2-§. Milliy davlat tizimining barpo qilinishi, boshqaruvda
yangi usullarning qarortopishi
Insoniyat tarixidan ma’lumki, har qanday jamiyatda davlat va
boshqaruv, o‘sha davlat konstitutsiyasida ko‘zda tutilganidek, uning
tub maqsadlariga mos bo‘lishi kerak. Buni 0 ‘zbekiston mustaqillik-
ka erishgandan keyingi ijtimoiy hayot ham taqozo qila boshladi.
1991-yil sentabr oyidayoq Prezident I. Karimov:
«Biz
0 ‘zbekiston davlati milliy siyosatining aslida barcha yo‘na-
lishlarini va strategiyasini qamrab oluvchi keng ko‘lamdagi
va istiqbolga mo‘ljallangan dasturini ishlab chiqdik va amalga
oshira boshladik. Bu siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri
114
boshqarishning demokratik shakliga, umuminsoniy qadriyatla-
riga asoslanuvchi real mustaqil milliy davlatchilikni qaror topti-
rish»,
- deb ta’kidlagan edi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 89-moddasida qayd qilingani-
dek, « 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 0 ‘zbekiston Respublika-
sida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘idir».
Konstitutsiyada ko‘zda tutilganidek, 0 ‘zbekiston Respublikasi
ijroiya hokimiyati oliy idoralari tizimiga respublika Prezidenti va
Vazirlar Mahkamasi kiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat suvereniteti, xavf-
sizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi
masalalariga doir qarorlami amalga oshirish yuzasidan zarur chora-
tadbirlar ko‘radi.
M a’lumki, 0 ‘zbekiston Prezidenti lavozimining ta’sis etilishi
1985-yil aprelida sobiq Ittifoqda boshlangan qayta qurish jarayonlari
bilan, ayniqsa, 1988-89-yillardayoq avj olib ketgan iqtisodiy va si-
yosiy islohotlar bilan bog‘liq.
Shu yillarda «yuqori»ning ko‘rsatmalariga o ‘rganib qolgan mar-
kaziy va mahalliy boshqaruv idoralari qayta qurish jarayonida aw al-
gi ma’muriy-buyruqbozlik ish uslubi uchun qattiq tanqidga uchradi,
ular yangi sharoitga mos ish uslubini topishga qiynaldilar. Natijada
davlat hokimiyati birmuncha kuchsizlandi. Belgilangan iqtisodiy va
ijtimoiy rejalar bàjarilmay qolaverdi. Ishlab chiqarishga davlat rah-
barligi bo‘shashib, xalqning moddiy va madaniy turmush darajasi
tobora pasaya bordi. Qonunlar va hukumat hujjatlarining ijrosi us-
tidan nazorat kamaydi. Xullas, mamlakatda boshboshdoqlik xavfi
ortib borib, davlat hokimiyatini markazda ham, joylarda ham ku-
chaytirishga jiddiy ehtiyoj tug‘ildi. 1990-yillar boshlarida iqtisodiy
qiyinchiliklar bilan bir qatorda ijtimoiy va milliy muammolar ham
kuchaydi, boshqacha qilib aytganda «markazdan qochirma kuchlar»
faollashdi, natijada qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatini birlash-
tiruvchi, ulaming jamiyat uchun nafini oshiruvchi yangi institutga
ehtiyoj tobora sezila bordi.
Bu ehtiyoj 1990-yil mart oyida SSSR xalq deputatlarining
navbatdan tashqari uchinchi Syezdida atroflicha muhokama qi-
lindi va SSSR Konstitutsiyasiga SSR Ittifoqi Prezidenti lavozimi-
ni ta’sis etish hamda uning vakolatlarini belgilash haqida muayyan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 0 ‘shanda ba’zilarda ushbu
lavozimning joriy etilishi yakka shaxsning diktaturasini **Tceltirib
chiqarishi mumkin, degan xavf va cho‘chishlar ham mavjud edi.
Hatto, unga ko‘r-ko‘rona qarshi chiqqanlar ham bo‘ldi. Masalan,
115
o ‘sha syezdda xalq deputati Y.N.Afanasyev «Regionlararo deputatlar
gruppasining a’zolari prezidentlik lavozimining joriy etilishiga sal-
biy munosabat bildirdilar va syezdda Prezident saylanishiga qat’iy
qarshi chiqmoqdalar», - dedi.
Ittifoq Konstitutsiyasiga SSSR Prezidentining huquqiy maqo-
mini belgilash yuzasidan kiritilgan qoidalarda bu lavozimning de-
mokratik tabiatini belgilash yuzasidan qator kafolatlar ham mustah-
kamlab qo‘yildi. Jumladan: Prezidentning xalq tomonidan saylab
qo‘yilishi, uning ko‘pi bilan ikki muddatga saylanishi, qonun chiqa-
ruvchi idora nazorati ostida bo‘lishi va vaqti-vaqti bilan ichki hamda
tashqi ahvol haqida unga axborot berib turishi, Prezident vakolatlari-
ning Konstitutsiya va qonunlar bilan aniq belgilanishi, uning qoshi-
da maxsus kengashning mavjud bo‘lishi va boshqalar ko‘zda tutildi.
Bu kafolatlar Prezident yakka hokimligining kelib chiqishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun muhim vositalar bo‘ladi, deb hisoblandi. Albatta,
sobiq mamlakatda prezidentlik lavozimining kelib chiqishi haqida
bayon etilgan yuqoridagi fikrlar 0 ‘zbekistonda shu institutning vu-
judga kelishiga ham bevosita va to‘liq taalluqli.
M a’lumki, 1990-yil 24-martida 0 ‘zbekiston SSR Prezidenti la-
vozimini ta’sis etish hamda 0 ‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy
qonuni)ga o ‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Qonun
qabul qilindi. Unga ko‘ra respublikada Prezident lavozimi ta’sis qi-
lindi. Bunda demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, siyosiy
o ‘zgarishlami chuqurlashtirish, konstitutsiyaviy tuzumni, fuqarolar-
ning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, respub-
lika davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy idoralarining o ‘zaro aloqa-
sini takomillashtirish ko‘zda tutildi. Shu munosabat bilan respublika
Konstitutsiyasi respublika Prezidenti haqidagi yangi - 12-bob bilan
to‘ldirildi.
Ushbu bobda Prezidentlik boshqaruvi ta’sis etilishiga bog‘liq
quyidagi qoidalar belgilandi.
Dastlabki konstitutsion qoidada Prezident faoliyatining demok-
ratik taomillari ko‘rsatib berildi. Uning huzurida Prezidentlik Ke-
ngashi ishlaydi. Kengashning vazifasi davlat ichki va tashqi siyosa-
tining asosiy yo’nalishlarini amalga oshirish, fuqarolar xavfsizligini
ta’minlash choralarini ishlab chiqishdan iborat edi. Kengash tarki-
biga Vazirlar Kengashi Raisi ham kiradi, uning ishida 0 ‘zbekiston
va Qoraqalpog‘iston Oliy Kengashlarining Raislari ham qatnashish
huquqiga ega bo‘ldi. Prezident Respublika Konstitutsiyasi va qonun-
lari asosida hamda ulami ijro etish yuzasidan farmonlar chiqaradi.
0 ‘zbekistonda yangi jamiyat qurish borasida tajribalar orttirilishi bi-
116
Ian Prezidentlik boshqaruvi tobora takomillasha boradi. Jumladan,
1990-1992-yillarda Prezidentlik Hokimiyati bilan Vazirlar Kenga-
shining ijroiya boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborilib Vazirlar
Kengashi Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantiril-
di. 1990-yil 15-noyabrida Prezident I. Karimov « 0 ‘zbekiston SSR
Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash
to‘g‘risida» Farmon chiqardi.
Prezidentning ushbu farmoni asosida dehqonchilik sanoati,
xalq iste’moli mollari, qurilish-naqliyot, mashinasozlik, yoqilg'i-
energetika, umumiqtisodiyot, moddiy-texnika, madaniyat ishlari
komplekslariga ajratilib, uning rahbarlari belgilandi va ular Vazir
lar Mahkamasi tarkibiga kiritildi. Prezident ayni bir paytda Vazir
lar Mahkamasi Raisi bo‘lib qoldi. Shunday qilib, Prezident ikkinchi
bosqichda respublikada oliy ijroiya va boshqaruv hokimiyatini amal-
ga oshiruvchi oliy martabali shaxsga aylandi va ayni bir paytda dav-
lat boshlig‘i ham hisoblandi. Endilikda u faqat farmonlar emas, balki
qarorlar va farmoyishlar ham qabul etadigan bo‘ldi.
Vitse-Prezident lavozimi ham ta’sis etilib, u Vazirlar Mahkama
siga rahbarlik qiluvchi, uning ishini uyushtiruvchi shaxsga aylangan
edi. Biroq, ikkinchi bosqichda joriy etilgan Vitse-Prezident lavozimi
o‘zini oqlamadi. Shu boisdan 1992-yil 4-yanvardagi Qonun bilan u
tugatilib, 0 ‘zbekiston Respublikasining Bosh Vaziri lavozimi ta’sis
etildi. U Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qiladi va uning ishini tash-
kil etadi, deb belgilandi. Prezident ayni paytda Vazirlar Mahkamasi
ga Rais hisoblanadi. Shu munosabat bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 120-moddasi birinchi qismiga quyidagi qoida
kiritildi. « 0 ‘zbekiston Respublikasining hukumati Bosh Vazirdan,
Bosh Vaziming birinchi o’rinbosari va o‘rinbosarlaridan, mamlakat
vazirlaridan, davlat qo‘mitalarining raislaridan, yirik konsemlaming
va birlashmalaming rahbarlaridan iborat boiadi».
0 ‘zbekistonda prezidentlik institutining yuzaga kelishi va ta-
komillashuvida 1991-yil 18-noyabrida qabul qilingan « 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g ‘risida»gi Qonun katta ahami-
yatga ega bo‘ldi. Unda fuqarolaming shu sohadagi saylov huquqi,
saylovni o ‘tkazish, prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatish va ulami
ro‘yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlarini chiqarish tartibi
o‘z ifodasini topdi.
0 ‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvining yanada takomil-
lashuvida « 0 ‘zbekiston Respublikasining KonstitutsiyaSi» muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki yangi Asosiy Qonunga muvofiq,
Prezidentning huquqiy maqomi yanada takomillashdi va ma’lum da-
117
rajada kengaydi. Chunonchi, Prezident lavozimiga 35 yoshdan ki-
chik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha
kamida 10 yil 0 ‘zbekistonda muqim yashagan respublika fuqarosi
saylanishi mumkin, deb belgilandi.
Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan davrda siyosiy partiyaga
a ’zoligini to‘xtatib turadi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi
mumkin emas, deb ko‘rsatildi. Bu yerda shuni ta’kidlash kerakki,
Prezident vakolatlarining kengaytirilishi 0 ‘zbekistonning davlat
mustaqilligiga erishuvi tufayli sodir bo‘ldi. Yangi Konstitutsiyada
belgilab qo‘yildiki, Prezident mustaqil davlat rahbari sifatida muzo-
karalar olib boradi va respublika shartnomalarini ímzolaydi, ulaming
bajarilishini ta’minlaydi, o ‘z huzuridagi akkreditatsiyadan o ‘tgan
diplomatik va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillarining ishonch va
chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi, viloyat, turnan, shahar va xo‘jalik
sudlarining sudyalarini tayinlaydi, lavozimidan ozod etadi, o ‘z vako-
latiga berilgan boshqa ichki va tashqi siyosatga doir masalalami hal
qiladi.
Shunday qilib, 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng
mamlakat ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy
yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, fuqarolami himoya qiluvchi oliy
darajadagi ijroiya hokimiyati vujudga keltirildi, milliy davlatchilikda
jahon tan oigan o‘ziga xos tajriba to‘plandi.
M a’lumki, I.A. Karimov milliy davlatchilikni shakllantirishga
doir barcha nutq va asarlarida kuchli ijroiya hokimiyatining jami-
yatda yuz berayotgan yangilanishlar, yangicha tafakkur, tashab-
bus va islohotchilik faoliyatini o‘tmish illatlaridan, boqimandalik,
tekinxo‘rlik kasalligidan asrash, qonunning to ia quw at bilan ish-
lashini ta’minlash zarurati deb, hisoblaydi. Shuning uchun ham u
«Ozodlik» radiostansiyasi muxbiri bilan suhbatda:
Dostları ilə paylaş: |