Insof-iymon tuyg‘usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining
mazmunini tashkil etadi. Olamning qariyb yarmiga jahongir ersa-da,
u kuch-qudrat zo'rlik, zo‘ravonlikda emas,
aksincha, adolatda ekani-
ni teran angladi.
Bugun bunyod etilgan ulug‘ bobokalonimiz haykalida teran
ramz bor - go‘yoki jahongir tulporining jilovini tortib turibdi, qilich-
siz qoiini oldinga cho‘zib jahon xalqlariga omonlik sog‘inmoqda,
«Kuch-adolatdadir!» demoqda.
Donishmand ajdodimizning mazkur so‘zlarini mana shu muh-
tasham yodgorlik poyiga zarhal harflar bilan bitar ekanmiz, zamon-
lar tajribasidan o ‘tgan bu bebaho hikmatning qalblarimizda doimo
aks-sado berib turishini orzu qilamiz.
Aziz yurtdoshlarim!
Bugun - o ‘zbek xalqi tarixida ulug‘ kun. 0 ‘zbekiston
mustaqil-
ligiga, muborak istiqlolimizga ikki yil toTdi.
Hammangizni - keksa-yu yoshni, butun 0 ‘zbekiston ahlini shu
buyuk sana bilan chin qalbdan, har biringizni alohida bag‘rimga bo-
sib qutlamoqqa ijozat bergaysiz!
Bu kunga yetganlar bor, yetmaganlar bor. Shuning uchun ham
ozodlikni sog‘inib, ozodlik yo‘lida kurashib o‘tgan ajdodlarimizni
duolar
bilan eslashimiz ham qarz, ham farzdir. Ajdodlarimizning
pok ruhlari shod boTsin, ulaming orzulariga munosib va sadoqatli
boTaylik.
Istiqlol muborak, aziz vatandoshlar! Ozodligimiz abadiy
boTsin!
Muhtaram do‘stlar!
Ikki yillik istiqlol davrida jonajon diyorimizda bo‘layotgan
o'zgarishlar xalqimizga ishonch va umid bag‘ishlamoqda.
Buyuk ayyom arafasida Temur bobomiz haykalining ochilishi
o ‘ziga xos ramziy bir ma’noga egadir.
Vatanimiz istiqlolini yanada mustahkamlash,
uni himoya qi-
lish, yurtimiz sha’ni-shavkatini yuksaltirish, adolat, insof va di
yonat hukmron boTgan erkin jamiyat, mehnatkash xalqimizga
munosib farovon hayot qurish bizning insoniy va fuqarolik bur-
chimizdir.
Biz orzu etgan buyuk davlatni bunyod qilish barchamizdan mus-
tahkam iroda, iymon-e’tiqod, milliy g‘urur tuyg‘usi, buyuk ajdodla-
rimizdan meros qolgan ma’naviy bisotga ega boTishni talab qila-
di.
Bilaklarimizda kuch, qalblarimizda kelajakka ishonch b o im o g ‘i
shartdir."
Mamlakatimizning markazida, qadimiy va go‘zal poytaxtimiz -
5 4 0
jonajon Toshkentimiz o ‘rtasida qad ko‘targan ulug‘ bobomiz siymosi
xalqimizga faxr va g ‘urur baxsh etmog‘i muqarrar!
Bu siymo mard, tanti, halol va g‘ayratli xalqimizni birlashtirish-
da, jipslashtirishda, iymon-oqibatli bo'lishda, qudratli kelajagimizni
qurishda bizga yangi-yangi kuch-quwat va shijoat bag‘ishlaydi.
Barchamizga shu yo‘lda Alloh madadkor bo‘lgay!
Dostları ilə paylaş: