Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Biz ijtimoiy taraqqiyot va yangila-



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Biz ijtimoiy taraqqiyot va yangila-
nish borasida o‘z yo‘limiz bor, deb e’lon qildik. Bozor iqtisodiyo-
tiga o‘tar ekanmiz, milliy-tarixiy turmush tarzimizni, xalqimiz
urf-odatlarini, an’analarimizni, kishilarning Hkrlash tarzini hi-
sobga olamiz», 
- dedi va tub islohotlami amalga oshirish borasida 
dastlabki tamoyilini belgilab berdi.
Ikkinchidan, 
respublikadagi o ‘ziga xos ma’naviy-ruhiy vazi- 
yatdan kelib chiqib ish tutildi. Chunki O'zbekiston aholisi va mehnat 
resurslari yildan yilga o‘sib boruvchi mintaqa hisoblanadi. Ushbu 
omilning ahamiyatiga e’tibor berar ekan, Prezident shunday dedi: 
«Xalqimizning 60 va hatto, undan ko‘proq foizi qishloq joylarida 
istiqomat qiladi va ulaming asosiy qismi dehqonchilik sohasida ish- 
laydi. O'zbek zoti borki, o‘tirgan joyini sovitgisi kelmaydi. Bir joy- 
dan ikkinchi joyga ko‘chib yurishga xushi yo'q. Mehnat resurslari 
va ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirishda xuddi shu vaziyatni 
ham e ’tiborda tutish kerak.
Xulosa shuki, qishloq joyda va rayon markazlarida mavjud 
bo'lgan ortiqcha ishchi kuchini shaharga olib kelish shart emas, 
balki yangi, ixcham, zamonaviy korxonalami qishloq joylariga, ra­
yon markazlariga olib borib qurishimiz zarur. Sodda qilib aytganda
odamlami ishxonaga emas, ishxonani odamlarga yaqinlashtirish lo- 
zim».
Uchinchidan, 0 ‘zbekiston taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda 
respublikaning qulay ju g ‘rofiy-siyosiy imkoniyati hisobga olindi.
Darhaqiqat, tarixan 0 ‘zbekistonning hozirgi hududi juda ko‘hna 
savdo yo‘li - Buyuk ipak yo‘li tutashgan, mag‘rib-u mashriqni bir- 
biriga bog‘lab turgan, turli qarashlardagi xalqlami yaqinlashtirgan, 
jo ‘shqin tashqi aloqalar va turli madaniyatlaming bir-birini o‘zaro 
boyitish jarayoni kechgan hududdir. Ana shu boy, tarix sinovlaridan 
o’tgan tajribalami davom ettirish, undan samarali foydalanish yo‘li 
tutildi. Demakki, mintaqalararo aloqalar, dunyoviy integratsiyani 
yo‘lga qo‘yishga kirishildi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin