18
Mehmonxonada tuzilgan har qanday rejaning tashkil etish - shakllantirish bosqichi
bo‗ladi. Bu bosqichda rejalashtirilgan maqsadlarga erishishga real sharoit yaratiladi.
Masala firmaning muammolarini yechish uchun kerakli barcha vositalar bilan
ta‘minlovchi tarkibini yaratish to‗g‗risida bormoqda. Tashkil etish funksiyasi har qanday
mehmonxonada boshqaruvning texnik,
iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va huquqiy
tomonlarini tartibga solishini ta‘minlaydi. Bu menejer va boshqa ijro etuvchilarning
faoliyatini tartibga solishga qaratilgan.
Ma‘lumki, barcha ishni odamlar amalga oshiradi, demak bu funksiya orqali umumiy
bajarilishi kerak bo‗lgan vazifalardan aniq bir vazifani kim bajarishini va buning uchun
qanday vositalar zarurligi aniqlanadi. Shakllantirish funksiyasi orqali maqsadga muvofiq
ravishda munosabatlar va korxonaning boshqaruvi ro‗y berishi kerak. Shakllantirish bu
mehmonxona maqsadiga erishish vositasi. Iqtisodiy nuqtai-nazaridan samaradorlikga
olib keladi. Xodimni boshqarish nuqtai-nazaridan esa ishga ma‘no
beradi va ishni ijro
etuvchilariga taqsimlab beradi.
Turoperatorlar ishini tashkil etish misolida boshqaruvni tashkil etish funksiyasini
yanada yaqqolroq tasavvur qilish mumkin. Ma‘lumki, turoperator ishlab chiqarish, savdo
va axborot bilan bog‗liq vazifalar va yangi hududni o‗zlashtirish, o‗rganish vazifalarini
bajaradi. Bu vazifalarning har biri bo‗yicha javobgar shaxslarni tayinlaydi va vazifalarni
taqsimlaydi. Ya‘ni, firmaning barcha bo‗limlari o‗rtasidagi doimiy va vaqtinchalik
o‗zaro munosabatlarini va firma faoliyati shart sharoitlarini belgilaydi. Bu odamlar va
vositalarni firma maqsadlariga erishish yo‗lida birlashtirish jarayonidir.
Turli xil rejalarga ega bo‗lgan, lekin ularni hayotga tadbiq qilish strukturasiga ega
bo‗lmagan turistlik firmaning ishi yurishmaydi. Rejalashtirish firma maqsadlarini amalga
oshirish uchun sahna tayyorlaydi (strukturani
shakllantiradi, sahnada «o‗ynaydigan»
apparatni yaratadi). Boshqaruvning tashkil etish funksiyasi esa asosiy komponenti
odamlar bo‗lgan ishchi tizimni yaratadi.
Firma rejalarini bajarishi va maqsadlariga erishishi uchun qator elementlarni
shakllantirishi lozim. Turi va faoliyat masshtabidan qat‘iy nazar, har qanday firma
qaysidir darajada tashkil etilgan bo‗lishi lozim. Tashkil
etish funksiyasini bajarish
davomida qo‗llash kerak bo‗lgan bir qator tamoyillar mavjud:
-rejaga kiritilgan firma maqsadlarini aniqlab olish;
-bu maqsadlarga erishish uchun zaruriy faoliyat turlarini aniqlab olish;
-individlar (mehnat bo‗limlari) ga turli xil vazifalarni topshirish va ularni
boshqaruvchi ishchi guruhini birlashtirish;
-har bir guruhga topshirilgan turli faoliyat ko‗rinishlarini ishchilarning o‗zaro
aloqasini qrnatish. Bunda kim rahbarlikni olib borayotganligini to‗g‗ri aniqlash (bitta
bo‗ysunuvchiga ikkita rahbar bo‗lishi mumkin emas) ya‘ni guruhning har bir a‘zosi nima
qilishi kerakligi, qancha muddatda va unga kim rahbarlik qilayotganligini bilishi shart;
-maqsadlar birligi – mehmonxonaning har bir a‘zosi umumiy maqsad uchun
ishlaydi, ya‘ni hech kim mehmonxona maqsadlariga qarshi ish qilmasligi lozim.
Bitta menejer rahbarlik qilishi kerak bo‗lgan xodimlarning ideal miqdorini aniqlash
oson emas. Real hayotda bu miqdor
mehmonxonadan-mehmonxonaga, boshqaruvning
bir bug‗unidan boshqasiga o‗tgan sari keskin farq qiladi. Boshqaruvning yuqori
19
bo‗g‗inidagilarning qo‗l ostida ko‗pi bilan 10 ta xodim bo‗lsa, qo‗yi bo‗g‗in
rahbarlarining qo‗l ostida bir muncha ko‗proq xodim bo‗lishi mumkin.
Shundan kelib chiqib, boshqaruvchilik me‘yorini aniqlovchi ikkita muhim omilini
ajratib ko‗rsatish mumkin. Bular – vaqt va davriylik, ya‘ni menejer qo‗l ostidagilarning
har biri bilan muloqat qilishga qancha vaqt ajratish kerakligi va buni qanchalik tez-tez
amalga oshirishi. Tabiiyki bu ko‗p jihatdan menejerning
xodim bilan muloqat qilish
mahoratiga, hal qilinayotgan masalaning murakkabligiga, ish jarayoniga qanchalik
qiziqishiga bog‗liq. Shunday qilib tashkil etish bu – korxona tarkibining yaratiladigan
va saqlanadigan jarayoni hisoblanadi.
Motivatsiya - mehmonxona a‘zolarining rejani bajarishi
va ular bajarayotgan ish
topshirilgan majburiyatlarga mos kelishi demak.
Rag‘batlantirish - inson ehtiyojlarini yaxshi ish orqali qondirishdan iborat.
Tashkiliy struktura samaradorligida juda yaxshi tuzilgan reja, zamonaviy
texnologiya bilan taminlangan bo‗lsa ham, lekin ishchilarning mehnat motivatsiyasiz
firma xohlaganidek natijaga erisha olmaydi. Mehnat jamoasi azolari busiz o‗zlarining
majburiyatlarini to‗liq bajara olishmaydi. Nima uchun odamlar ishlashadi? Nima uchun
biri
yaxshi ishlaydi, ikkinchisi yomon? Odamlar yaxshi ishlashlari uchun nima qilish
kerak? Ishlashga qanday xohish va ehtiyoj tug‗iladi? Bu savollarga javoblarni
motivatsiya muammolarini o‗rgangandan so‗ng olsa bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: