2.Boshqaruvning asosiy tushunchalari va ularning mohiyati Mehmonxona - turli xizmatlar taklif qiluvchi turistlarni joylashtirish obekti.
Boshqaruv metodi - qo‘yilgan maqsadga erishish uchun boshqariladigan obyektga
ta'sir etish usullari va metodlari jamlanmasi.
Boshqaruv psixologiyasi - amaliy psixologiya tarmog‘i, boshqaruv faoliyati
psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi. Boshqaruv psixologiyasining asosiy vazifasi
boshqaruv faoliyati xususiyatlari, uning samaradorligini oshirish va psixologik
sharoitlarini ta hlil qilish bilan bog‘liq.
Boshqaruv qarori - boshqaruv mehnatining asosiy turi, boshqaruv harakatining
mantiqiy ketma-ketligi va maqsadga qaratilgan o‘zaro bog‘liqligi jamlanmasi.
Boshqarish sifati - boshqaruv tadbirlari tizimi, chiqarilayotgan mahsulot sifatini
oshirish va uning standartga mos kelishi muammosini hal qilishga qaratilgan.
Boshqaruv dasturi - barcha ishlar tafsilotini sinchiqlab yozib chiqishni taqozo etadi,
qaysikim oldinda bajarish turibdi, takrorlanadigan hulq ma'lum sonlar sxemasini ishlab
chiqish tushuniladi.
«Yulduzlar» tizimi - mehmonxonalarning shinamlik darajasini belgilovchi (bir
yulduzdan besh yulduzgacha) mezon bo‘lib, u ko‘pincha Yevropa va Shimoliy Amerika
mamlakatlari mehmonxonalar klassifikatsiyasi tizimida qo‘proq amalda qo‘llaniladi.
Mehmonxonalar zanjiri - o‘zida otellar guruhi (ikkita undan ko‘p)ni
mujassamlashtirgan umumiy rahbarlikka, mahsulotlar harakati va savdo markasi
konsepsiyasiga ega bo‘lgan korxonalardir.
Mehmondorchilikda menejment - turizm menejmenti qaysikim mehmondorchilik
boshqaruv sistemasi ishini tadqiq qiladi.
Kadrlar - mehmonxonaning shtatida turgan xodimlarning asosiy malakali tarkibi.
Nomer - bino, bitta yoki bir nechta xonalardan iborat, Ushbu kategoriyalardagi me
hmonxonaga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha bir kishilik yoki ko‘p o‘rinli, zarur barcha
jihozlar bilan ta'minlangan.