20
Biz biror-bir mehmonxonani ishlab turibdi deganimizda, unda ishlaydigan odamlar
ma‘lum bir faoliyat bilan shug‗ullanishayotganligini nazarda tutamiz. Ko‗pchilik
odamlar o‗z faoliyatlarini bir kunini (oylarni,
yillarni, va boshqalarni) rejalashtirib
olishadi. Keyin o‗sha rejalarini bajarish uchun kerakli resurslarni tashkil etadilar. Vaqt
o‗tishi bilan bajargan ishlarini va ilgari oldiga qo‗ygan maqsad va vazifalar bilan
solishtiradilar. Demak, biror oddiy ishni bajarish uchun
ham oqibatda qanday natija
kutilayotganligi, ishni qanday tashkil qilish, ishni bajarilishiga qiziqtirish va nazorat
qilish kerak bo‗ladi. Bularning barchasi boshqaruv funksiyalari bo‗lib,
rejalashtirish
funksiyalari bilan uzviy bog‗langan bo‗ladi.
Masalan, nazorat funksiyasining bajarilishi to‗g‗risida olingan axborot menejerga
uning rejalari (rejalashtirish funksiyasi) qanday amalga oshirilayotganligi haqida ham
ma‘lumot beradi. Ayni paytda nazorat motivatsiyani hisobga olgan va tashkillashtirilgan
(motivatsiya va tashkil etish funksiyalari) bo‗lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: