Qishloqlarda
1606
82%
5 2 2
Respublika bo'yicha mavjud bolalar musiqa va san’at maktablari
haqida umumiy ma'lumot
BOLALAR MUSIQA
VA SAN’AT MAKTABLARI
MAKTABLAR SONI
- 303
0 ‘QUVCHILAR SONI
- 37453
О‘QITUVCHILAR SONI - 5694
RESPUBLIKA IXTISOSLASHGAN
MUSIQA AKADEMIK LITSEYLARI
Res.ix.mus. ALlar soni
- 2
O ‘ QU V CHILAR
- 1407
0 ‘QITUVCHILAR SONI - 3 7 3
Respublika ¿>o‘yicha Bolalar musiqa va san’at maktablarida
olib boriladigan qurilish-tiklash ishlari to‘g‘risida
umumiy ma’lumot
Ko’rsatkichlar
Jami
Shu jumladan yillar kesimida:
2009
2010
2011
2012
2013
2014
Jam i qurilish-tiklash
ishlari
278
6
51
60
58
55
4 8
Jumladan:
y a n g i qurilish
136
16
25
30
33
32
kapital rekonstruksiya
142
6
35
35
28
22
16
fevralda mamlakatimiz Prezidentining «M.V. Lomonosov nomi-
dagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Famionda ta’kidlanishicha, oliy ma’lumotli yuqori malakali
kadrlar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, mam-
lakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda iqtidorli yoshlaming salo-
hiyatini ro‘yobga chiqarish va ulardan samarali foydalanish uchun
shart-sharoitlar yaratish, oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni
kengaytirish maqsadida:
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirli-
gi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va M.V. Lomo
nosov nomidagi Moskva davlat universitetining M.V. Lomono
sov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi
filialini (keyingi o‘rinlardagi matnda «Filial» deb yuritiladi) ta’sis
etish to‘g ‘risidagi taklifi qabul qilindi va M. Lomonosov nomida
gi Moskva davlat universitetida qabul qilingan normalarga va oliy
ta’lim sifatiga qo‘yiladigan umumiy e ’tirof etilgan xalqaro talab-
larga, 0 ‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy das-
turi maqsad va vazifalariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlash Filialning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Filialning faoliyati 0 ‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Fede-
ratsiyasi qonun hujjatlariga muvofiq va abituriyentlar qabul qilish
hamda Filial bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish M.V. Lomo
nosov nomidagi Moskva davlat universiteti tomonidan belgilanadi-
gan talablarga, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladigan
boTdi.
Filialda o‘qitish M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat uni
versiteti tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlar bo‘yicha
tashkil qilindi.
Dastlab 2006-2007-o‘quv yiliga bakalavriatga qabul qilish 80
kishini, shu jumladan, quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha: psi-
xologiya - 40 kishi, amaliy matematika va informatika - 40 kishini
tashkil etdi, keyingi yillarda - kadrlarga boTgan ehtiyoj va respubli
ka mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari hisobga
olingan holda belgilanadigan boTdi.
Filial bitiruvchilariga M.V.Lomonosov nomidagi Moskva dav
lat universitetini tamomlaganligi to‘g‘risida belgilangan namuna-
da beriladigan diplom 0 ‘zbekiston Respublikasida oliy maTumot
to‘g ‘risidagi hujjat sifatida e ’tirof etildi.
Tibbiy xizm'at sohasida zamon talablariga javob beradigan ma
lakali kadrlar tayyorlash maqsadida 2005-yili poytaxtimizdagi ikkita
5 2 4
incditsina oliy o‘quv yurti negizida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
tashkil etildi.
Ma’lumki, rivojlangan fani bo‘lmagan davlat rivojlangan va
kuchli davlat b o ia olmaydi. Ayni ana shu nuqtayi nazar hozirgi mu-
rakkab o‘tish davrida olimlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yukla-
moqda.
Davlatning ilmiy salohiyatini saqlabgina qolmay, balki uni
iloji boricha o‘stirish, mavjud yirik muammolami yechishga qayta
moslashtirish, shuningdek, yangi samarador texnikalami yaratish
va amalda tatbiq etish masalasi g ‘oyat dolzarblik kasb eta boshla-
di. Mustaqillik olimlarga ham, fanga ham yangi imtiyozlar yaratib
berdi. Jumladan, akademik fan o ‘z tizimi va shaklini o ‘zi belgilay
boshladi. 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasining 50 yillik tarixida bi-
rinchi bor akademiyaning haqiqiy a’zosi, yurtboshimiz I. Karimov
tashabbusi bilan fundamental ilmiy-tadqiqotlami qo‘llab-quvvatlash
akademiya jam g‘armasi tuzildi.
1997-yil 1-yanvardagi m a’lumotlar bo'yicha Fanlar akademiya-
sida 8 ta bo‘lim bo‘lib, 135 akademik, 156 0 ‘zbekiston Fanlar aka
demiyasi muxbir a’zolari faoliyat ko‘rsata boshladi.
2006-yili Ko‘hna Urganchda Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Beru-
niy kabi buyuk allomalar tashkil etgan Xorazm Ma’mun akade
miyasining 1000 yilligi keng nishonlandi. Bu o‘z-o‘zidan milliy
fanimiz o ‘tmisfai bilan istiqbolini bog‘laydigan mo‘tabar voqelikka
aylandi.
2006-yilda FA tomonidan 180 fundamental, 281 amaliy va 12
innovatsion loyihalar hamda fundamental tadqiqotlami qo‘llab-
quwatlash fondi tomonidan 185 ta grant, shuningdek, xalqaro fond-
laming 106 granti bajarildi.
Shu bilan bir qatorda, FA olimlari tomonidan 2006-yilda 3596
ilmiy ish, shu jumladan, 3439 ilmiy maqola va tezislar, 157 ta mo-
nografiya, darslik, o‘quv qoilanm alar va risolalar chop etildi, 30 ta
patent va 10 ta dasturiy mahsulotlarga guvohnoma olindi, 2 ta litsen-
ziya sotildi.
Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan xo-
rijiy iste’molchilarga 2147,4 ming AQSH dollari miqdorida ilmiy
mahsulotlar sotildi, bu esa 2005-yilga nisbatan 43 foizga ortiqdir.
Ilmiy muassasalarimizda fundamental, amaliy va gumanitar
yo‘nalishlar sohasida olingan bir qator eng muhim natijalar yangi bi-
limlar olish, yangi texnologiyalar yaratishda foydalanildwXususan,
Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida yangi texnologiya bo‘yicha
50 ming tonna nitrokalsiyfosfatli o ‘g ‘it ishlab chiqarildi va 9 mil-
525
Hard so‘mga sotildi; tabiiy polemerlar (selluloza, xitin va xitozan)
asosida o‘simliklarai himoya qilish vositasi va ichki kasalliklari
hamda virusga qarshi dorilar («Kagotsel», «Mikrotsell») ishlab chi-
qarish texnologiyalari yaratildi; o‘simliklaming o‘sishini barqaror-
lashtiruvchi mahalliy olimlar tomonidan yaratilgan «Roslin» prepa-
rati xorij preparati «Vitovaksdan» qolishmaydi, buning 10 tonnasi
20 min. so‘mga sotildi; respublika miqyosida antiartimik preparat
«Allapinin»ga bo‘lgan ehtiyoj to‘la ta’minlandi, uning suv stansiya-
sida 420 ming AQSH dollari hajmida eksport qilindi. Yangi «Torte-
zin» preparatiga patent olindi.
0 ‘zbekistonda Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK) ning tash-
kil qilinishi ham shubhasiz respublikada fanning rivojlanishini
ta’minlashga qaratilgan tadbirlardan biridir.
0 ‘zbekistonning XXI asrga kirib borishida respublikada fanning
o ‘mi va roli yanada orta boradi.
0 ‘z o‘zidan ayonki, yangi davlat barpo etishda milliy va umu-
minsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, mamlakatimizni moder-
nizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo‘lidagi
murakkab va keng koiam li vazifalami hal etishga qodir boigan
yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim prinsipial va hal
qiluvchi ahamiyatga ega.
Yurtimizda o‘z Vatanining taqdiri, uning buguni va kelajagi
uchun mas’uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikr-
laydigan kadrlarga ehtiyojni qondirish vazifasi biz mustaqillikka
erishgan birinchi kunlardanoq o‘ta muhim va hal qiluvchi masalaga
aylangan edi.
Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda, 1997-yili 2009-
yilgacha boigan davrga moijallangan Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi qabul qilingan edi. 0 ‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra
noyob b o igan ushbu dastur 12 yillik taiim ga oiishni, uzluk-
siz taiim ning yaxlit tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. Dastur
um um taiim maktablaridagi to‘qqiz yillik o‘rta taiim ni, akademik
litsey va kollejlardagi uch yillik maxsus kasbga tayyorlash tizimi
ni o ‘z ichiga oladi.
Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari huzurida tashkil etilgan aka
demik litseylar yoshlarga o‘zi tanlagan mutaxassislik bo‘yicha oliy
m aium ot olish uchun yanada chuqur bilim egallash, kollejlar esa
maxsus fanlami o‘zlashtirish bilan bir qatorda, mustaqil hayotga qa-
dam qo‘yayotgan har bir bitiruvchi yigit-qizga o ‘z qobiliyatini yuza-
ga chiqarish va jamiy'atda munosib o‘rin topish uchun 2-3 mutaxas
sislik bo‘yicha o‘rta malakali kasb egallash imkonini beradi.
5 2 6
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida 2009-yilgacha
bo’lgan davrga mo‘ljallangan Maktab ta’limini rivojlantirish davlat
umummilliy dasturi ham amalga oshirilmoqda.
Ta’lim sohasida milliy dasturlami hayotga tatbiq etish boshlan-
ganidan buyon 1 ming 140 taga yaqin akademik litsey va kasb-hunar
kolleji, 4 ming 680 tadan ziyod umumta’lim maktabi yangitdan qu-
rildi va kapital ta’mirlandi, zamonaviy mebel, o ‘quv-laboratoriya
uskunalari bilan jihozlandi, ularda kompyuter sinflari va lingafon
xonalari tashkil etildi.
Yangi milliy ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish,
yangi darsliklar va maxsus o‘quv qo‘llanmalari yaratish orqali ta’lim
jarayonining mazmuni tubdan takomillashtirildi. Shunisi ayniqsa
muhimki, ixtisoslashgan oliy o ‘quv yurtlarida akademik litsey va
kollejlar uchun zamon talablariga javob beradigan yangi toifadagi
o‘qituvchilami tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Oliy ta’lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi, baka-
lavr va magistrlar tayyorlashning Yevropa tizimiga o ‘tildi. Bugungi
kunda mamlakatimizning 65 ta oliy o‘quv yurtida 850 yo‘nalish va
mutaxassislik bo‘yicha 300 mingga yaqin talaba bilim olmoqda.
0 ‘tgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan
o‘quv yurtlarini barpo etish uchun 5 milliard dollardan ortiq budjet-
dan tashqari mablag‘lar yo‘naltirildi.
Hozirgi kunda yurtimizda ta’lim sohasiga yo'naltirilayotgan xa-
rajatlar hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida 12 fo-
izdan ortadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan
oshmaydi.
0 ‘zbekiston o‘zining milliy Fanlar akademiyasiga ega bo‘lib,
uning tarkibida ulkan ilmiy texnik salohiyatga ega bo‘lgan 43 ta aka
demik institut muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Tabiiy va aniq
fanlaming yadro fizikasi, astrofizika, geliomaterialshunoslik, biolo-
giya, mikrobiologiya, kimyo va tabiiy birikmalar kimyosi, seysmo-
logiya yo‘nalishlarida va boshqa ko‘plab sohalarda istiqbolli tadqi-
qotlar olib borilmoqda.
Hech shubhasiz, bugun ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohasiga sarf-
lanayotgan mablag‘lar mamlakatimiz kelajagining egasi boigan
yosh avlodni, yuksak intellektual salohiyatli jamiyatni shakllantirish
yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
5 2 7
|