14
vujudga kelishiga turtki bo‗ldi. Uning eng taniqli namoyondalari D.March, G.Saymon,
A.Etsioni va boshqalardir. «Ijtimoiy tizimlar»maktabi «inson munosabatlari» maktabi
xulosalariga asoslanib, korxonaga o‗zaro bog‗liq va o‗zaro ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar
majmuidan iborat kompleks tizim sifatida qarab, inson bu omillarni biri deb hisoblaydi.
Umuman, to‗rt ta‘limot maktabining boshqaruv fikrining rivojlanishiga qo‗shgan
hissasi quyidagilar:
A.Ilmiy boshqaruv ta‘limot maktabi:
a)vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi uslublarni aniqlashda ilmiy tahlildan
foydalanish;
b)vazifalarni bajarish uchun eng mos keladigan xizmatchilarni tanlash va ularni
o‗rgatish;
v)o‗z vazifalarini samarali bajarishi uchun xizmatchilarni kerakli resurslar bilan
ta‘minlash;
g)ish unumdorligini oshirishda moddiy rag`batlantirishdan tizimli yondashuv
asosida va to‗g‗ri foydalanish;
d)rejalashtirish va fikr yuritishni ish bajarishdan ajratish.
B.Mumtoz (klassik) boshqaruv ta‘limot maktabi:
a)boshqaruv tamoyillarining rivojlanishi;
b)boshqaruv vazifalarini ta‘riflash;
v) utun mehmonxonani boshqarishga tizimli yondashuv.
D.Insonlar orasidagi munosabat ta‘limot maktabi va xatti-harakat haqidagi fanlar
ta‘limot maktabi:
a)shaxslararo munosabatlar uslubini qo‗llab qoniqish darajasi va unumdorlikni
oshirish;
b)insonlar orasidagi munosabat fanlarini boshqaruv va mehmonxona shakllanishida
qo‗llash.
E.Ilmiy boshqaruv ta‘limot maktabi:
a)modellarni qo‗llab murakkab boshqaruv muammolarini anglash;
b)murakkab vaziyatlarda qaror qabul qiluvchi rahbarlarga yordam beruvchi
miqdoriy usullarni rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: