Microsoft Word maq togay murod ziyouz com doc



Yüklə 138,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/20
tarix02.12.2023
ölçüsü138,64 Kb.
#171184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Dilmurod Quronov va b. Tog\'ay Murod xirgoyilari

www.ziyouz.com
кутубхонаси
5
Qabristonlarni ziyorat qilib turish buyurilgan bizga. Bejiz emas. Qabriston – o‘tmish bilan 
kelajakni tutashtirgan joy: hammamizning ajdodlarimiz shunda, hammamizning borar joyimiz – shu. 
Qabriston dunyoning foniyligini, inson umri juda qisqaligini, kishi o‘z amallari uchun ham o‘tmish, ham 
kelajak oldida birdek mas’ulligini eslatib turadi... 
Botir firqa ruhiyatidagi burilish, yangilanishda qabriston ziyoratlari hal qiluvchi turtki bo‘ldi... 
Janozasiz ko‘milgan «raykom To‘raqulov» qabri boshidagi beo‘xshov tilovati, «hung-hung yig‘lab 
qo‘ya bergani... o‘kirib-o‘kirib yig‘lab qo‘ya bergani» – Botir firqaning tazarrusi, qo‘lidan kelgancha 
amallagan tavbasi. 
Tilovat asnosi «o‘rtoq Yagoda qilichlaridan aylanib o‘tgan, Yejov o‘qlariga chap bergan, Beriya 
qamoqlaridan eson-omon o‘tgan» Botir firqa «urush-urush» o‘ynagan bolalarni KGB fahmlab 
dahshatga tushdi... Bejiz emas: «Ilon chaqqan kishi ola arqondan qo‘rqadi»... Zarb izlari kaltaklangan 
tanadan ketar-u, kaltaklangan ruhdan aslo ketmaydi. Botir firqa muttasil qo‘rquvda yashadi, shu 
qo‘rquv uni dilidagi norozilikni o‘ldirib yashashga ko‘niktirdi. Sobiq raykom To‘raqulovni partiyaviy 
dafn etish haqida partiyaviy topshiriq olganida, ko‘ngli bunga osongina ko‘ngan emas: tuni bilan 
uxlayolmay chiqadi, lekin... ertasi marhumni janozasiz ko‘mdiradi... 
Insonda tanlov imkoniyati hamisha bor... Aytaylik, Botir firqada muttasil qo‘rquv ostida yashash 
yoki tik turib o‘lish imkonlari mavjud edi. Firqa birinchi imkonni tanladi. Tog‘ay Murod tanlash uning 
haqqi deb biladi, qoralamaydi – tasvirlab ko‘rsatadi: o‘quvchisi qarshisida tanlov imkoniyatini yaratib, 
e’tiqodiga sodiqligicha shahidlik yo‘lini tutganlar ko‘paysa deya umidlanadi... 
...ma’ni deganlari juda serqirra narsa: qay tarafdan qarama, uning qator qirralari nigohingdan 
pinhon; qay tomondan qarasang, shunga mos qirralari ko‘z oldingda namoyon: hamma qirralarni 
birdan va birdek ko‘ra olish odam bolasining chekiga tushmabdi. Roman finalini o‘zimcha angladim, 
o‘zimcha mag‘zini chaqqan bo‘ldim... 
Botir firqa ekkan chinorlar qo‘porib tashlandi, Botir firqa yaratgan bog‘ o‘rnidan Buyuk ipak yo‘li 
o‘tar bo‘ldi... Umr beiz ketdi — umr beiz ketmadi... El o‘sha chinorlar soyasidan bahra olgan, bog‘ 
mevalaridan elning og‘zi chuchigan... E-voh, soya o‘tkinchi, tot o‘tkinchi... — umr beiz ketdimi? 
Alhazar... bunaqada nafaqat Botir firqa, umuman, inson umri ma’nisiz, benaf bo‘lib chiqmaydimi?! 
Yo‘q, Botir firqa bunga ko‘nmaydi... aniqrog‘i, Tog‘ay Murodning bezovta qalbi bunga ko‘nmaydi, 
ko‘nolmaydi — u javob izlaydi, o‘rtanib javob izlaydi, yuragi yonib, jizg‘anak bo‘lib javob izlaydi... 
Izlagan — topadi: Botir firqa ham javob topdi, to‘g‘rirog‘i, uning vositasida Tog‘ay Murod javob topdi. 
Ruhiy iztiroblari adog‘ida o‘zi izlagan ma’niga yaqinlashgan Botir firqaning holatini ko‘ring: 
«joni achidi... tani kuydi» — «tan-joni... shodlandi», 
«ichi kuydi» — «ichi kuldi», 
«ko‘zlarida qayg‘u bo‘ldi» — «ko‘zlarida bayram bo‘ldi». 
Botir firqa o‘zi uchun «Biz ekkan chinorlar... Buyuk ipak yo‘li bo‘ldi» degan haqiqatni kashf etdi
«Biz endi Buyuk ipak yo‘lida yuramiz», deya faxr etdi. Avvalgi biz boshqa, keyingisi boshqa. Avval u 
o‘zini tamom ortiqcha sezgan, o‘zini eldan ajratgan edi — endi qo‘shilyapti, uni «qizil» deya chiqitga 
chiqarmoq bo‘lishgandi — chiqarolmadilar: «Odamning chiqiti bo‘lmaydi»; uni songa qo‘shdilar — u 
qayta tirildi... 
Ha, har qanday amal... ezgu niyat bilan qilingan amal-da o‘tkinchi, uning mahsuli-da o‘tkinchi, 
faqat EZGU NIYATning o‘zigina sobit, shuning o‘zigina boqiy. Ezgu niyat — avlodlar orasidagi 
ko‘rinmas zanjir, ezgu niyat o‘tmish bilan bugun va ertani birlashtiradi — hammamizni, hech bir 
«chiqit»siz bitta tomirga mansub etadi. Ezgu niyat elni xalq, xalqni millat qiladi, ezgu niyat atrofida 
birlashsagina Buyuk ipak yo‘lida millatning yo‘li unadi... Tog‘ay Murod anglagan ma’ni — shu, 
to‘g‘rirog‘i, uning kaminaga ayon bo‘lgan qirrasi — shu. 


Tog’ay Murod xirgoyilari 

Yüklə 138,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin