Tog’ay
Murod xirgoyilari
www.ziyouz.com
кутубхонаси
7
Farrux Jabborov
DAVRALARI DAVOM ETADI...
1948 yil 3 fevral. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning tavalludi
rasmiy hujjatlarda
xuddi shunday qayd etiladi. U, agar hayot bo‘lganida, bu yil 60 yoshga to‘lardi. Tog‘ay Murod ellikka
ham shunchaki "lallayib" kirgani yo‘q: to‘rt qissa, bir roman va tarjimalari e'lon
qilingan, xalq orasida
shuhrat topgan, davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan edi. O‘ttiz
yoshida esa hali ilk qissa
muvaffaqqiyatidan masrur, ikkinchi asari ustida ishlayotgandi. Yigirma-yigirma besh yillik ijodiy
iztiroblar adabiyot haqidagi qarashlarimizni anchagina talotumga soladi.
U takrorlanmas va takrorlab bo‘lmas uslubi bilan nasrimizda yangilik yasadi.
Akademik
Baxtiyor
NAZAROV
ham bir davrada "Tog‘ay Murod adabiyotimizda yorqin voqea bo‘ldi!" deya baralla
aytgandi. Yozuvchining 60 yillik yubileyi arafasida adabiyotshunos olim
bilan suhbatimiz ana shu
e'tirof asoslari haqida boradi.
- Biz ijodkor shaxsini uning asarlaridan topishga harakat qilamiz. Zero, haqiqiy
yozuvchi "ko‘ngildagi kuyga tushmay" bir satr ham yozolmaydi. Ko‘pchilik "Oydinda
yurgan odamlar" qahramoni Qoplonda Tog‘ay Murodning o‘zini ko‘radi: "U mijozi xush
ko‘rmish odamlar bilan salom-alik qiladi. Bordi-keldi qiladi. Chin qalbdan gapirishadi,
Dostları ilə paylaş: