6
Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi bo‗lib,
turli iqtisodiy, tashkiliy,
ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko‗rinishlarda bo‗ladi.
Boshqaruv munosabatlari boshqaruv qo‗l ostidagi xodimlar o‗rtasidagi aloqa va o‗zaro
ta‘sirning murakkab majmuasini ifodalaydi. Demak, menejment bu eng avvalo kishilarni
boshqarish.
Mehmonxona xo‗jaligini boshqarishda bevosita boshqaruv obyekti mehnat
jamoalari va alohida xodimlardan iborat. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida
ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya‘ni mehnat qurollari va predmetlariga ta‘sir
etiladi.
Fanining o‗qilishidan maqsad – turizm sohasi jadal
rivojloanayotgan sharoitda
uning tarkibiy qismi hisoblangan mehmonxonalarda boshqaruvni samarali tashkil etish
orqali ularning faoliyati samaradorligini oshirishga erishish.
Fanning vazifasi – boshqaruvning mohiyati, ahamiyati uning mehmonxona
xo‗jaliklarini rivojlantirishdagi o‗rni,
boshqaruv samaradorligi, boshqaruv usullari,
tamoyillari, boshqaruv qarorlari, menejer va rahbar uslublari, kadrlarni rejalashtirish va
ularni boshqarish jarayonlari, nizo va stress hamda ularning oqibatlari va ularning oldini
olish yo‗llari kabi bir qancha masalalar to‗g‗risida talabalarda tasavvur hosil qilishdir.
Dostları ilə paylaş: