Microsoft Word maq togay murod ziyouz com doc



Yüklə 138,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/20
tarix02.12.2023
ölçüsü138,64 Kb.
#171184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Dilmurod Quronov va b. Tog\'ay Murod xirgoyilari

www.ziyouz.com
кутубхонаси
3
* * * 
...me’yordan ortgan tendentsiozlik – qusur, uning realizmga xos emasligi isbot talab qilmaydigan 
ayni haqiqat. Ammo «Otamdan qolgan dalalar» – davrning badiiy hujjati, unda jamiyatning 
mustamlakachilik barham topib, istiqlol ne’matiga noil bo‘lgan paytdagi ruhiyati akslangani ham 
bundan aslo kam bo‘lmagan haqiqat. Zero, unda hammamizning – «dehqon» («dehqon» – yer egasi 
demak emasmi?!) bo‘la turib «qul»likda umrguzaronlik qilgan sizu bizning kayfiyatimiz, parchalangan 
zanjirlar ustida turgancha kechmishimizga sog‘lom nazar solgan, mustabid tuzumni yanib turgan 
holatimiz akslangan. Donishmandlardan biri «Insoniyat o‘z o‘tmishi bilan kulib xayrlashadi» degan 
ekan. Asar yozilgan paytda na Tog‘ay Murod, na sizu biz o‘tmish bilan kulib, kulish qayda, xotirjam 
xayrlashishga ham qodir emasmiz, negaki, istibdod zanjirlari qoldirgan yaralardan hali qon sizib 
turgandi. Shu ma’noda, «Otamdan qolgan dalalar» – uzoq yillar yig‘ilgan dardning misoli vulqonday 
otilishi, mustamlaka bilan xayrlashayotgan xalqning yig‘i – yo‘qlovi. Yo‘q, mustamlakaga kuyib emas
toptalgan qadri, g‘ururini o‘ylab chekkan nolasi; yurakni ezadigan, ruhni tushiradigan emas, aksincha, 
kishi ruhini yuksaltiradigan, qaddini tiklaydigan nola... 
* * * 
«Otamdan qolgan dalalar»ning, umuman, Tog‘ay Murod nasrining tili o‘ziga xos, uslubi o‘ziga 
xos. Sirasi, ko‘nikib olmaguncha g‘alat ko‘rinsa ham, ehtimol. Ehtimoli nimasi, asli ham shunday-da!.. 
«Otamdan qolgan dalalar»ni o‘qiganda rahmatli bobomning So‘fi Olloyorni o‘qishi, o‘qishi emas, 
xirgoyi qilishini eslayman, beixtiyor xirgoyi qilishga o‘taman... Siz ham urinib ko‘ring-a, tilning 
nechog‘li jozib ekanini his qilasiz... Ha, darvoqe, tilingiz xirgoyi qilganida, qalbingiz some’ bo‘lsin: 
chanqovuz, nay nolalari ortidan elas-elas jang nog‘oralari – dovul sasini ilg‘aysiz, borgan sari bu sas 
kuchayib boradi... 
* * * 
...hozircha «Otamdan qolgan dalalar» tanqidchilikda ko‘proq g‘oyaviy-mazmuniy jihatlaridan 
kelib chiqib baholandi, uning poetik xususiyatlari, badiiy o‘ziga xosligini atroflicha o‘rganish, asarning 
jozibasini ta’min etgan omillarni ochib berish bugun va ertaning vazifasi bo‘lib turibdi. Shunga 
qaramay, bir gapni dadil aytish mumkin: «Otamdan qolgan dalalar»ning janrini roman deymizmi yo 
boshqami, unda voqelik realistik tasvirlangan deymizmi yo norealistik, yozuvchi munosabatini 
tendentsioz deymizmi va yo ob’ektiv – bulardan qat’i nazar, u yurtimiz tarixining muayyan bosqichida 
vujudga kelgan badiiy fenomen, yaxshi va betakror asarligicha qolaveradi. 
II 
...adabiyotimizni yangilagan avlod deb aytdik. Bu yangilanish, avvalo, insonga munosabatda yuz 
ko‘rsatdi. Endi insonni «buyuk g‘oya»ga aloqasi yo unga qilgan xizmatidan kelib chiqib baholash 
emas, uni bir inson sifatida anglash, dardu quvonchi, orzuyu armonlarini ko‘rsatishga intilish 
kuchaydi. Qarasak, atrofimizda yelib-yonib yo g‘ivirsib-tutab yurgan odamki bor, bari INSON ekan – 
har qaysisi olam ichra bir olam ekan. Tog‘ay Murod shu oddiy haqiqatni ko‘pchiligimizdan avvalroq 
anglagan, kal chavandoz yoki befarzand qariyalarning o‘y-tashvishlari, dard-armonlari, tuyg‘u-
kechinmalari ancha-munchadan qolishmaydi, «kichik odam»larda-da katta qalb bo‘ladi, degan aqida 
bilan ijod maydoniga kirgan ekan... 
* * * 


Tog’ay Murod xirgoyilari 

Yüklə 138,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin