bermaydi. Aksincha, bunday yo‘l chalkash va xatarli oqibatlar-
ga olib kelishi mumkin»ligini (I.
Karimov) ko‘rsatib berdi.
Uchinchidan,
hurriyatga munosabatda ham boshqalardan ando-
za olish, mamlakat tub aholisi ruhiyatini hisobga olmaslik rahbami
ham, aholini ham, butun mamlakatni ham boshi berk ko‘chaga kiritib
qo‘yadi. G ‘arb demokratiyasini Sharq mamlakatlarida ko‘r-ko‘rona
joriy etish mumkin emas. Unga taqlid qilish kutilmagan fojialarga
olib kelishi mumkin. Buning achchiq natijalarini Tojikiston misolida
ko‘rdik. Erkinlik niqobidagi boshboshdoqlikka yo‘l berish, davlat va
boshqaruv apparatining behad kuchsizlanishi va bo‘shashib ketishi,
hokimiyat jilovining o‘z holiga tashlab qo‘yilishi ming-minglab xo-
nadonlar boshiga kulfat keltirdi.
To‘rtinchidan,
odatda yakka-yakka
shaxslaming ruhiy kechin-
malari, xatti-harakatlari va fe’l-atvoridan umumjamiyat kayfiyati,
uning m a’naviy qiyofasi shakllanadi. Mustaqillik hayotimizga to-
bora chuqurroq kirib borayotgan, yangicha m a’naviy, siyosiy muhit
shakllanayotgan bir paytda bu muhim ahamiyat kasb etadi. Endi
har galgidan ham hushyorroq bo‘lishimiz, qo‘lga kiritgan buyuk
ne’matni asray olishimiz kerak.
Xatti-harakatlar, intilishlar har qanday sharoitda ham umumxalq
manfaatini hisobga olib, unga tayansagina qadriyatga aylanadi. Qad-
riyatlar esa bebaho mulk. Ulami xalq yaratadi, xalq baholaydi, o‘zi
asrab-avayiaydi. Demokratiya xuddi ana shunday buyuk ne’mat.
Uni oliy
qadriyat sifatida tushunish, unga bo‘lgan munosabat har
bir fuqaroning ichki madaniyatidan, m a’naviy-axloqiy qiyofasidan,
demakki, butun millatning umumiy madaniy saviyasidan, siyosiy va
ijtimoiy faolligidan dalolat beradi.
Muxoliflarimiz so‘z va fikr erkinligi zarur, deb da’vo qiladilar,
uzoq-yaqindan ayyuhannos solishadi. Biroq, ular hech narsa bilan
chegaralanmagan so‘z va fikr erkinligi noo‘rin va beo‘xshovgina
bo‘lib qolmay, balki u xalq boshiga cheksiz kulfatlar keltirishi ham
mumkinligini tushunmaydilar yoki tushunishni istamaydilar. Bu haq-
da o ‘ylaganda beixtiyor atoqli faylasuf Andre Jidning «Erkin
fikr-
lash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun eng aw alo xatti-harakatlarimiz
og‘ir oqibatlarga olib kelmasligi kafolatiga ega bo‘lmoq lozim», -
degan so‘zlari yodga tushadi.
Demokratiyani Prezident yoki hukumat bir farmon yo qaror
bilan, parlament bir qonun bilan o‘matib bermaydi. Uni xalq o ‘zi
uchun o ‘z aql-idroki va zakovati bilan yaratadi.
f t
Demokratiyani anglash - shaxsning hamma uchun birday zarur
bo‘lgan qonunlarga to‘la rioya etish, aniq tartib-intizomga tayanib
183
yashash salohiyati. Demokratiya bizni inson haq-huquqlarini himoya
qiladigan, umumxalq va umumdavlat manfaatlarini asraydigan bar-
cha qonunlarga bo‘ysunib yashashni o‘rgatadi.
Demokratiya faqatgina siyosiy, huquqiy yoki ijtimoiy kategoriya
emas. Ayni paytda u ma’naviy-axloqiy kategoriyadir. Demokratiya -
bu hokimiyatsizlik yoki separatizm emas!
U davlat birligi va Konsti-
tutsiya asosidagi qat’iy tartib-intizomdir.
Erkinlik, demokratiya o‘ziga hammani bo‘ysundirmasligi,
hammani zabt etmasligi, balki u aql-idrokka bosh egishi, uning
yo‘rig‘ida yurishi lozim. Binobarin, biz eng aw alo erkinlikni, de-
mokratiyani tarbiyalashimiz kerak. Chunki, u sog‘lom fikrlar va
shakllangan aql-idrok ta’sirida bo‘lsagina bizni tarbiyalashi, jamiyat-
ni sogMomlashtirishi mumkin.
Qolaversa, har bir xalqning fikrlash darajasi voqea va hodisa-
larga
munosabati, uni baholash tarzi, o ‘zining tarixiy kelib chiqishi,
qadimiy an’analar asosida shakllangan turmush tarzi va tabiati bilan
belgilanadi. Qarb demokratiyasida ochiqdan-ochiq munosabat, Sharq
demokratiyasida esa aksincha - andishalilik, G‘arbda ota-onasini
sensirash, Sharqda esa o ‘zidan kattalarga, rahbarga hurmat bilan qa-
rash, aql bilan ish tutish an’analari mavjud. Umuman, hayot tarzi,
an’analar hamma vaqt har bir mamlakat xalqlarining xulq-atvorini
shakllantiradi.
Xatti-harakatini, voqealarga munosabatini odatga ay-
lantiradi, millatning qon-qoniga singib ketadi, ming bir hujayrasidan
joy oladi. Demak, Mag‘ribdagi turmush tarzini zo‘rlab Mashriqqa
tiqishtirish, Mashriq hayotini Mag‘ribga ko‘chirish mumkin emas.
Ayrimlar 0 ‘zbekistonni Amerika Qo’shma Shtatlari, Olmoniya,
Fransiya, Angliya va boshqa bir qator mamlakatlardagi ahvol bi
lan solishtiradilar. Bu unchalik to‘g ‘ri muqoyasa emas. Birinchidan,
mazkur mamlakatlarda chinakam, risoladagidek
demokratiya mav-
judligiga hech kim kafolat bermaydi. Sababi, hayot borki, qaysidir
darajada «tartibbuzarlik» sodir boiadi. Insonning tabiati shunday.
Bunday holat fuqaro va davlat o ‘rtasidagi munosabatlarda ham, fu-
qarolaming o‘zaro munosabatlarida ham yuz bermoqda. Qolaversa,
bu mamlakatlarda inson huquqlari, davlat va fuqaro o ’rtasidagi mu-
nosabatlar borasida to’plangan tajribalar, amalga oshirilgan ishlar
ikki yuz va undan ortiq yillar mahsuli ekanligi hammaga ayon. Mus-
taqil 0 ‘zbekistondan tarixan juda qisqa vaqt ichida G‘arb davlatlari-
dagidek keng miqyosli tadbirlami amalga oshirishni talab etish aqlga
sig‘maydi.
Odamlar dunyoqarashi, fikrlash tarzi va onglilik darajasi-
ni bir kun yo bir yilda o’zgartirish sira mumkin emas.
Biroq, masalaning boshqa tomoni ham bor. Bu rivojlangan
184
mamlakatlar mustaqillikka erishgan davr bilan bugungi kun ijtimoiy-
siyosiy jarayonlarining turlichaligi, odamlar dunyoqarashi va ong-
lilik darajasidagi o ‘zgarishlami taqqoslaganda yaqqolroq ko‘rinadi.
Mazkur rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 0 ‘zbekistonda huquqiy
demokratik davlatni vujudga keltirish jarayoni ancha tez, shiddatli-
roq tarzda bormoqda.
Ana shundan kelib chiqib Prezident Islom Karimov
Dostları ilə paylaş: