16
Bu darajadagi rejalashtirishning asosiy vazifasi mehmonxona o‗zining bozor
sharoitida o‗zini qanday tutishini aniqlash. Boshqaruvning o‗rta darajasidagilar taktik
rejalashtirish bilan shug‗ullanishadi, ya‘ni strategik maqsadlarga erishish yo‗lidagi oraliq
maqsadlarni aniqlaydilar. Taktik rejalashtirish strategik rejalashtirish bilan har
tomonlama to‗g‗ri kelishi kerak.
Faqatgina yagona farqi shundaki, agar masalan 3 ta turli bo‗limlarning boshliqlari
bor bo‗lsa ularning har biri o‗z faoliyatini qolgan ikkala bo‗lim boshliqlari bilan
moslashtirishi kerak va bu rejada aks ettirilishi kerak. Taktik rejalashtirishning yana bir
ma‘suliyatli tomoni shundaki taktik reja strategik reja g‗oyasi asosida tuzilishi kerak.
Reja mehmonxonaning qo‗yi bo‗g‗inida ham amalga oshiriladi. Bu operativ reja deb
atalib, rejalash-tirishning asosiy negizidir. Operativ rejalarda faoliyat standartlari,
ishlarning tavsifi va boshqalar bir tizimga solinadi. Bu tizim asosida har bir kishi
umumiy va bosh maqsadga erishish uchun butun kuchini ishga soladi.
Biroq hech kim yakka holda o‗z maqsadlarini o‗rnatmaydi va ularga erishishning
o‗z yo‗lini tanlamaydi. Har bir menejer operativ reja asosida o‗zining qisqa muddatli
taktikasini ishlab chiqadi. Buning yordamida o‗zining har bir faoliyatining to‗g‗ri
bo‗lishini ta‘minlaydi, mehmonxona faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini
aniqlaydi. Bunday yondashuv doimiy ravishda kamol topishi uchun sharoit yaratib
beradi. Bu uchala turdagi rejalar umumiy tizimni tashkil qiladi va bu tizim bosh yoki
umumiy rejani yoki bo‗lmasam biznes-reja deb ataladi.
Rejalashtirishning va boshqaruv funksiyasining ham samaradorligi ko‗p jihatdan
quyidagi tamoyillardan qaysilariga tayanilganiga bog‗liq:
To‗liqlik-rejalashtirish paytida mehmonxona rivojlanishi uchun ahamiyat-li bo‗lgan
barcha hodisa va holatlar hisobga olinishi zarur;
Aniqlik-rejalarni tuzishda bashoratning aniqligini ta‘minlovchi zamonaviy usullar,
vositalar, taktikalardan foydalanish lozim;
Oshkoralik-rejalashtirish maqsadi va usullari mehmonxonaning har bir a‘zosi uchun
tushunarli, oson va sodda bo‗lishi kerak;
Uzluksizlik-bu bir martalik akt emas, uzluksiz jarayon;
Tejamkorlik-rejalashtirishga ketadigan xarajatlar undan keladigan foydadan kelib
chiqishi lozim.
Rejalashtirish menejarlar o‗z ishida qo‗llashi mumkin bo‗lgan barcha usullar,
taktika va chora-tadbirlardan foydalanishni taqozo etadi. Rejalashtirish ko‗rinishlari
an‘anaviy usullar ya‘ni budjet usuli, modellashtirish usuli, rejaning har bir bo‗limini
o‗yinlar nazariyasi va ssenariyni loyihalashtirish asosida ishlab chiqish usuli kabilar
natijasida doimo o‗zgarib turadi.
Bunday texnikadan foydalanish rejalashtirishdagi noaniqliklarni kamaytiradi,
istiqbolning to‗g‗riligini tasdiqlaydi, menejerlarga rejaga tasir qiluvchi omillarni
aniqlash va tahlil qilishga yordam beradi.
Rejalashtirishda qo‗llaniladigan vositalarning bir qancha keng tarqalgan turi bu
budjet usulidir. Uning yordamida naqd pullar, kapital va boshqa resurslarning oqib
kelishi va chiqib ketishini yaqqol tasavvur qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: