www.ziyouz.com кутубхонаси
8
- Bu o‘ziga xos isyon ham edi. Bobolarining qoni uyg‘ongan-da tomirlarida. - To‘g‘ri, axir u kimsan Jamoliddin ketmonu Aqrab qo‘rboshining avlodi bo‘lgan. Shu o‘rinda bir
gapni aytish kerak: Aqrab qo‘rboshining millatparvarligi, mardligi oldida unga qarshi kurashayotgan
polkovnik Chanishevning tan berishi tasvirlangan sahifalar o‘zbek adabiyotida yangilik. Bu manzara
Jaloliddin Manguberdiga tan bergan Chingizxonni yodga solgandek bo‘ladi. Lekin Tog‘ay Murod
asaridagi tasvir ma'no-mohiyatiga ko‘ra tamoman o‘zgacha o‘zanlarda ekani bilan ajralib turadi.
Adibning barcha qahramonlari kurashchan odamlar. Ishongan o‘g‘li olishda g‘anim farzandidan
yengilganida, Bo‘ri polvon tushkunlikka tushmaydi: "Davralarim hali davom etadi", deya umidlanadi,
bir kuni kelib g‘olib bo‘lishiga ishonadi. Men bu jumlada asar qahramonidan tashqari, Tog‘ayning o‘z
qalbini, yuragini, orzu-umidlarini ham sezgandek bo‘laman.
- Ha, o‘ziga ishonch hissi Tog‘ay Murodda ham kuchli bo‘lgan. "O‘zbek xalqiga haykal qo‘yaman!" deyish uchun qanday katta yurak kerak edi. Odil Yoqubov esa o‘z hayratlarini mana bunday xotirlaydi: "Bir kunda butun romanni o‘qib bo‘larmidi?" desam, cho‘rt kesib aytdiki: "Siz avval o‘qishni boshlang! Shunda o‘zingiz ham qanday tugatganingizni bilmay qolasiz!" G‘alati! Bu gaplarni yozuvchining o‘zi aytayapti, o‘zining asari haqida shunday deyapti!... Xullas kalom, haqiqatan ham, asarni kechqurungacha o‘qib chiqdim". Tog‘ay Murodning o‘ziga mana bunday yuksak baho berishi ba'zilarga erish tuyuladi. Hozirda nashrga tayyorlanayotgan avtobiografik qissasida u: "Men muzeyni tomosha qilmishday "Oydinda yurgan odamlar"ni tomosha qildim. Men Rembrant kartinalarni tomosha qilmishday "Oydinda yurgan odamlar"ni tomosha qildim. "Hayot bor ekan, "Oydinda yurgan odamlar" ham bo‘ladi, - deya yashnadim. - O‘zbek xalqi hayot ekan,