Tog’ay Murod xirgoyilari
www.ziyouz.com
кутубхонаси
14
xalqi, millati orini olishni, vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi. Men bizning xalqimiz
kurash bilan shug‘ullansin, kurashimiz xalqaro arenalarga chiqsin
degan maqsadda emas balki
yaqinlarimiz uchun javobgarlik hissini tuyishni o‘rganaylik deb shu to‘xtamga keldim. "Yulduzlar
mangu yonadi" orqali bolalarimizda ana shunday hislarni shakllantirmoqchi bo‘ldim. Bu birinchi jihati.
Ikkinchidan, uning kitoblari bolalarga o‘zbek tilini go‘zalligini namoyon etadi. Anovi tuxumdek
silliq yozilgan asarlar voqealari qanday esimizdan chiqib ketsa, tili ham o‘quvchiga shunday yuqmaydi.
Bu xildagi asarlar faqat xabar berish bilan cheklanib qolgan. Tog‘ay Murod asarlarining esa o‘z
musiqasiga egaligi bilan kitobxonni o‘ziga jalb qilayapti. U shunchaki til yoki axborot vositasi emas,
balki musiqa vositasidir ham. Qolaversa, estetik funktsiyasi-da bor. Tog‘ay Murod prozasi she'r
bilan
bilan bitilgandek taassurot o‘yg‘otadi. Keyin Tog‘ay Murod asarlarida nafaqat tasvirlarni, qiyofalarni-
da ko‘rishimiz mumkin. Odatda biz harflarni harflarga qo‘shib ma'no chiqaramiz. Uning asarlarini
o‘qiyotgan vaqtimizda, ya'ni harflarni harflarga qo‘shganimizda musiqa taraladi. Ana shu bitta
so‘zning vazifasi muloqot vositasi bo‘lsa, Tog‘ay Murod so‘zga bir qator qo‘shimcha funktsiyalarni
yuklay oldi. U so‘z musiqa bo‘lib yangraydi. U so‘z qo‘shiqdek qalblarni larzaga soladi. U so‘z
rassom
singari portret chizadi. Ya'ni so‘zlarning o‘zi bilan bilvosita ko‘ngilni o‘zgacha bir nurga to‘ldiradi.
Qissa oxirida Bo‘ri polvon oshnasi Nasim bilan xayolan gaplashadi. Uning har bir so‘zi ta'sir kuchi bilan
insonni seskantiradi, hayajonga soldi. Ana shu so‘zlardan kelib chi³adigan g‘oyagina emas, balki
ularning aytilish ohangi, Bo‘ri polvoninig ichki kechinmalarining berilish yo‘sini ham bir musiqiydir. U
so‘z ma'nosi ham, ohangi ham o‘quvchini shunga bo‘lgan talabini qondiradi. Yana Tog‘ay
Murod
asarlari o‘zbekcha so‘zlarning ilohiy qudratidan saboq beradi.
Qozog‘istondagi o‘zbek maktablari yozilgan 9 sinf darsligiga adibning "Ot kishnagan oqshom"
qissasini ham kiritildi. Axir Tog‘ay Murodni darsliklarga kiritmaslikning sira iloji yo‘q-da. Negaki, bu
asarlar shedever asarlar-da! Ziyodulla obrazi orqali insonning nozik kechinmalari, ziddiyatlari ochib
beriladi. U kal bo‘lsa-da, ko‘nglining shu qadar nozikligi, g‘ururi shu darajada balandligi, erkakligi va
atrofini o‘rab turgan kishilarning naqadar qallobligi, sotqinligi-yu qo‘rqoqligi
qanday ifodalanganlini
ko‘ring-a. "Ot kishnagan oqshom" qissasi dunyodagi adolat va adolatsizlik haqidagi go‘zal hamda
dahshatli asar. Bu qissa adibning boshqa asarlari singari ezgulikka da'vat etadi, ezgulik va razolatning
mangu kurashishdan bahs etadi. Tog‘ay Murod asarlarini o‘qisak millatimiz yuksalishiga, ma'naviyati
balandroq, ko‘ngli tozaroq bo‘lishiga xizmat qiladi, deb o‘ylayman.
Yana bir gap, 1999 yilda adabiyotshunos olim Umarali NORMATOV rahbarligida "XX asr o‘zbek
adabiyoti" degan kitob chop etildi. Mazkur kitobda Tog‘ay Murod alohida ijodiy siymo sifatida berildi.
Shundan buyon esa adib oliy o‘quv yurtlarida muntazam o‘qitilib kelinayapti. Ayni paytda Tog‘ay
Murod ijodi yuzasidan hech bo‘lmaganda yilda bitta yoki ikkita diplom yozilmoqda...
Dostları ilə paylaş: