6-§. Madaniy hayot Mustaqillik yillarida ijtimoiy hayotning barcha yo‘nalishlarida
bo‘lganidek madaniy hayotda ham tubdan o'zgarishlar yuz berdi.
Shaklan ham, mazmunan ham milliy madaniyatning rivojlanishi
uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Bu aw alo teatr san’ati rivojlanishida yaqqol sezila boshlan-
di, yangi-yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991-yilda
Farg‘onada va 1993-yilda Xivada davlat qo‘g ‘irchoq teatrlari ish
boshladi, 1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyati teatrlari
qoshida qo‘g‘irchoq guruhlari ochildi. Andijonda jamoatchilik asosi-
da ishlab kelayotgan yoshlar teatri davlat tasarrufiga olinib, u 1994-
yilda Abbos Bakirov nomidagi Andijon yoshlar va bolalar teatriga
aylantirildi.
1993-yil avgustida Toshkent shahrida ish boshlagan hashamat-
li «Turkiston» saroyi nafaqat mahalliy teatr va tomosha guruhlari-
ning chiqishlariga, balki, uzoq va yaqin mamlakatlardan tashrif bu-
yuradigan sahna guruhlari va atoqli artistlaming chiqishlariga ham
moijallandi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Turkis
ton» saroyi ochilishi marosimida nutq so‘zlab
«Bugun yangi o‘zbek davlatini barpo etar ekanmiz, biz tarixdan, ajdodlar merosidan, ularning ruhi nomidan, Turkiston xalqlarining qadriyatlarida, ma’naviy merosidan, san’atidan bahramand bo'lishimiz tabiiy- dir. Ushbu saroyda xalqimizning, shuningdek, jahon xalqla rining, Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy anjumanlarini, san’at bayramlarini o‘tkazishni niyat qilganmiz. Bu koshona, inshoolo, millatlar, el-elatlarning do‘stlik, birdamlik qal’asiga aylanadi. Bunday obidalar katta-yu kichikda Vatandan faxrlanish tuyg‘usini shakllantiradi, bunday saroylar Vatan sha’ni va shuh- rati uchun kurashuvchi, istiqlolni hamma narsadan muqaddas