Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


biladigan sog‘lom avlodni tarbiya etuvchi maskanga aylana­



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

biladigan sog‘lom avlodni tarbiya etuvchi maskanga aylana­
di», -
dedi.
Yuqoridagi misollar istiqlol yillarida madaniyat muassasala- 
ri moddiy bazasini mustahkamlashga respublika rahbariyati katta 
e ’tibor berganligini ko‘rsatib turibdi.
O'zbekiston 1991-yilda mustaqillikka erishgach o ‘zbek teatr­
lari va san’atkorlarining dunyo sahnasiga chiqishi uchun yana- 
da keng yo‘1 ochildi. Navoiy nomidagi katta opera va balet teatri,
528


A.Hidoyatov nomidagi drama teatri, «Ilhom» teatr studiyasi, Rus 
yosh tomoshabinlar teatri shu jihatdan ibratli ishlar qildilar. Na- 
voiy nomidagi teatr balet truppasining Malayziya va Tailandga, 
A.Hidoyatov nomidagi teatrining Angliya, Shotlandiya va Germani- 
yaga, Rus bolalar teatrining Qohiraga safarlari shular jumlasidandir.
Shu yillarda o‘zbek teatrlari sahnasida yangi zamonaviy mav- 
zudagi asarlar namoyish etila boshlandi. Jumladan, 1992-yilning 
o ‘zidagina Abror Hidoyatov nomidagi o‘zbek davlat drama teatri 
ijodiy jamoasi mashhur italyan komediyanavisi Karlo Gashinning 
«Malikai Turandot» spektaklini, Muqimiy nomidagi o ‘zbek davlat 
musiqali teatri jamoasi esa «Shum bolaning sarguzashtlari» va ko- 
mediya janrida yaratilgan «Mening oppoq kabutarlarim» spektakl- 
larini, shuningdek, Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax musiqali drama 
teatri A.Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni asosida yaratilgan 
asarlami sahnaga qo‘ydilar. Bu spektakllar tomoshabinlar tomonidan 
yuqori baholandi.
Uzoq yillardan buyon taqiqlab kelingan Amir Temur mavzusida 
Qashqadaryo viloyat musiqali drama va komediya teatridan so‘ng 
respublikamizda ikkinchi boiib, Hamza nomidagi o‘zbek Davlat 
akademik drama teatrida jahongir hayoti haqidagi drama sahnaga 
qo‘yildi.
Milliy istiqlolning ikki yilligi arafasida poytaxtimizning qa- 
tor teatrlarida ygngi sahna asarlarining ko‘riklari bo‘lib o‘tdi. 
A.Hidoyatov nomidagi o ‘zbek Davlat drama teatrida jahon badiiy 
xazinasining oTmas durdonalaridan biri Abdulqosim Firdavsiyning 
«Shohnoma» asarining 1000 yilligiga bag‘ishlab mazkur asar aso­
sida «Faridun» nomli ikki qismli fojia sahnalashtirildi. Shuningdek, 
Abdulhamid ChoTpon qalamiga mansub, badiiy jihatdan yaxshilik, 
chin muhabbat, insof-diyonat ulugTanib, fisq-u fasod hamda tajo- 
vuzkorlik keskin qoralangan «Yorqinoy» pyesasi ham yana sahna 
yuzini ko‘rdi. A.Majidiy nomidagi Kattaqo‘rg‘on shahar drama te­
atrining ijodiy jamoasi mazkur tomoshani o‘z muhlislariga taqdim 
etdilar. 1993-yilning avgust oyida Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat 
musiqali drama va komediya teatri jamoasi dramaturg Erkin Saman- 
daming «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasini ham sahnaga 
qo‘ydi.
Markaziy Osiyo xalqlari teatrlarining o‘zaro ijodiy hamkorli- 
gi yoTga qo‘yildi. Mazkur soha jamoalarining, 1992-yilning 26- 
martidan to 4 aprelgacha «Navro‘z-92» xalqaro anjumani o'tkazildi.
Anjumanda Tojikistonning «Axorun» teatri «Yo‘qolgan Yu­
suf xonadonga qaytadi», Turkmaniston Davlat yoshlar tajriba teatri
5 2 9


«Dali Dumbul», Lohutiy nomidagi Tojikiston Akademik drama te- 
atri «Asrga tatigulik kun», A.Hidoyatov nomidagi o‘zbek Davlat 
drama teatri «Iskandar», Qirg‘iziston Akademik drama teatri «Aykul 
manas» («Ajoyib manas»), Y.Shakaijonov nomidagi Farg‘ona vilo- 
yat musiqali drama va komediya teatri «Toshkentga sayohat» tanlov 
spektakllarini namoyish etdilar.
4-aprel kuni «Navro‘z-92» xalqaro teatr bayramining g ‘oliblari 
e’lon qilindi. Oliy mukofot (Gran-Pri) - Turkmaniston Davlat yosh- 
lar teatrining «Dalli Dumbul» spektakliga, Xalqaro Teatr uyushmala- 
ri konfederatsiyasining maxsus mukofoti - Y.Shakaijonov nomidagi 
Farg‘ona viloyat musiqali drama va komediya teatrining «Toshkent­
ga sayohat» komediyasiga berildi.
Yuksak rejissyorlik mahorati uchun «Asrga tatigulik kun» spek- 
takli rejissyori Ozarbayjon Mambetov (Qozog‘iston), milliy qadri- 
yatlami tiklash yoTidagi katta xizmatlari uchun - Qirg‘izistonlik 
san’atkorlaming «Buyuk qalbi manas» spektakliga, rejissuradagi 
yangi uslub va shakl izlanishlari uchun Abror Hidoyatov nomidagi 
o‘zbek davlat drama teatrining «Iskandar» spektakli rejissyori Ba- 
hodir YoTdoshevga Xalqaro Teatr uyushmalari konfederatsiyasining 
maxsus mukofoti berildi.
1993-yil iyul-avgust oylarida 0 ‘zbekiston mustaqilligining ikki 
yilligiga bag‘ishlab Navoiy viloyatida tumanlararo do‘stlik festival- 
lari boTib o‘tdi.
Bu bayram festivallarida xalqlarimiz o'rtasidagi do‘stlik, mehr- 
oqibat, milliy an’analar va qadriyatlarimizga hurmat tarannum etildi.
Bizda bayramlar ma’lum sanalar atrofida, sanalami nishon- 
lashdan iborat boiibgina qolmaydi. U ayni tafakkur tarzimizni 
o ‘zgartiradigan, mustaqillik va Vatanga boTgan tuyg‘ularimizni jon- 
lantiradigan qudratli omilga aylandi. Biz ayni ana shu bayramlar va 
yubileylar orqali, 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin