ko‘targan, shu yo‘nalishdagi 
g‘oyalami ulug‘lagan asarlami tanqidiy baholashga o‘tildi. Bir vaqt- 
lar diniy va saroy adabiyoti vakili, deb nohaq qoralangan Ahmad 
Yassaviy, Boqirg‘oniy, G‘azzoliy, Hoja Ahror, Bahouddin Naqsh- 
band, Husayn Boyqaro, Feruz singari buyuk shoir hamda mutafak- 
kirlar hayoti va ijodi o‘rganilib, asarlari xalqqa qaytarildi. Zararli 
falsafa, kommunistik mafkuraga yot nazariya, deb qaralgan tasaw uf 
she’riyati chuqur o ‘rganila boshladi.
Alisher Navoiyning yuksak insoniy g ‘oyalami diniy manbalar 
asosida yorituvchi «Munojot», «Arba’in», «Tarixi anbiyo va huka- 
mo» («Payg‘ambarlar va hokimlar tarixi») kabi asarlari nashrdan 
chiqdi. Mustaqillik sharofati bois mo‘tabar Qur’on va hadislar chop 
etildi.
Amir Temur bilan aloqador orzulaming yuzaga chiqishi mus- 
taqillikning ulkan tantanasidir. Bu yo'nalishda A. Hayitmetov- 
ning «Amir Temur va o‘zbek adabiyoti» asari chop etildi. 
B. Valixo‘jayevning Hoja Ahror va uning muhiti bilan bog‘liq bir 
qancha tadqiqotlari yaratildi va yirik monografiyasi chop etildi. 
Atoqli olim B. Ahmedovning «Amir Temur», T. Malikning «Shay- 
tanat» romanlari, E. Vohidov, O. Matchon, O. Muxtor, O. Hojiyeva, 
U. Azim, A. Suyun, X. Do‘stmuhammad, Sh. Salimova singari shoir 
va adiblami badiiy barkamol, g ‘oyaviy yetuk asarlari tufayli o ‘zbek 
milliy istiqlol adabiyoti shakllandi. Xususan, A. Oripovning «Sohib- 
qiron», M. Jalilning «Sohibqiron Temur» dramalari dunyoga keldi.
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotshunosligi oldidagi muhim 
vazifalami hal etishda, turli yo‘nalishlarda Begali Qosimov, Ozod 
Sharafiddinov, Naim Karimov, Erik Karimov, Ahmad Aliyev, Ib-
537


rohim Haqqulov, Sherali Turdiyev, Hamidulla Boltaboyev, Rahim 
Vohid, Bahodir Karimov singari mutaxassislar «Cholponning ba- 
diiy olami», «Yassaviy kim edi?», «Milliy uyg‘onish va o ‘zbek fi- 
lologiyasi masalalari» kabi to‘plamlami chop etishdi. G ‘aybulla 
Salomov, Najmiddin Kornilov, Botir Valixo‘jayevlaming qator ki- 
toblari, I. Haqqulovning «Tasaw uf va she’riyat», N. Karimovning 
«Choipon», B. Qosimovning «Maslakdoshlar» (Behbudiy, Ajziy, 
Fitrat), I. G'aniyevning «Fitratshunoslik» va O. Sharafiddinovning 
«Cho‘lponni anglash» kabi maqola va tadqiqotlari milliy istiqlolning 
mevalaridir.
Mustaqillik davri adabiyoti ayni jamiyat yangilanayotgan, hayot 
yangicha mazmun kasb etayotgan bir paytda ozod so‘z, fikr va ozod 
inson taqdiri bilan bog‘liq bo'lgan murakkab hodisani qamrab oldi. 
Har yili mustaqillik bayrami arafasida Prezident devoniga kelayot- 
gan xatlaming aksariyatida fuqarolar o‘z fikr-mulohazalarini she’r 
orqali ifodalayaptilar. Albatta, bu adabiyotning haqiqiy mazmuni- 
ni belgilamaydi. Biroq, mustaqillik, fuqaro va adabiyot mushtarak 
boiayotganidan, odamlar adabiyotga yaqinlashayotganidan dalolat 
beradi.
Badiiy publisistika davrimizning eng hozirjavob janrlaridan bi- 
riga aylandi. Yangilanayotgan hayot jarayonlari, islohotlaming ri- 
vojlanish bosqichlari va ular orqali yangilanayotgan inson, yan­
gilanayotgan jamiyat qadriyatlari mumkin qadar kengroq qamrab 
olinadigan va o ‘z vaqtida munosabat bildiradigan janr sifatida publi­
sistika o ‘zining imkoniyatlarini ko'rsata bildi.
0 ‘zbekiston Qahramonlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Er­
kin Vohidov, 0 ‘zbekiston xalq shoirlari Muhammad Yusuf, Habib 
Sa’dulla ijodlari ayni mustaqillik davrining mazmuni orqali o ‘zining 
yangi imkoniyatlarini ko‘rsatdi. Omon Muxtoming «Ming bir qiyo- 
fa», «Ko‘zgu oldidagi odam» va «Tepalikdagi xaroba» romanlaridan 
iborat «To‘rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barot Boyqobulovning 
qariyb uch ming yillik tariximizni mustaqillik evolutsiyasi orqali ifo- 
dalangan « 0 ‘zbeknoma» she’riy romani bugungi kun adabiyotining 
mevasidir.
5 3 8



Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin