O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/85
tarix02.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#171115
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85
Mehmonxona xo\'jaligi-1

 
3-MAVZU.
BOSHQARISH NAZARIYASI VA AMALIYOTINING 
RIVOJLANISH TARIXI 
Reja: 
1.Boshqaruv nazariyasining rivojlanish tarixi 
2.O„zbekistonda menejmentning paydo bo„lish jarayonlari 
3.Menejmentning tarixiy rivojlanish bosqichlari 
4.Menejment tarixining bosqichlari va maktablari 
 
1.Boshqaruv nazariyasining rivojlanish tarixi 
Xorijiy menejment monopolistik kapitalizm davrida vujudga kelgan. Uning 
shakllanishidan oldin boshqaruv vazifalarining ajratilishi, unga xos bo‗lgan boshqaruv 
mehnatining tarqalishi, uning maxsus nazariy asos yaratilishiga ehtiyoj o‗sishi yuz berdi. 
Menejment nazariyasini asoschilari Teylor, Ford, Gilbert, Emerson, Fayol va 
boshqalardir. Boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki yo‗nalishi «klassik» 
(an‘anaviy) maktab nomini olgan. Bu maktabning vujudga kelishida amerikalik 
muhandis va tadqiqotchi Frederik Teylorning xizmati katta.
Iqtisodiyotni boshqarish sohasining yana bir yirik nazariyotchisi - Garrington 
Emerson (1853-1931) edi. U «Unumdorlikning o‗n ikki tamoyili» asarini yozib, bu 
asarda u birinchi bo‗lib inson faoliyatini maqbullashtirishga qarashlar tizimini bayon 
qilib berdi. Emerson quyidagi tamoyillarga asoslangan maksimal mehnat unumdorligiga 
erishish usulini ishlab chiqdi. 
- Aniq belgilangan g‗oya va maqsudlar; 
- Aqli rasolik; 
- Asosli maslahat; 
- Qat‘iy intizom; 
- Xodimlarga nisbatan adolatli munosabat



10 
- Markazlashtirish; 
- Tezkor, ishonchli, to‗liq, aniq va doimiy hisob; 
- Me‘yor va tartib; 
- Sharoitni normallashtirish; 
- Operatsiyalarni me‘yorlash; 
- Yozma standart qo‗llanmalar; 
- Unumdorlik uchun rag‗batlantirish. 
O‗z xulosalariga qo‗shimcha qilib boshqarish uslubini bayon qilish bilan muallif 
klassik konsepsiyaga salmoqli xissa qo‗shdi. 
Sanoat korxonalarini tashkil etish va boshqarish masalalarini o‗rgangan yana bir 
amerikalik iqtisodchi Gamilton Cherch (1866-1936) o‗z diqqat e‘tiborini boshqarishning 
umumiy nazariy tamoyillariga qaratdi. Amerikalik boshqa nazariyotchilardan farqli 
G.Cherch tayyor qonun - qoidalarni tavsiya qilmagan. U barcha sanoat korxonalarini 
boshqarishning umumiy nazariy tamoyillarini belgilab berdi, boshqaruvning umumiy 
vazifalari bilan uni tashkil etish tamoyillarini ko‗rsatib berdi.
O‗zining «ishlab chiqarishni boshqarish asoslari» kitobida u boshqarish 
vazifalarining quyidagi klassifikatsiyasini bayon qilib bergan: loyihalashtirish, uskuna 
bilan ta‘minlash, buyuruvchilik, hisob va amalga oshirish. G.Cherch kitobining ayrim 
nazariy qoidalar hozirgi davrda ham ilmiy va amaliy qimmatga egadir. 
Ilmiy boshqaruv rivojlanishiga hisob va rejalashtirishning chizma usulini ishlab 
chiqqan Genri Gant (1861-1919) va ishini maqbullashtirish uchun standart harakatlarni 
qo‗llab ayrim ishlarni bajarish usullarini taklif etgan Frenk Gilbert (1868-1924) salmoqli 
xissa qo‗shganlar. Shuningdek, menejment nazariyasiga Fransuz muhandisi Anri Fayol 
muhim xissa qo‗shgan, u boshqaruv vazifalari maqbullashtirish - oldindan ko‗ra olish, 
tashkil etish, buyurish, kelishuv, nazorat qilishga tenglashtirgan 1916 yilda uning 
«Umumiy va sanoat boshqaruvi», 1924 yilda «Mehnatni ilmiy tashkil etish» va «Ijobiy 
boshqaruv» asarlari chop etildi.
Genri Ford ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishning tashkiliy-texnikaviy
tamoyillarini yaratgan. Fordizm faqat boshqaruv texnikasi va tashkil etish rivojlanishida 
emas, balki mehnat unumdorligi o‗sishida ham yangi bosqich bo‗ldi. Ford ham Teylor 
singari kam xarajat bilan yuqori mehnat unumdorligiga erishishni maqsad qilib qo‗ygan 
bo‗lsada, unga boshqa yo‗l bilan erishishga harakat qildi. Teylor inson mehnatini tashkil 
etishga alohida e‘tibor bergan bo‗lsa, Ford texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni 
takomillashtirishga e‘tibor bergan.
XX asrning 20-yillaridan menejment rivojlanishining yirik kapitalistik ishlab 
chiqarish ehtiyojlariga asoslangan yangi bosqichi boshlandi. Nazariyotchilar 
Teylorizmni nisbatan moslashuvchan tizim bilan almashtirishga harakat qildilar. Ular 
boshqarishning sotsiologik va psixologik jizatlariga e‘tibor berib, ularni ilmiy 
menejment tarkibiga kiritdilar.
Davlat va iqtisodiyotni boshqarish nazariyasining ayrim jihatlari sharqning 
iqtisodiy g‗oya rivjlanishiga xissa qo‗shgan yirik alloma va davlat arboblari - Farobiy, 
Ibn Sino (IX-X asr), Xos Xojib (XI-XII asr), Amitr Temur. Ibn Holdun (XIII-XIY asr), 
Bobur, Alisher Navoiy asarlarida yoritilgandir. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin