11
1.Ta‘limotlar bo‗yicha yondashuv:
-ilmiy boshqaruv ta‘limot maktabi;
-ma‘muriy boshqaruv;
-insonlar orasidagi munosabat va hatti-harakat haqidagi fanlar;
-boshqaruv fani yoki miqdoriy uslublar.
2.Jarayon yondashuvi boshqaruvni uzluksiz boshqarish funksiyalarining yig‗indisi
sifatida o‗rganadi.
3.Tahliliy yondashuv.
4.Vaziyat yondashuvi.
3.Menejmentning tarixiy rivojlanish bosqichlari
Sotsiologlarning katta guruhi sanoat sotsiologiyasi sohasida tadqiqot olib boradilar.
«ijtmoiy tizim» maktabi o‗zidan avvalgi maktablarga nisbatan keng qo‗lamdagi
muammolarni hal etishga, boshqaruv nazariyasini yaxlit holga keltirishga intiladi. Lekin
boshqaruv nazariyasini tuzishga intilish uni hozirgi kapitalistik dunyo sharoitidan
uzoqlashib ketishga va natijada uning unchalik keng yoyilmasligiga olib keldi.
Agar «klassik» maktab namoyondalari nizolarni moddiy rag‗batlantirish yoki
jixozlash yo‗li bilan, «inson munosabatlari» maktabi ishlab chiqarish jarayonini adolatli
qilish yo‗li bilan hal qilishni taklif etgan bo‗lsalar, «ijtimoiy tizimlar» maktabi
mehmonxonada nizalarning mavjud bo‗lishi uning tabiatidan kelib chiquvchi holat deb
hisoblab, asosiy vazifa nizolar va ularning oqibatini yumshatishdan iborat deb
ta‘kidlaydilar.
50-yillarning boshida menejment nazariyasi rivojlanishiga «yangi»
maktab katta
ta‘sir ko‗rsatdi. U menejmentga aniq fanlar uslub va usullari - qarorlar qabul qilishni
matematik modellashtirish, matematik mantiq, davturlash, iqtisodiy jarayonlarni
matematik modellashtirish usullarini joriy qilish bilan ajralib turadi. «Yangi»
maktabning eng yorqin namoyondalari - R.Akkof, L.Kleyn, V.Lyus va boshqalardir.
Bu maktabning shakllanishi kibernetika va jarayonlarni o‗rganish rivojlanishi bilan
bog‗liqdir. Jarayonlarni o‗rganish
zaxiralar, resurslar taqsimti, eskirgan uskunalarni
almshtirish, maqbul ravishda rejalash tirishni boshqarishni matematik modellashtirish
bilan bog‗liqdir. Keyinchalik «yangi» maktab tarkibida mustaqil fan - boshqaruv
qarorlarini qabul qilish nazariyasi shakllandi. Xorijiy menejment rivojlanishining qisqa
tavsifi boshqaruvni takomillashtirish yangi usullari va shakllarini izlash uzluksiz davom
etganligidan dalolat beradi.
«Yangi» maktab - bu «ijtimoiy tizimlar» maktabining mantiqiy davomidir.
Rossiyada boshqaruv fani XX asrning 20-yillaridan boshlab shakllana boshladi. Bu
davrda mehnat va boshqaruv muammolariga bag‗ishlangan o‗nlab
jurnallar, jumladan
«boshqaruvni tashkil etish», «Mehnatni tashkil etish», «Boshqaruv texnikasi», «Xo‗jalik
va boshqaruv» kabi oynomalar nashr qilindi, xorijiy ishlab chiqarishni tashkil etish va
boshqaruv bo‗yicha mutaxassilar asarlari rus tiliga tarjima qilindi. 1921 yilda Markaziy
mehnat instituti tashkil etildi.
Boshqaruv nazariya va amaliyotiga katta xissa qo‗shgan taniqli olim - Aleksey
Kapitanovich Gastev (1882-1941) edi. Uning «Qanday ishlamoq kerak?», «Mehnat
me‘yorlash va tashkil etish», «Mehnat qo‗llanmalari», «Madaniyat qo‗zg‗oloni», «Ishlab
chiqarishni MMI usullari bilan tartibga solish» kitoblari nashr etildi. A.K.Gastev
12
rahbarligi ostida MMI da mehnatni tashkil etishning yangi usullarini o‗rganish,
loyihalash va joriy qilish, turli mutaxassislikka ega ishchilarni o‗qitishva
malakasini
oshirishning maqbul tizimini yaratish bo‗yicha salmoqli ishlar amalgaoshirildi.
A.K.Gastev asarlari jeda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega, u tomonidan ishlab
chiqilgan taklif va tavsiyalar hozirgi davrda ham dolzarbdir. Mehnatni ilmiy tashkil etish
va boshqaruv fanining yana bir tashabbuskori - Platon Mixaylovich Korjensev (1881-
1940). P.M.Korjensev 1923-1924 yillar davomida Butun Ittifoq mehnatni tashkil etish
Kengashi prezidiumi a‘zosi bo‗lgan va «Pravda» gazetasida ishlagan. Bu yil davomida u
«Mehnatni ilmiy tashkil etish», «Tashkil etish tamoyillari», «Vaqt uchun kurash»,
«O‗zingni o‗zing tashkil et» singari asarlarini yozdi. P.M.Korjensev tomonidan tavsiya
etilgan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlash, mehnat sharoiti, moddiy
vositalardan to‗g‗ri foydaanish xaqidagi takliflar juda dolzarb edi.
Mehnatni tashkil etish va boshqarish nazariyasiga bu muammo bo‗yicha tadqiqot
olib borgan P.A.Popov, O.A.Ermanskiy va boshqalar ham salmoqli xissa qo‗shganlar.
1985 yildan boshlab menejment rivojlanishida yangi davr boshlandi. Tub islohatlar
boshqaruvni
jamiyatni damokratlashtirish, oshkarolik va pastdan yuqoriga halq
hokimiyatini o‗rnatish asosida takomillashtirishning asosiy yo‗llarini ifodalab berdi.
Jamiyatda demokratik jarayonlar chuqurlashuvi va rivojlanishi bozor munosabatlariga
o‗tishga asos bo‗ldi. Jamiyatdagi tub o‗zgarishlar siyosat, iqtisodiyot, mnejment
uslublari va texnologiyasiga jiddiy o‗zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‗ydi.
O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini boshqarishni isloh qilish hozirgi davrgacha
mavjud bo‗lgan tajriba, jamiyat hayotining iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy sohalarini
boshqarishning bozor nazariyasiga, qabul qilingan qonun va xuquqiy xujjatlarga
asoslangan holda amalga oshiriladi. Menejment sohasida jaxon tajribasi, rivojlangan
mamlakatlar va o‗zimizda to‗plangan tajribadan foydalaniladi.
Bozor infrastrukturasini rivojlantirish ko‗p yillarga mo‗ljallangan
strategik
vazifadir. Mamlakatimiz «falaj qilib davolash» usulidan voz kechdi. Bu erda bozor
munosabatlariga o‗tish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat mulki xususiy
mulk bilan bir vaqtning o‗zida kooperatsiya, tadbirkorlik, chet ellik firmalar,
banklar
bilan hamkorlikka asoslangan holda turli xo‗jalik yuritish usullarini qo‗llash yo‗li bilan
amal qilishi kerak.
Menejment oldiga qo‗yilgan ko‗pchilitk vazifalar muvaffaqiyatli hal etilmoqda.
Hozirda iqtisodiy mehmonxonalar vazifalari o‗zgartirildi, boshqaruvning bozor
munosabatlariga
o‗tishi
amalga
oshirilmoqda,
boshqaruvning
ixtisoslashuv
chuqurlashuvi va kooperatsiya bo‗yicha aloqalar barqaror bo‗lishini ta‘minlovchi yangi
tashkiliy tizimlari vuudga kelmoqda.
Islohatlar iqtisodiyotni boshqarishning barcha bo‗g‗inlarini - asosiy bo‗g‗in
(korxona)dan to boshqaruvning oliy bo‗g‗inlarigacha qamrab olgan. Korxonalar
to‗g‗risidagi qonun korxonalar erkinligi miqyosini kengaytirdi, ularning ish natijalari
bo‗yicha iste‘molchilar olddagi majburiyatlarini oshirdi.
Dostları ilə paylaş: